Tilshunoslik


-§. Me’yorlashtirilgan tillar. Adabiy til va shevalar


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/104
Sana13.09.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1677000
TuriУчебник
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   104
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasi

12-§. Me’yorlashtirilgan tillar. Adabiy til va shevalar. 
Jamiyatning tilga va tilning jamiyatga ta’siri. Tillarning 
chatishuvi masalasi. Kreol tillar. Pijin tillari. Xalqaro 
tillar. Sun’iy tillar 
1.Me’yorlashtirilgan tillar. Adabiy til shakliga ega bo‘lgan 
barcha tillar me’yorlashtirilgan tillar jumlasiga kiradi. 
Masalan, hozirgi rus tili, o‘zbek tili va boshqa tillarning adabiy 
tili olimlar tomonidan ishlab chiqilgan. Adabiy til ma’lum 
qolipga solingan bo‘lsa-da, tarixiy taraqqiyot davomida 
takomillashib, o‘zgarib, boyib boradi. Me’yorlashtirilgan 
tillarda so‘zlashuvchi odamlar mavjud bo‘ladi, ya’ni 
jamiyatiga ega bo‘ladi. Me’yorlashtirilgan tillar ma’lum 
normaga solingan, qayta ishlangan, hammaga tushunarli 
bo‘lgan til shaklidir. 
2.Qadimiy tillar. Bu tillarning dastlabki taraqqiyoti davrida 
shakllangan, rivojlangan, yozuvlari yaratilgan bo‘lib, buyuk 
asarlar, madaniy-ma’naviy yodgorliklar yaratilgan tillardir. Bu 
tillar keyingi davrlarda shakllangan bir qator tillar uchun asos 
bo‘lib xizmat qilgan. Qadimiy tillar ham kishilik jamiyatining 
ta’siri bilan yuzaga kelgan va tilning umumiy taraqqiyoti 
uchun katta ahamiyat kasb etgan. Bu tillarning gaplashuvchi 
jamiyati yo‘q bo‘lgani uchun keyingi davrlarda iste’moldan 
chiqib qoladi. Lotin, oromiy, sug‘d, xorazm kabi juda ko‘p til-
lar eng qadimiy tilning yaqqol namunasidir. Bunday tillarning 
fanda faqat nomlarigina saqlangan bo‘lib, hozirgi davrda bu 
tillarda gaplashuvchi millat ham yo‘q. To‘g‘ri, V.Gumboldt 
nazariyasiga ko‘ra ularning ildizi asosida yangicha shakldagi 
tillar taraqqiy etib, bir qancha etnik guruhlar, hatto millatlar 
(masalan, lotin tili ildizi asosida ispan, portugal, fransuz kabi 
millatlar va ularning tillari) paydo bo‘lgan. 


53 
3.Mahalliy tillarga kam sonli aholi gaplashadigan tillar
kiradi. Ba’zi joylarda bir qishloqning alohida 400-500 kishi 
gaplashadigan tili mavjud. Mahalliy tillarning o‘z yozuvi 
mavjud emas. Bunday tillar faqat og‘zaki shakldagina bo‘lib, 
aholining kundalik aloqa-munosabat ehtiyoji uchun xizmat 
qiladi. Amerika qit’asidagi ko‘pchillik mahalliy hindularning 
tillari hozirgacha saqlanib qolgan. Sekin-sekin adabiy tilga 
singib ketishi oqibatida kelajakda mahalliy tillar yo‘qolib 
ketish havfi katta. 
4.Kreol tillari mustamlakachilik davrida afrikaliklar, sharq
mamlakatlari xalqlari va amerika hindulari tillarining 
aralashuvi natijasida paydo bo‘lgan tillardir. Kreol tillari 
asosan mahalliy aholi tillariga Yevropa tillari (fransuz, ingliz, 
portugal) aralashishidan kelib chiqqan. 
Kreol tillarning har biri o‘ziga xos til xususiyatlariga ega 
bo‘ladi. Aralash tillarning o‘ziga xos xususiyatlari ko‘rinib 
turadi.
5.Pijin tillari ham Yevropaliklar tillari bilan mahalliy
tillarning chatishividan yuzaga keladi. Pijin tillari kreol 
tillardan farq qiladi. Pijin tillaridan port shaharlarida ikkinchi 
til sifatida foydalaniladi. Lekin kreol, pijin tillari jamiyat uchun 
aloqa-munosabat vositasi sifatida xizmat qilsa-da, bu tillar 
mustaqil til tarzida keng qo‘llanilmaydi. Pijin tillari uchun 
jamiyat yo‘q. 
Pijin tillari rivojlanib keyinchalik kreol tiliga aylanishi 
mumkin. Eng keng tarqalgan pijin tiliga “pijin-inglish” tilini 
misol qilib ko‘rsatish mumkin. 
6.Sun’iy tillar maxsus yaratilgan xalqaro tillardir. Polyak
olimi L.Zamengof yaratgan esperanto tili sun’iy tilning yorqin 
misolidir. Bu tilning grammatikasi ishlab chiqilgan, lug‘aviy 
asosi 
Yevropa 
tillariga 
asoslanilgan, 
grammatikasi 
agglyutinativ xarakterda, grafikasi lotin yozuvi asosida 
shakllantirilgan. Bu tilga juda ko‘plab mashhur asarlar tarjima 


54 
qilingan. 
Hammaga 
tushunarli 
bo‘lishi 
uchun 
dunyo 
miqyosidagi majlislarning olib borilishini hisobga olib bu til 
yaratilgan. 
Gazeta, 
jurnallar, 
teleko‘rsatuv 
va 
radio 
eshittirishlar ham olib boriladi. Bu tilning keyingi taqdiri 
muayyan davr bilan bog‘liq.

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling