Tilshunoslik


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/104
Sana13.09.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1677000
TuriУчебник
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   104
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasi

 
 


45 
10-§. Tilning ijtimoiy vazifalari 
Til kishilik jamiyatining asrlar davomidagi tarixiy-ijtimoiy 
tajribasi asosida yuzaga kelgan ijtimoiy hodisadir. Tilning 
ijtimoiy tabiati uning jamiyatda mavjud bo‘lishi hamda jamiyat 
manfaatlariga xizmat qilishida namoyon bo‘ladi. Shu sabab 
ham buyuk nazariyotchi olim F.do‘ Sossyur tilning ijtimoiy 
hodisa ekanligi haqida shunday deydi: “Til belgilari o‘z 
tabiatiga ko‘ra garchi psixik bo‘lsa ham, lekin u abstraksiya 
emas, balki jamiyat a’zolari xotirasida joylashgan reallikdir” 
[F. do‘. Sossyur, 1977: 53]. Til va jamiyat taraqqiyoti uzviy 
bog‘liqdir. Jamiyatda ro‘y beradigan har qanday voqelik
ma’lum ma’noda tilda o‘z ifodasini topadi. Aytaylik, hayotga 
bitta yangi narsa kirib kelsa, uning nomi tilda albatta, aks etadi. 
Akbarshoh bolaga hech qanday til ataylab o‘rgatilmasa, u 
qaysi tilda gapiradigan bo‘lishini bilishni istaydi. Ana shu 
maqsadda shoh o‘n ikki emizikli bolani ajratib olib, Agradan 6 
mil uzoqlikdagi qal’aga joylashtiradi, ularni tarbiyalashni o‘n 
ikki soqov enagaga topshiradi. Tilsiz qorovulga qal’a 
darvozasini ochish qat’iyan ta’qiqlanadi, darvoza ochilsa, 
uning boshi sapchaday uzib tashlanishi aytiladi. Bolalar o‘n 
ikki yoshga yetganda, shoh ularni huzuriga keltiradi. Hind 
faylasuflari bu bolalarning tili sanskrit bo‘lib chiqadi deb 
hisoblaydilar. Ammo bolalar shoh huzuriga kelganda, barcha 
hayratdan tosh qotib qoladi. 
Chunki bola bechoralar hech bir tilda gapirmas edilar. Ular 
o‘z enagalaridan fikrlarni turli imo-ishoralar bilan ifodalab
hech qanday tilsiz muomala qilishni o‘rgandilar [N.Uluqov, 
2016: 23]. Bu misol tilning biologik yoki tabiiy hodisa 
emasligini yana bir bor isbotlaydi. Til ijtimoiy hodisa bo‘lgani 
uchun ham bolalar jamiyatdagi gunglarning imo-ishoralaridan 
boshqa hech narsani o‘rganmadi. 
Sotsiolingvistika 
tilning 
ijtimoiy 
hodisa 
ekanligini 
o‘rganadi. Tilning paydo bo‘lishi, bir butun sistem sifatida 


46 
shakllanishi, ijtimoiy hodisa tarzida voqelanishi uning 
tarixiyligi bilan bog‘liq. 

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling