Tilshunoslik


Ferdinand do‘ Sossyurning lingvistik qarashlari


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/104
Sana13.09.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1677000
TuriУчебник
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   104
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasi

Ferdinand do‘ Sossyurning lingvistik qarashlari: 
Nazariyotchi olim Ferdinand do‘ Sossyur (1857-1913)ning 
ilmiy g‘oyasi tilning murakkab ziddiyatlarga boy, ko‘p 
tomonlama ijtimoiy hodisa ekanligiga asoslangan.
F. do‘ Sossyur tilshunoslikning o‘rganish ob’ekti nutqiy 
faoliyat bo‘lishi kerak deydi. Shu bilan birga F. do‘ Sossyur 
birinchi bor, nutqiy faoliyat til va nutqdan tashkil topgan 
butunlik ekanligini isbotlab berdi. Shunday ekan, tilshunoslik 
nutqiy faoliyat bilan birga til va nutqni o‘rganishi lozim. F. do‘ 
Sossyur til va nutqni mutloq farqladi, boshqa – boshqa 
hodisalar ekanligini ta’kidladi. 


18 
Tilshunoslik fanining chegarasini, predmetini aniqroq 
ta’riflash maqsadida F. do‘ Sossyur til bilan nutqni ajratib, bir-
biriga qarama-qarshi qo‘ydi. Uning fikricha, til nutq 
faoliyatining faqat bir tomonini tashkil etadi. Til bilan 
nutqning asosiy farqi – til ijtimoiy, nutq esa individual hodisa 
ekanligidir. Bu fikr ham nisbiy bo‘lib, bir tomonlama olib 
qaralganda to‘g‘ri. Aslida til ham, nutq ham ijtimoiy, ham 
individual hodisalardir. Til bilan nutqning o‘zaro munosabatini 
F.do‘ Sossyur quyidagi sxemada ko‘rsatadi:
𝑁𝑢𝑡𝑞 𝑓𝑎𝑜𝑙𝑖𝑦𝑎𝑡𝑖
(𝑙𝑎𝑛𝑔𝑎𝑔𝑒)
}
𝑇𝑖𝑙 (𝑙𝑎𝑛𝑔𝑢𝑒)
𝑁𝑢𝑡𝑞 (𝑝𝑎𝑟𝑜𝑙𝑒)
}
Sinxronik
Diaxronik
Tilshunoslik nutq faoliyatini o‘rganishi zarur. Chunki, til 
va nutq nutqiy faoliyatning mahsuli. F.do‘ Sossyur til 
lingvistikasi va nutq lingvistikasi deb ikkiga bo‘ldi. Til 
lingvistikasini o‘rganishni birinchi darajali, nutq lingvistikasini 
o‘rganishni ikkinchi darajali vazifa qilib qo‘ydi. Bu jadvalda 
ijtimoiy tabiati jihatidan qaralganda til madaniy-tarixiy va 
ijtimoiy hodisadir. I.Qo‘chqortoyev “F.do‘ Sossyurning 
lingvistik konsepsiyasi” kitobida: “Tildan foydalanuvchi 
individni birinchi galda tilning hozirgi holati (sinxronik holati), 
tilda hozir mavjud bo‘lgan vositalar sistemasi qiziqtiradi. Shu 
ma’noda tilning faqat sinxronik holati sistema hisoblanadi. Bu 
nuqtai nazar tilshunoslik fani uchun qanchalik muhim 
bo‘lmasin, u tilning mohiyatini to‘liq ochib bera olmaydi. Til 
ifoda ehtiyojlariga moslashib boruvchi qurol. Tilning ifoda 
talablariga moslashuvi nutq jarayonida to‘xtovsiz amalga oshib 
boradi”, – deb yozadi [I.Qo‘chqortoyev, 1976: 30-31]. F.do‘ 
Sossyurning yuqorida keltirilgan jadvalida sinxroniya va 
diaxroniya tilga tegishli bo‘lgan hodisalardir. Bizning 
nazarimizda, tilning diaxronik holati ham sistemani taqozo 


19 
etadi. Umuman til sof belgilar sistemasidir. Shuning uchun 
Ferdinand do‘ Sossyur “Til tafakkurni ifoda qiluvchi belgilar 
yig‘indisidan iboratdir”, – degan fikrni aytgan edi. 
Til – ma’lum bir ijtimoiy jamoaga tegishli kishilarning 
nutqiy faoliyati orqali to‘plangan xazinadir. Bu har bir til egasi 
ongida virtual mavjud bo‘lgan grammatik sistema, to‘g‘rirog‘i, 
u individlar yig‘indisi ongida yashaydi. Chunki til hech bir 
alohida individda to‘liq mavjud emas, u to‘liq holda faqat 
jamoada mavjud bo‘ladi [F. do‘ Sossyur, 1977: 52]. Til jamoa 
tafakkurida mavjud bo‘lgan sistem xarakterli ijtimoiy 
hodisadir. Ma’lum bir kishi tafakkurida to‘liq holda namoyon 
bo‘lmaydi. Tilning yashash joyi, rivojlanadigan, taraqqiyot 
qiladigan joyi ham jamoa qolaversa, butun bir millat 
taffakkuri, ongidir. Shunday bo‘lgani uchun ham til ijtimoiy 
hodisadir. 
Ma’lumki “Yosh grammatikachilar” psixologizm ta’sirida 
tilni yakka shaxsning tasavvurlari tizimi sifatida talqin qilar 
edilar. XIX asrning oxiri, XX asrning boshlarida unga zid 
ravishda tilning fikriy aloqa vositasidan iborat ijtimoiy 
vazifasini, ijtimoiy mohiyatini ta’kidlashga intilish kuchayadi. 
Bu intilish Dyurkgeym va Levi-Byurlning g‘oyalarida o‘zining 
falsafiy tayanchiga ega bo‘ladi. Natijada F.do‘ Sossyur va 
uning shogirdi Antuan Meye tomonidan sotsiologizm oqimiga 
asos solinadi. Ular buni “ijtimoiy tilshunoslik” deb ataydilar. 
Bu oqim o‘ziga fransuz tilshunoslari Jozef Vandries, Sharl 
Balli, Albert Sheshe, norvegiyalik Alf Sommerfeldt, Emil 
Benvenist kabi mashhur olimlarni birlashtiradi. 
Sotsiologizm 
oqimining 
asosiy 
qoidalari, 
F.do‘ 
Sossyurning “Umumiy tilshunoslik kursi” nomli asarida
1
1
Қаранг:Соссюр Фердинанд де. Курс общей лингвистики / Пер. с
французского А.М.Сухотина, под редакцией и с примечаниями Р.И.Шор. – 
М.: Едиториал УРСС, 2004.-256 c. 


20 
bayon qilinadi va muallif shu asari bilan jahon tilshunosligida 
mashhur bo‘ladi. 
“Umumiy tilshunoslik kursi” Sharl Balli va Albert 
Sheshelarning 
ustozdan 
tinglagan 
va 
yozib 
olgan 
ma’ruzalarining 1916-yilda nashr qildirgan to‘plamidir. Bu 
asar dunyoning ko‘plab tillariga tarjima qilingan. Birinchi 
marta rus tiliga 1933-yilda tarjima qilinib nashr etilgan va 
keyinchalik qayta-qayta rus tilida nashrdan chiqqan
2
. F.do‘ 
Sossyurning “Umumiy tilshunoslik kursi” nomli asari fransuz 
tilidan o‘zbek tiliga mohir tarjimon, nazariyotchi olim, 
filologiya fanlari doktori, professor I.Mirzayev tomonidan 
to‘liq tarjima qilinib 2019-yilda nashrdan chiqdi
3
.
Bu asarning o‘zbek tiliga asliyatdan tirjima qilinishi 
nazariy tilshunosligimiz uchun katta voqelik sifatida 
baholanmog‘i lozim. 
Ferdinand do‘ Sossyurning ayrim qarashlari: 
1. Tilshunoslik faninig ob’yekti tildir. Til ko‘p qirralidir: 
vazifasiga ko‘ra til fikriy aloqa vositasidir. Demak, til ijtimoiy 
hodisadir; ichki tuzilishiga ko‘ra til belgi tizimidir. 
2. F.do‘ Sossyur tashqi va ichki tilshunoslikni farqlaydi, 
ularni bir-biriga qarshi qo‘yadi. Ular o‘zaro aloqador emas 
degan munozarali fikrni aytadi. Tashqi va ichki tilshunoslik 
farqli, ularni bir-biriga qarshi qo‘yish to‘g‘ri, ammo ular o‘zaro 
aloqador. 
3. F.do‘ Sossyur tilda uch nuqtai nazarni farqlaydi: a) Til – 
nutq, b) til shakllar sistemasi sifatida ma’no tashiydi. Til 
belgisi ifoda va ma’no tomoniga egadir, v) individual nutqiy 
akt – aytilgan hodisa, aytilish, aytilgan gap. 
2
Қаранг: Соссюр Ф. де. Заметки по общей лингвистике / Пер. с фр. 
Б.П.Нарумова. – М.: Прогресс, 1990. – С. 44. 
3
Дў Соссюр, Фердинанд Умумий тилшунослик курси. Француз тилидан 
Ибодулла Мирзаев таржимаси. –Тошкент, 2019. 308 б. 


21 
4. F.do‘ Sossyur tilda sinxroniya (hozirgi) va diaxroniya 
(tarixiy) aspektni farqlaydi. 
5. F.do‘ Sossyur til bilan nutqni farqlar ekan, shu bilan 
bog‘liq holda fonemani til hodisasi, tovushni esa nutq hodisasi 
sifatida talqin qiladi. 
6. 
F.do‘ 
Sossyur 
til 
(nutq) 
birliklari 
orasidagi 
munosabatlarning ikki qarama-qarshilikdan iborat ekanligini 
ko‘rsatadi. Bular paradigmatik va sintagmatik munosabatlardir. 
Paradigmatik munosabatda til birliklari bir paradigmaga 
vurtual chiziq bo‘yicha joylashadi. Paradigmatik munosabat til 
birliklarining nutqqa ko‘chirilgungacha bo‘lgan holatidir. 
Sintagmatik munosabatda til birliklari, gorizontal chiziq 
bo‘yicha joylashib, so‘zlar bir-biri bilan semantik-grammatik 
munosabatga kirishib, so‘z birikmasi yoki gapni hosil qiladi.
7. F.do‘ Sossyur til haqidagi fanni semiotika yoki 
semiologiya deb atashni tavsiya qiladi. Chunki, uningcha, til 
sof belgilar tizimi, yoki semiotik tizimdir. 
Xulosa qilib aytganda, F.do‘ Sossyur jahon tilshunosligi 
taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shgan. Uning tilshunoslik 
merosi zo‘r qiziqish bilan o‘rganilmoqda va u hozir ham 
umumiy tilshunoslik taraqqiyotiga sezilarli ijobiy ta’sir 
ko‘rsatmoqda. 
F.do‘ Sossyur tomonidan asoslangan sistem-struktur 
tilshunoslik o‘tgan yillar mobaynida o‘nlab yangi-yangi 
lingvistik oqim va maktablarning vujudga kelishiga sabab 
bo‘ldi [A.Rahimov, 2015: 30]. 
Tilshunoslikda sotsiologizm oqimi F.do‘ Sossyurdan keyin 
mustahkamlandi, tilshunoslikning sotsiolingvistika sohasi 
shakllandi. Shu sohaga doir turli ilmiy asarlar va darslik-
qo‘llanmalar yaratildi. 

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling