Tilshunoslik


-§. Kishilik tarixida urug‘dosh til, qabila tili, elat, xalq va


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/104
Sana13.09.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1677000
TuriУчебник
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   104
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasi

9-§. Kishilik tarixida urug‘dosh til, qabila tili, elat, xalq va 
millat tili 
Bugungi kunda jahonda www.ethnologue.com saytida 
berilgan ma’lumotga ko‘ra, 7097 til va sheva bor. Sof tillar 
3000 tadan ko‘proq. O‘ntadan kam odam gaplashadigan tillar 
soni 500 tadan ko‘proq. O‘z-o‘zidan ko‘rinadiki sheva va 
lahjalar soni sof tillar sonidan anchagina ko‘p. Qadim zamonda 
albatta, tillar soni ko‘p bo‘lmagan. Odamlar ko‘payishi 
natijasida bir joydan turli tomonlarga siljishi yoki ko‘chishi 
oqibatida shevalardan urug‘dosh til, qabila tili, elat, xalq va 
millat tili paydo bo‘lgan. Shu sababli ham tillar oilalarga 
birlashayapdi. 
O‘z 
navbatida 
bir-biriga 
o‘xshaydi. 
Komporativistikaning kashf qilinishi butun dunyo tillarining 
geniologik tasnifini yaratish imkonini berdi. Shevalardan 
yangi-yangi tillarning paydo bo‘lishi odamlar o‘rtasidagi 
kishilik jamiyatidagi ming 
yillar davomida bir-birini 
ko‘rmaslik, aloqa qilmaslik oqibatidan kelib chiqqan. 
Xalq tili ma’lum bir o‘ziga xos belgi, xususiyatlari bilan 
umumiy birlikka ega bo‘lgan tildir. U til taraqqiyotining qadim 
davrlarida shakllanish jarayonida bo‘lib, rivojlanib kelgan. Bu 
til shakli hozir ham mavjud. Jumladan, u jamiyat 
taraqqiyotining dastlabki davrlarida urug‘, qabila va elat tillari 
sifatida shakllanib kelganligi kuzatildi. Urug‘, qabila va 
elatlarning birlashuvidan xalq yuzaga kelgach, ularning tillari 
ham xalq tiliga aylandi. Boshqacha aytganda, tarixiy 
taraqqiyotning ma’lum davrlarida qo‘llanib, rivojlanib kelgan 
urug‘, qabila, elat tili (lahjalari) keyinchalik umumbirlikka ega 
bo‘lib, xalq tili yoki umumxalq tili tarzida shakllandi. Demak, 
umumxalq tili etnos (xalq)ning shakllanish davri bilan yuzaga 


32 
keladi. O‘zbek xalqining shakllanish jaryoni haqida taniqli 
o‘zbekshunos olim akademik K.Shoniyozovning fikri 
xarakterlidir. U o‘zbek xalqining etnik sifatida shakllanish 
jarayonini uch bosqichga bo‘ladi: 1-bosqich –IX-X asrlar; 2-
bosqich –X asr o‘rtalaridan to XI asr o‘rtalarigacha; 3-bosqich 
–XI asr o‘rtalaridan to XII asr o‘rtalarigacha. Ana shu 
davrlarda etnosga (xalqqa) xos barcha omillar me’yoriga yetib, 
o‘zbek xalqi shakllangan [K.Sh.Shoniyozov, 2001: 337-338]. 
S.Malovning fikricha “Etnik”ning shakllanish jarayoni VII-IX 
asrlar bilan belgilash mumkin, zero qadimgi bitiklarda “elat” 
va budun (ya’ni xalq) atamalari mavjud [S.E.Malov, 1952: 50]. 
Qolaversa ilk etnik birlik urug‘ – qabilalar davridan 
boshlangan. Bu davrlarda ilk etnik uyushma yuzaga keladi. 
Shuning uchun bu uyushmani etnik uchun etnogenezning 
boshlanish davri deb qarash mumkin. Bu albatta bizning 
mulohazamiz. Shunga ko‘ra, xalq tilining shakllanish 
jarayonini, taraqqiyot bosqichlarini belgilasa bo‘ladi. 
Jumladan, urug‘, qabila, elat va xalq tili umumxalq tilining 
ilk bosqichi hisoblanadi. Shuning uchun hozirgi ilmiy 
manbalarda bu til ko‘rinishlari umumxalq tilining quyi shakli 
sifatida qaralib, “lahja-dialekt va shevalar” nomi bilan atala 
boshlandi. Demak, (urug‘, qabila, elat va xalq tiliga xos) 
“sheva”, “lahja”, “dialekt” kabi tushunchalar umumxalq 
tilining ilk yoki quyi bosqichini ifodalovchi shakl sanaladi. 
Ular “yozuv tili”dan oldin ham, “yozuv tili”dan keyin ham 
umumxalq tilining keyingi ko‘rinishlarini xalq og‘zaki ijodi va 
jonli so‘zlashuv tilining yozma shaklini, ayniqsa, o‘zbek 
adabiy 
tili, 
milliy 
o‘zbek adabiy tili kabi yuqori 
ko‘rinishlarining yuzaga kelishida ham asosiy manba bo‘ldilar. 
Xalq tilidagi qayd etilgan “sheva, lahja, dialekt, xususan, 
adabiy til, milliy til” kabi tushunchalarning o‘ziga xos jihatlari 
o‘zaro munosabatlari, farqli tomonlari, shakllanish davrlari va 
ta’riflari bo‘yicha ilmiy manbalarda juda ko‘p fikrlar mavjud. 


33 
Ularning ba’zilari to‘g‘ri talqin etilgan bo‘lib, ayrimlari hali 
ham munozaralidir.
Xalq tilining quyi shakl (sheva, lahja dialekt va so‘zlashuv 
tili kabilar) ilmiy adabiyotlarda to‘liq va ancha yaxshi talqin 
etilgan. Ammo ba’zan “lahja” atamasining mazmuni aniq 
ifodalanmay qolgan. Ayrim ishlarda “lahja” ba’zan “sheva” 
ma’nosida, ba’zan esa “dialekt”ga tenglashtiriladi. Ilmiy 
manbalarda 
yozilishicha, 
“sheva, lahja va dialekt” 
tushunchalari umumxalq tilining o‘ziga xos fonetik, leksik va 
grammatik xususiyatlariga ega bo‘lgan mahalliy hududlar 
doirasidagi xalq tilining quyi shaklini ifodalaydi. Dialekt 
shevalar yig‘indisi bo‘lib, bir necha shevalardan tashkil topadi. 
Lahja esa o‘zbek tilidagi ilmiy adabiyotlarda keng va tor 
ma’nolarda qo‘llanilgan: keng ma’noda “dialekt”, tor ma’noda 
esa “sheva” o‘rnida ishlatilgan. Bu atama ko‘pgina ilmiy 
manbalarda “dialekt” tushunchasi bilan teng ma’noda 
qo‘llangan. Aslida bu atama arabcha “lahja” – o‘zbekcha 
“sheva” demakdir. Demak, “lahja” so‘zi ko‘p hollarda 
“dialekt” atamasi ma’nosiga teng kelmas ekan. 

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling