Tilshunoslik


Tilning jamiyatdagi ko‘rinishlari


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/104
Sana13.09.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1677000
TuriУчебник
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   104
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasi

Tilning jamiyatdagi ko‘rinishlari. Kishilar til orqali 
aloqa-munosabatga kirishadilar, til aloqa vositasi sifatida 
mavjuddir. Qaysiki tildan odamlar foydalanmasa, iste’moldan 
chiqadi. 
Til 
iste’molda 
bo‘lishi 
uchun 
shu 
tildan 
foydalanadigan jamiyat bo‘lishi kerak. Til aloqa vositasi 
tarzidagi ahamiyatini yo‘qotdimi, uning avvalgi holatini sun’iy 
ravishda tiklab bo‘lmaydi. 
Jahon tilshunosligida til va uning ijtimoiyligi, paydo 
bo‘lishi va rivojlanish jaroyonlari haqida xilma-xil fikrlar 
bildirilgan. Tilning ijtimoiyligi, rivojlanishi va nutq bilan 
munosabati xususida Ferdinand do‘ Sossyur va Vilgelm fon 
Gumboldtlarning fikrlari yetakchi o‘rin egallaydi. Nazariyotsi 
olim Ferdinand do‘ Sossyurning fikricha, til kishilik jamiyatida 
bajaradigan vazifasiga ko‘ra aloqa quroli, fikrni ifodalaydigan 
vositadir. Ijtimoiy tabiati jihatidan qaralganda til ijtimoiy 
hodisadir. Ichki tuzilishiga ko‘ra til sof belgilar sistemasidir. 
Tilning taqdiri uning yashashi, rivojlanishi faqat shu tilda 
gaplashuvchi jamiyatga bog‘liq. Til jamiyat bilan paydo 
bo‘lganidek, jamiyat bilan birga o‘ladi [M.Irisqulov, 1992: 10]. 
Til qonunlarini, uning rivojlanishi jamiyat tarixi bilan va 
shu tilni yaratgan xalqning tarixi bilan chambarchas bog‘liq 
holda o‘rgangandagina bu masalani to‘g‘ri hal qilish mumkin. 
Hamma narsa sistemadan iborat bo‘lgani kabi til ham o‘zining 
tuzilishi bilan, ayrim unsurlarining o‘zaro munosabati bilan 
butun bir ideal tizimni tashkil etadi Bu masala F.do‘ Sossyur 
va Vilgelm fon Gumboldt qarashlarida aniq aks etadi. 
Tilning ishlash tizimi haqida N.Xomskiy quyidagi fikrlarni 
yozadi: “Inson ongida dastlab mazmunini tashkil etuvchi 
propozitiv tizim vujudga keladi. So‘ngra ushbu tizim 
grammatik transformatsiya deb nomlanuvchi formal operatsiya 


47 
yordamida fizik signal qiyofasini oladi” [V.A.Zveginsev, 
2001: 80-81]. 
V.A.Zveginsev to‘g‘ri qayd qilganidek, tilning yashash 
makoni inson ongidir. Til insonlar ongida taraqqiy qiladi, 
yashaydi va rivojlanadi. Til nasldan naslga, avloddan avlodga 
o‘tadigan irsiy hodisa emas, aksincha, til jamiyat 
taraqqiyotining mahsulidir. Bolaning qaysi tilda so‘zlay 
boshlashi uni o‘rab turgan til muhitiga bog‘liq. Misol uchun
o‘zbek bolasi go‘daklikdan tojiklar orasida tarbiyalansa, u 
faqat tojikcha so‘zlab, o‘z ona tilini bilmasligi mumkin. Ammo 
bolaning biologik belgilari (yuz tuzilishi, sochining rangi va 
hokazolar) o‘zgarmagan holda shakllanib boradi.
Til jamiyatga xizmat qiladi, jamiyatda yashaydi, taraqqiy 
qiladi. Shuning uchun ham tom ma’noda ijtimoiy hodisadir.

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling