Tilshunoslik


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/104
Sana13.09.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1677000
TuriУчебник
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   104
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasi

TIL VA TAFAKKUR 
13-§. Til va tafakkur 
Til va tafakkur o‘zaro bog‘liqdir. Shunchalik bog‘liqki, 
hatto ko‘pgina olimlarga ular bir-biridan aniq farqlanmaydigan 
sintetik hodisa sifatida ko‘rinadi. Shuning uchun ular til va 
tafakkur haqida emas, balki til-tafakkur haqida gapirishni 
lozim ko‘radilar. 
Til bilan tafakkurning o‘zaro munosabati tilshunoslikda 
ham, falsafada ham eng muhim va murakkab muammolardan 
biridir. Bu muammo fanda anchagina o‘rganilgan va unga doir 
ko‘plab monografik tadqiqotlar nashr qilingan. Ularda til bilan 
tafakkurning o‘zaro dialektik bog‘liqligi, birining ikkinchisisiz 
mavjud bo‘lmasligi, o‘zaro munosabatda amal qilishi dalillar 
bilan yoritib berilgan. 
Tafakkur inson oliy nerv (asab) tizimining (bosh miyaning) 
faoliyati bo‘lib, so‘z, so‘z birikmalari va gaplarda, ya’ni 
nutqda o‘z ifodasini topadi. 
Tafakkurning moddiy qobig‘i tildir. Shunday ekan, 
tafakkur bilan til, birini ikkinchisidan ajratib bo‘lmaydigan 
dialektik birlikni tashkil etadi [N.Uluqov, 2016:36]. 
Til bilan tafakkur o‘zaro dialektik bog‘liq bo‘lgani holda, 
ularning har biri o‘zlariga xos xususiyatlari bilan bir-biridan 
farq qiladi. 
Demak, til bilan tafakkur o‘rtasida nihoyatda murakkab 
munosabat mavjud. Asosan ana shuning uchun bu munosabat 
tilshunoslik tarixida ham, falsafa tarixida ham eng muhim
muammolardan biri hisoblanib kelindi. 
Til, ko‘pchilik tomonidan qayta-qayta ta’riflanganidek, 
kishilarning o‘zaro fikriy aloqa vositasidir. Tafakkur esa 
ob’ektiv borliqni va voqelikni kishi miyasida aks ettirishning 
yagona va oliy darajali shaklidir. Shuning uchun tafakkur 
moddiy dunyoning kishi tomonidan bilib olinishida, aks 


57 
etishida ideal jarayon sifatida xizmat qiladi. Bu o‘rinda 
tafakkur kishining amaliy faoliyatiga asoslanadi. Shuning 
uchun uning shakllanishida, gavdalanishida va amal qilinishida 
moddiy negiz kishining miyasi hisoblanadi. 
Tafakkur bilish quroli sifatida kishining ong shaklidir, 
ijtimoiy jihatdan ongning birinchi darajali tarkibiy qismidir. 
Ayni vaqtda tafakkur kishining ijtimoiy va amaliy faoliyati 
tufayli tarixiy va mantiqiy ma’noda yana ijtimoiy ongga 
aylanadi. 
Har qanday g‘oyaviy hodisa kabi tafakkur ham ob’ektiv va 
moddiy hodisa tufayli amal qiladi. Bunday ob’ektiv va moddiy 
qobig‘ tildir. Bu jihatdan til bilan tafakkur birini ikkinchisidan 
ajratib bo‘lmaydigan, o‘zaro ziddiyatli va bir-biriga aks ta’sir 
ko‘rsatuvchi dialektik birlikni tashkil qiladi. Ammo bu birlikni 
ba’zi olimlar boshqacha tushunganlar: ular til bilan tafakkurni 
tamoman 
birday 
hisoblab, 
aql 
tildan 
iboratdir 
deb 
ta’kidlaganlar. 
Masalan, 
nemis 
faylasufi 
tilshunosi 
V.Gumboldt ta’rificha, til bir butun ruhdan iborat. Shuning 
uchun u ruh qonunlari asosida taraqqiy qiladi. Demak, tilning 
istiqboli ruhning istiqboliga bog‘liq. 
“Til xalq ruhining tashqi ko‘rinishidir, – degan edi 
V.Gumboldt, – xalqning tili uning ruhidir, xalqning ruhi esa 
uning tilidir – bularda o‘xshagan boshqa qandaydir ikki 
narsaning bir-biriga bunchalik o‘xshashligini tasavvur qilish 
qiyin. Ularning qanday qilib yagona va idrok qilib 
bo‘lmaydigan narsaga birlashib ketishi biz uchun tushunarli 
bo‘lmay qolmoqda. Bularning qaysi biri muhimroq, kattaroq 
ahamiyatga ega ekanligini aniqlashga urinmasdan, xalqning 
ruhida tillardagi xilma-xillikning real-hal qiluvchi tamoyilini 
va haqiqiy sababini ko‘rishimiz kerak. Chunki xalqning ruhi 
hayotiy va mustaqil hodisa hisoblanadi, til esa unga tobe’dir” 
[V.A.Zveginsev, 1964: 88-89]. 


58 
Yoki akademik N.Ya.Marr ham o‘z ta’limotida til bilan 
tafakkurni bir-biridan ajratib qo‘yar edi. 
“Til, – degan edi N.Ya.Marr, – tovushlarda zuhur etgani 
uchungina mavjuddir. Tafakkur zuhur etmasdan ham amal 
qilaveradi... Til (tovush tili) o‘z vazifalarini fazoni so‘zsiz 
yengayotgan eng yaxshi ixtirolarga topshiriq bera boshladi, 
tafakkur 
esa 
o‘zining 
o‘tmishda 
to‘plagan 
va 
foydalanmayotgan boyliklari hamda yangidan to‘planganlari 
tufayli tobora yuksalib bormoqda va tilni tamomila 
iste’moldan chiqarib, uning o‘rnini bosadigan bo‘lib 
bormoqda. Bo‘lajak til – tabiiy materiyadan xoli bo‘lgan, 
texnikada o‘sib borayotgan tafakkurdir.” 
Hech qanday til, hatto har holda tabiat mezonlariga bog‘liq 
bo‘lgan tovush tili ham tafakkurga bardosh berolmaydi 
[N.Ya.Marr, 1931: 62]. 
Bu mutlaqo noto‘g‘ri ta’limotdir. Chunki til va 
tafakkurning dastlabki unsurlarini yuzaga keltiruvchi, ayni 
vaqtda 
yuzaga 
kelishini 
rag‘batlantiruvchi, 
dastlabki 
unsurlarini 
yuzaga chiqaruvchi, 
omillar, qo‘zg‘atuvchi 
sabablar bir vaqtda va bir xil muddatda shakllangan, keyingina 
o‘sha unsurlarning o‘zaro aks ta’sir qonuni asosida rivojlana 
borishi bilan to‘la ma’nosidagi til va tafakkur shakllangan. 
Ular, ya’ni til va tafakkur shundan buyon o‘zaro aks ta’sir 
qonuni asosida rivojlanib insoniyat oldidagi vazifasini to‘la 
bajarib kelmoqda. Bundan keyin ham shunday bo‘laveradi. 
Ammo til bilan tafakkurni bir-biridan ajratgan holda talqin 
qilish, tushintirish darslik qo‘llanmalarda ham va ular orqali 
ta’lim jarayonida ham o‘z aksini topdi. Masalan: ”Til ayrim 
kishida mustaqil ravishda mavjuddir” [P.I.Ivanov, 1967: 291]. 
“Til har bir ayrim kishida mustaqil tartibida mavjuddir” 
[M.Vohidov, 1970: 175]. Til to‘liq holda ayrim kishida 
mustaqil holda mavjud emas. Tilga bunday baho berish 
haqiqatga yiroq. Ammo, tilning ma’lum bir qismi ayrim 


59 
kishida mustaqil holda mavjud. Til butun bir millat kishilari 
ongida to‘liq holda saqlanadi, voqelanadi, mavjud bo‘ladi. 

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling