Tilshunoslik


So‘zlashuv tili tushunchasi


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/104
Sana13.09.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1677000
TuriУчебник
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   104
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasi

So‘zlashuv tili tushunchasi – tilning nutq jarayoni bilan 
bog‘liq bo‘lgan umumxalq tilining o‘ziga xos shaklidan biridir. 
So‘zlashuv tilining boshqa til shakliga nisbatan o‘ziga xos 
xususiyatlari, tomonlari, shakllanish va ta’rifi, ayniqsa, atamasi 
kabi 
masalalarda 
anchagina 
munozarali 
fikrlar 
bor. 
Tilshunoslikda “so‘zlashuv” tilining atamasi uzil-kesil hal 
etilgan emas. Jumladan, bu tushuncha bilan bog‘liq bo‘lgan 
“so‘zlashuv tili”, “jonli so‘zlashuv tili”, “adabiy so‘zlashuv 
tili”, “og‘zaki so‘zlashuv tili”, “xalq og‘zaki tili”, “jonli xalq 
tili” kabi shakllardagi atamalar to‘g‘risida aytilgan fikr va 
mulohazalar fikrimiz dalilidir. 
Ba’zan bu atamalar ifodalagan tushunchaning nutqiy 
hodisalariga qarab, ilmiy manbalarda “so‘zlashuv nutqi”, “jonli 
so‘zlashuv nutqi”, “kundalik so‘zlashuv nutqi”, “og‘zaki nutq” 


34 
kabi qator atamalar bilan yuritilganligini kuzatamiz. Bu haqda 
B.O‘rinboyevning “O‘zbek tili so‘zlashuv nutqi sintaksisi 
masalalari” kitobida batafsil fikr bildirilgan. Olim o‘z kitobida 
ilmiy adabiyotlardagi bu atamalar haqida bayon etilgan fikr-
mulohazalarni birma-bir tahlil etib, bu borada ma’lum bir 
xulosaga kelgan [B.O‘rinboyev, 1974: 12-13]. Lekin, bu haqda 
ba’zi bir mulohazalar ham bor. Jumladan, “so‘zlashuv nutqi” 
atamasi o‘rnida ko‘pchilik ilmiy adabiyotlarda qo‘llanilgan 
“jonli so‘zlashuv nutq” yoki “jonli so‘zlashuv tili” atamasidan 
birini qo‘llash ma’qulroq deb o‘ylaymiz. Buni quyidagicha 
izohlash mumkin: “so‘zlashuv nutqi” til taraqqiyotining 
oldingi davrlardagi shakl qanday tarzda aks etganligini kuzatib 
bo‘lmaydi. Uni faqat yozma manbalardagina qisman aks 
etganligini kuzatish mumkin. Bu atama nisbatan mavhum va 
umumiylikka ega. “Jonli so‘zlashuv tili” esa hozirgi, ya’ni 
ob’ekt va sub’ektning muloqoti davom etayotgan payt, ko‘z 
o‘ngida suhbatlashish mavjud bo‘lganligi uchun u haqda to‘liq 
tasavvurga ega bo‘lishi mumkin. Bizningcha, har ikkala 
holatni ham bitta atama bilan qo‘llash qulayroqdir. 
To‘g‘ri, B.O‘rinboyev “so‘zlashuv nutqi” atamasini 
qo‘llashni behuda tanlamagan. Bu fikrni ham ko‘pgina olimlar 
ma’qul topishgan. Haqiqatdan ham, “so‘zlashuv tili”, qayd 
etilganidek, inson tilning nutqiy shakl, og‘zaki ko‘rinishidir. 
Ammo, har bir nutq til bilan ifodalanadi, tilning og‘zaki shakli 
sanaladi, tilsiz nutqning bo‘lishi mumkin emas. Til barcha 
xildagi so‘zlashuv ko‘rinishlarini – xoh u og‘zaki bo‘lsin, xoh 
u yozma shaklda bo‘lsin – o‘zida mujassamlashtirgan asosiy 
manba sanaladi. Til va nutq bir-biriga bog‘liq hodisalardir. 
Ularni bir-biridan tamoman ajratib qarash asossizdir. Lekin 
ular bir xil hodisa emas. Til nutq uchun moddiy materialdir. 
Shu material asosida nutq tashkil topadi. Tildagi hamma narsa 
til jamoasi uchun umumiy bo‘ladi. Tilda ruhiy va moddiy 
material mavjud. Fonema, morfema, leksema (so‘z) kabilar 


35 
kishi xotirasida mavjud bo‘lgan obrazlar, ruhiy material 
hisoblanadi. Nutq yaratilayotgan yaratilishi yoki yuzaga 
chiqishi uchun ma’lum tovush to‘plami (kompleksi)da 
namoyon 
bo‘ladigan 
ma’no ifodalashda qo‘llanadigan 
fonemalar, morfemalar, so‘z shakl, so‘z birikmalari va gaplar 
unga moddiy material sanaladi. Bu moddiy material hamisha 
til qobig‘ida, ongda saqlanadi. Bundan til bir tomondan 
moddiy hodisa bo‘lsa, ikkinchi tomondan ruhiy hodisadir
degan xulosa kelib chiqadi. Tilning ruhiy hodisaligini uning 
ongda saqlanishi ko‘rsatadi. Uning moddiyligini esa nutq 
jarayonida yuzaga keluvchi mavjud tovushlar belgilaydi. Biz 
xotiramizda saqlangan qoidalardan tezkorlik bilan foydalanib, 
biror fikrni yuzaga chiqarish uchun so‘zlar va grammatik 
ma’no tashuvchi morfemalardan so‘z shaklni va gaplarni hosil 
qilamiz. Masalan, miyamizda noxosdan biror bir hodisa yoki 
narsani bilish fikri tug‘ildi, deylik. Miyamizda yuzaga kelgan 
bu fikr savol tariqasida yuzaga chiqadi. Bu fikrni aytish 
jarayonida ongimizdagi alohida fonema, morfemalarni qabul 
qilib so‘z shaklga – leksemalarga aylanadi va gap tartibi 
shakllanadi. Til ruhiy hodisadan moddiy hodisaga aylanadi. Bu 
jarayon tugashi bilan tilga tegishli narsalar (materiallar) yana 
alohidalik holiga (alfavit tartibidagi tovushlarga) qaytadi va 
ongimizda so‘z boyligi tarkibini hosil qiluvchi til materiali 
tarzida saqlanaveradi.
Demak, ma’lum til jamoasidagi kishilar ongida tovush 
obrazlari sifatida saqlanadigan va hamma vaqt haqiqatga 
aylanishga tayyor turgan fonema, morfema, leksema (so‘z), 
gap va ular bilan bog‘liq bo‘lgan turli lisoniy qoidalar, 
gaplarning modellari tilga tegishlidir. Tilga oid narsalar 
chegaralangan miqdordadir. Ularning soni turli tillarda turlicha 
bo‘ladi. Qaysi tilda til vositalari nisbatan ko‘p bo‘lsa, o‘sha til 
boy hisoblanadi. Jamoa hayotining butun sohalarini o‘zida 
qamragan til jamiyat taraqqiyoti bilan rivojlanib boradi. 


36 
Jamiyat ehtiyojiga javob bermay qolgan til elementlari 
iste’moldan chiqa boradi, ular o‘rnida yangi ifoda vositalari 
paydo bo‘ladi. 
Tilda paydo bo‘lgan yangi narsalar dastlab ayrim jamoa 
shaxslari nutqida ko‘rinadi, so‘ng asta-sekinlik bilan butun 
jamoa ongiga singadi. Ana shundan keyin, uni hamma bir xil 
anglaydigan, talaffuz etadigan bo‘lgach, u umumtil ixtiyoriga 
o‘tadi. Bunday hodisalar avval so‘zlashuv tilida namoyon 
bo‘ladi. “So‘zlashuv tili” qadimdan mavjud bo‘lib, uning 
qadimiy shakli faqat tarixiy yozma manbalarda va xalq og‘zaki 
ijodiyotidagina saqlanib qolgan. Hozirgi shakl mavjud 
nutqimizda 
“jonli so‘zlashuv tili” shaklida qo‘llanib 
kelinmoqda. Demak, “so‘zlashuv tili” tushunchasida 
umumiylik (qadimgi va hozirgi), “jonli so‘zlashuv”da esa faqat 
hozirgi, ko‘z o‘ngimizda mavjud bo‘layotgan tushuncha 
anglashiladi. 
So‘zlashuv tili xalq tilining barcha ko‘rinishlari kabi 
og‘zaki va yozma shaklarda qo‘llaniladi. Uning og‘zaki 
ko‘rinishi yozuvdan oldin ham qo‘llanilgan. Bu davrlarda u 
yozma shaklning vazifasini bajargan. Jumladan, xalq og‘zaki 
ijodiyotida, sheva va dialektlar (urug‘, qabila tillari)ning o‘zaro 
umumiy muomalasida keng qo‘llanilgan. Chunki, u sheva va 
dialektlardagi umumiy, ko‘p tomondan bir xilda shakllangan til 
xususiyatlarini o‘zida singdira borgan. Xuddi shu xususiyat 
yozuvdan so‘ng ham davom etgan. Shu sababli yozuv paydo 
bo‘lgan davrlarda so‘zlashuv tilining har ikkala shakldagi til 
xususiyatlari, deyarli farqlanmagan. Til taraqqiyotining 
ma’lum davrlariga kelib, adabiy til shakllanib, o‘z mavqeiga 
ega bo‘la borishi, ayniqsa, umumturkiy til va umumturkiy 
adabiy til davrlaridan boshlab, ular o‘rtasidagi farqlar ancha 
kuchaya borgan. Xalq tillari va ularning o‘ziga xos adabiy va 
milliy adabiy tillarining shaklanishi davrlarida esa so‘zlashuv 
tilining shakl o‘rtasidagi munosabat o‘zgardi. 


37 
To‘g‘ri, ushbu ta’riflarda “ishlangan / ishlanmagan”, 
“silliqlashgan / silliqlashmagan” shakldagi so‘zlar qo‘llanilgan. 
Ammo, so‘zlashuv tilidagi asosiy belgi hisoblangan, uning har 
ikki (og‘zaki va yozma) ko‘rinishida mavjud bo‘ladigan adabiy 
tilga xos va adabiy tilga xos bo‘lmagan xususiyatlar to‘liq aks 
etmay qolgan. Agar bu ta’rifda bir tomondan yuqorida 
aytilganidek, so‘zlashuv nutqining adabiy tilga xos, ikkinchi 
tomondan esa dialektik xususiyatlari tilga olinganda masalaga 
to‘g‘ri yondoshilgan bo‘lur edi.
Shuni aytish lozimki, “so‘zlashuv nutqi” yozma nutq bilan 
dialekt o‘rtasidagi oraliq formadir. Chunki, so‘zlashuv nutqida 
yozma nutqqa va dialektga xos hodisalarni uchratamiz 
[B.O‘rinboyev, 1974: 12-13]. 
“Til” umumiylikka, “nutq” esa xususiylikka ega. 
Boshqacha aytganda, “til” birliklari umumiylik va mohiyatni 
invariantlarda, 
nisbatan 
o‘zgarmas barqarorlikda, nutq 
birliklari esa variantlarda, xususiy ko‘rinishlarda aks ettiradi. 
Til imkoniyat bo‘lib, nutq shu imkoniyatning ma’lum darajada 
yuzaga chiqarilishidir. 
Aytilganlardan quyidagicha xulosaga kelishi mumkin 
bo‘ladi. 
Birinchidan, 
“so‘zlashuv 
tili” 
tushunchasi, 
qayd 
etilganidek, 
tilning 
so‘zlashuv 
bilan 
bog‘liq 
barcha 
ko‘rinishlarini ifodalaydi, o‘zida mujassamlashtira oladi, 
umumxalq tilining quyi va yuqori bosqichlari o‘rtasidagi til 
ko‘rinishi sanaladi.
Ikkinchidan, shunga ko‘ra, so‘zlashuv tilida adabiy tilga 
xos 
barcha 
(ishlangan, 
silliqlangan, 
normalashgan) 
xususiyatlar bilan birga dialektlar va boshqa (adabiy tilga xos 
bo‘lmagan) uslubiy ko‘rinishlar ham mavjuddir.
Uchinchidan, so‘zlashuv tili yozma va og‘zaki shakllarga 
ega bo‘lib, yozma shaklda og‘zakiga qaraganda adabiy tilga 
xos xususiyatlar ustun turadi. Og‘zaki shakl yozuvdan oldin 


38 
ham mavjud bo‘lib, tilning turli (adabiy tilga xos bo‘lmagan) 
uslubiy, dialektal, individual qatlamlaridan foydalanishda keng 
imkoniyat yaratadi hamda qo‘llanishida ancha qulaydir. 
To‘rtinchidan, so‘zlashuv tili adabiy til va milliy adabiy 
tillarning rivojlanishi, shakllanishida muhim rol o‘ynagan til 
shaklidir. Chunki, adabiy til ham, milliy til ham umumxalq 
tilining quyi tarmoqlari (dialekt va shevalar, xalq ijodiyoti 
hamda so‘zlashuv tili) bilan bog‘liq holda ularning davrlar 
osha 
qo‘llanib 
kelinayotgan turli an’anaviy uslubiy 
ko‘rinishlari, materiallari asosida shakllanadi. Tildagi barcha 
xususiyatlar xuddi shu so‘zlashuv tilida mavjud bo‘lib, 
ularning taraqqiyotida muhim omillarni yaratadi. 

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling