Tilshunoslik


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/104
Sana13.09.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1677000
TuriУчебник
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   104
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasi

Qo‘shimcha turlari. Mustaqil holda leksik ma’no 
anglatmay, o‘zak va negizga qo‘shilib turli xil ma’no jilolarini 
qo‘shadigan morfologik birliklar qo‘shimchadir. Qo‘shimcha 
morfemalar uchga bo‘linadi: a) so‘z yasovchi b) shakl 
yasovchi v) so‘z o‘zgartiruvchi. Bu haqda yuqorida to‘xtalgan 
edik. 
Professor Azim Hojiyev “O‘zbek tili so‘z yasalishi tizimi” 
kitobida so‘z yasalishini morfologiyaning tarkibiy qismi 
sifatida emas, tilshunoslikning alohida bo‘limi sifatida 
o‘rganish kerakligini ta’kidlab quyidagicha yozadi: „So‘z 
yasalishi”, tilshunoslikning alohida sohasi (bo‘limi) sifatida, 
so‘z yasash va u bilan bog‘liq birliklar, hodisalar haqidagi, 
umuman aytganda, so‘z yasalishi tizimi haqidagi ta’limotdir 
[A.Hojiyev, 2007: 6]. 
Qo‘shimchalar 
o‘zakka joylashishiga qarab oltiga 
bo‘linadi: prefiksal, postfiksal, infiksal, interfiksal, suffiksal, 
transfiksal. 
1.Prefiks – prefiksal morfemalar ko‘proq fors – tojik
tillaridan kirib kelgan so‘zning olidga qo‘shiladigan ba-, ser-, 
no-, be- kabilardir. 
2.Postfiks – postfiksal morfemalar so‘z o‘zagidan so‘ng
qo‘shiladi: bog‘bon, oshpaz, gulchi kabi. 
3.Infiks – infiksal morfemalar so‘z o‘zagining ichiga
joylashadi: kitob-kutub kabi. 
4.Interfiks – ikkita so‘zni yoki so‘z va qo‘shimchani
bog‘lash uchun ishlatiladigan so‘zning bir qismi. So‘z o‘rtasiga 
qo‘shiladigan qo‘shimcha. Masalan: Oynai jahon, tasviriy oina 
kabi. 


160 
Kompozitsion usulda yasalgan ikkita o‘zakni bog‘laydigan 
vosita. Bu odatda birlashtiruvchi unlilar yoki undoshlardan 
iborat bo‘lishi mumkin: vod o voz (ruscha), Übung s - platz 
(nemischa: o‘quv sayti). So‘zlarni yoki so‘zning tarkibiy 
qismlarini bog‘laydigan qo‘shimcha: masalan, ruscha e, o 
qo‘shma so‘zlarda paroxod kabi. 
5.Suffiks – suffiks (lotincha “biriktirilgan” so‘zidan) 
qo‘shimchaning bir turi. So‘zning odatda o‘zakdan keyin 
joylashgan qismi. Aslida, postfiksning bir turi. Rus tilida 
so‘zning bir qismidan ikkinchisiga o‘zgarishi bilan so‘z 
yasalishi, qoida tariqasida, qo‘shimchaning yordamida amalga 
oshiriladi. 
6.Transfiks – undoshlardan tashkil topgan so‘zning 
o‘zagiga unli tovushlarni qo‘shish orqali hosil qilinadigan 
affiksning bir turi. Infiksdan farqli o‘laroq, transfiks uchta 
to‘rtta qator kelgan undosh fonemalardan iborat o‘zak 
fonemalari 
orasiga 
unlining 
qo‘shilishidir. 
Ketma-ket 
transfiksatsiya semit tillarining morfologik xususiyatidir. 
Bunday tillarda so‘zning ildizi ko‘pincha uchta undoshning 
mavhum ketma-ketligi hisoblanadi, garchi bitta, ikki yoki 
to‘rtta undoshlardan tarkib topgan so‘zlarga transfiks vositasi 
sifatida unli qo‘shiladi. Bu holat turkiy tillar so‘z tuzilishiga 
xos emas, chunki turkiy tillarda bitta unli, bitta undosh, bitta 
undosh, bitta unli keladi. Hech qachon ikkita, uchta yoki to‘rtta 
undosh so‘zning bir joyida ketma-ket kelmaydi. 

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling