Tilshunoslik


V.Gumboldtning lingvistik antinomiyalari


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/104
Sana13.09.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1677000
TuriУчебник
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   104
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasi

V.Gumboldtning lingvistik antinomiyalari 
Til bir butun holda o‘zaro qarama-qarshi birliklar 
munosabatidan tashkil topadi. Bu esa o‘z navbatida tildagi 
antinomiyalarni taqoza etadi. 
Til va tafakkur antinomiyasi: 
1.Tilsiz tafakkur, tafakkursiz til bo‘lmaydi. Har ikkalasi 
bir-birining taraqqiyoti uchun xizmat qiladi. Inson faoliyatida 
til va tafakkur bir-biridan ajralgan holda yashamaydi. 
2.Tilning faoliyat va oldingi avlod faoliyatining mahsuli 
ekani antinomiyasi. 
Til bir tomondan, bir kishi tomonidan nutq jarayonida 
yaratilgan narsa, ya’ni nutq jarayonida yaratilayotgan mahsulot 
sanaladi. Ikkinchi tomondan, til bu oldingi avlod faoliyati 
natijasi, jamiyatning mahsuli va merosidir. 
3.Til va nutq antinomiyasi. 
V.Gumboldt til va nutqning boshqa-boshqa narsa ekanligi 
haqidagi g‘oyani olg‘a tashlaydi. Til – nutq antinomiyasi 
tilning faoliyati mahsuli antinomiyasi bilan uzviy aloqadordir. 
4.Nutq va tushunish antinomiyasi. 
Nutq va tushunish bu til faoliyatining turli shakllari, nutqiy 
qobiliyatning ikki tomoni sanaladi. So‘z faqat bir kishi 
nutqidagina aniq ma’nosiga ega bo‘ladi. Jonli nutqda hech kim 
bir so‘zni aniq bir ma’noda tushunmaydi.
5.Tilda ob’ektivlik va sub’ektivlik antinomiyasi. 
Bir tomondan, yakka shaxs tilni oldingi avloddan tayyor 
holda qabul qiladi, ikkinchi tomondan, nutq jarayonida uni 
qayta yaratadi.
6.Tilda ijtimoiylik va individuallik antinomiyasi. 
Tilni butun bir xalq yaratadi. Ammo yakka har bir 
kishining tafakkurida yashaydi. Alohida shaxslar nutqida 


17 
voqelanadi. Shu sabab ham, tilda ijtimoiylik va individuallik 
antinomiyasi mavjuddir. 
7.Tilda zaruriylik va erkinlik antinomiyasi.
Til avloddan avlodga beriladi. Ayni paytda har bir shaxs va 
avlod uzluksiz individualdir. Ijtimoiy holda tildan foydalanish 
paytida har bir shaxs tilga ta’sir qiladi va unga yangi 
elementlar olib kiradi. Bu esa tilda zaruriylik va erkinlik 
antinomiyasini taqoza qiladi. 
8.Belgining erkinligi va til elementlarining motivlangani
antinomiyasi. 
V.Gumboldt so‘z sezgi a’zolarimizga ta’sir qiluvchi 
narsaning ekvivalenti emas deydi. Shu sabab ham bir narsani 
hamma tilda har xil so‘z bilan nomlaymiz. Bu esa so‘zning 
erkinlik belgisini ta’minlaydi. Til elementlari tilning ichki 
qonuniyatlariga, strukturasiga moslashadi. Bu esa tilda 
belgining erkinligi va til elementining motivlanganlik 
antinomiyasining mavjudligini ko‘rsatadi. 
9.Tilda umumiylik va alohidalik antinomiyasi. 
Til bir vaqtning o‘zida alohida shaxsga hamda butun bir 
jamiyatga mansub bo‘ladi. Til har bir shaxsning ongida 
yashaydi, taraqqiy etadi. Shu bilan birga til alohida bir shaxsga 
emas, butun bir jamiyatga taaluqlidir.

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling