Tilshunoslik


-§. Til birliklari va mantiqiy tushunchalarining o‘zaro


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/104
Sana13.09.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1677000
TuriУчебник
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   104
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasi

14-§. Til birliklari va mantiqiy tushunchalarining o‘zaro 
munosabati 
Tafakkur til bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, u bilish jarayoni 
sifatida o‘zini yakka shaxsning nutq faoliyatida ko‘rsatuvchi 
real jarayonidir. Ijtimoiy ong sifatida esa u o‘zining mavjud 
bo‘lish shakliga muayyan tillarda ega bo‘ladi. Demak, til va 
tafakkurning ijtimoiy tabiati ichki tomondan bir xildir. Tilning 
vazifasini ikki tomonlama vazifaning birligisiz tassavur qilib 
bo‘lmaydi: til bir vaqtning o‘zida ham fikrlash va bilim 
natijasini nutq faoliyatida saqlash uchun vositadir, ham fikrlash 
jarayonining o‘zi uchun vositadir. Bu jarayon nutq shaklida 
seziladigan va akustik holatdir. Demak, til yordamisiz fikr 
shakllanmaydi, tafakkur amaliyoti sodir bo‘lmaydi. Nutqiy 
faoliyat yordamida fikr shakllanadi, tafakkur amaliyoti sodir 
bo‘ladi.
Tafakkur voqelikning tushuncha, hukm va xulosada oliy 
shaklda makon va zamon bilan bog‘liq holda aks etishidir. U 
o‘zining barcha haqiqiy natijalari bilan kishi miyasidagi 
g‘oyaviy nusxasi va obrazidir. Tafakkurning asosiy masalasi 
uning chinligi masalasidir. Til esa voqelikning in’ikosi emas, 
balki fonema, morfema, leksema kabi birliklarning qonunlari 
asosida uyushgan murakkab tizimidir. Tafakkur voqelikni 
ma’naviy – g‘oyaviy holatda aks ettiradi, uning qonunlarini 
tanib biladi va kishining amaliy faoliyati tufayli moddiy dunyo 
haqida bilim hosil qiladi. Til tafakkurni moddiy shaklda 
yuzaga chiqaruvchi vosita sifatida nutq tufayli amal qiladi. 
Bunday vaqtda til va tafakkur aks ta’sir qonuniga asoslanadi. 
Demak, til ham, tafakkur ham borliqdagi narsa va hodisalar 
bilan munosabatga bo‘ladi. Ammo tafakkur shu narsa va 
hodisalar bilan ularni g‘oyaviy tarzda in’ikos ettirish, til esa 


60 
nutq faoliyatida ularni tafakkur orqali moddiy tarzda ifodalash 
jihatidan munosabatda bo‘ladi. 

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling