Tilshunoslik
-§. Tafakkur tashqi moddiy olamning kishilar miyasida
Download 1.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Tilshunoslik nazariyasi
15-§. Tafakkur tashqi moddiy olamning kishilar miyasida
aks etishi Taffakkurimizda tashqi moddiy olam so‘z orqali tushuncha tarzida gavdalanadi. Tushuncha narsa, voqea va hodisalarning kishi miyasida tasavvur hosil qilish jarayonidagi in’ikosidir. Tushunchaning paydo bo‘lishida insonning bir necha xil a’zolari, ko‘z, quloq, his etish va fikrlash qobiliyati ishtirok etadi. Kishilar biror predmetning nomini eshitgandan, u haqda fikr yuritadi, natijada tasavvur orqali uning miyasida shu narsa va voqea – hodisaning aksi (in’ikosi) paydo bo‘ladi. Tushunchani tasavvur qilishda tasavvur hammada bir xil bo‘lmaydi. U kishining bilimi, tajribasi va hakozolar bo‘yicha farqlanadi. Ba’zi bir ko‘rmagan, eshitmagan yangi predmet va hodisalarning nomini eshitganimizda biror bir aniq tasavvur qilolmaymiz. Hattoki, ko‘rib turgan yangi narsalarning nomini bilmaymiz. Aytaylik, Hindistonda o‘sadigan mevani umrimizda ko‘rmagan, emagan u haqda eshitmagan bo‘lsak. Uning nomini eshitganda dastlab hech qanday tushunchaga ega bo‘lmaymiz. Ko‘z oldimizga hech narsani keltira olmaymiz, natijada tasavvurimizda in’ikosini hosil qila olmaymiz. Shu sabab ham aniq bir tasavvur hosil qilishimiz uchun yetarli ko‘nikma, bilim va tajriba talab qilinadi. So‘z tushunchaning tildagi atalish nomi hisoblanadi. Masalan, ma’naviyat o‘chog‘i, o‘quv predmeti bo‘lgan narsa va u haqdagi tushuncha o‘zbek tilida kitob, rus tilida kniga, ingliz tilida book. Bitta narsani har xil tilda har xil nomlaganimiz bilan o‘sha bitta narsani tushunamiz. Shu sabab ham tilda shakl o‘zgaruvchan, mohiyat o‘zgarmasdir. Mana shu bir narsaning turli xil tilda turlicha nomlanishi so‘zdir. So‘z narsa va tushuncha bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. Ular doim birga yashaydi, tushunchasiz so‘z, 61 so‘zsiz tushuncha bo‘lishi mumkin emas. So‘z tilshunoslikning deyarli barcha sathlari ob’ekti. Tushuncha esa mantiq fanida o‘rganiladi. So‘z, narsa va tushuncha orasida shunday bog‘liklik borki, ularni bir - birisiz tasavvur etish ham qiyin. Ya’ni bir - biri bilan uzviy bog‘langan hodisalardir. Buni quyidagi rasm orqali ifodalasak bo‘ladi. So‘z Narsa Tushuncha Mana rasmda ko‘rib turganingizdek, bular bir-biri bilan uzviy bog‘liq hodisalardir. Narsaning biror tildagi nomi so‘z, narsani denotat, tushunchani signifikat deb ham nomlaymiz. Bizning tafakkurimizda tashqi moddiy olamning aks etishi uchun ma’lum narsalar talab qilinadi. Bular til bilish, ya’ni so‘z nomini bilish, so‘z orqali ifodalanayotgan shu narsa haqida bilimga ega bo‘lish. Buning uchun shu narsaga avval duch kelgan, ko‘rgan bo‘lishimiz lozim. Shundan so‘nggina shu so‘z va narsa haqida tushunchaga ega bo‘lamiz. Bu fikrlar asosan, so‘zning atash ma’nosiga tegishlidir. Ko‘chma ma’nolarda bir so‘zni har millat, har kim har xil tushunishi mumkin. Download 1.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling