Tilshunoslik


-§. Tafakkur tashqi moddiy olamning kishilar miyasida


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/104
Sana13.09.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1677000
TuriУчебник
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   104
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasi

15-§. Tafakkur tashqi moddiy olamning kishilar miyasida 
aks etishi 
Taffakkurimizda tashqi moddiy olam so‘z orqali tushuncha 
tarzida gavdalanadi. Tushuncha narsa, voqea va hodisalarning 
kishi miyasida tasavvur hosil qilish jarayonidagi in’ikosidir. 
Tushunchaning paydo bo‘lishida insonning bir necha xil 
a’zolari, ko‘z, quloq, his etish va fikrlash qobiliyati ishtirok 
etadi. Kishilar biror predmetning nomini eshitgandan, u haqda 
fikr yuritadi, natijada tasavvur orqali uning miyasida shu narsa 
va voqea – hodisaning aksi (in’ikosi) paydo bo‘ladi. 
Tushunchani tasavvur qilishda tasavvur hammada bir xil 
bo‘lmaydi. U kishining bilimi, tajribasi va hakozolar bo‘yicha 
farqlanadi. Ba’zi bir ko‘rmagan, eshitmagan yangi predmet va 
hodisalarning nomini eshitganimizda biror bir aniq tasavvur 
qilolmaymiz. Hattoki, ko‘rib turgan yangi narsalarning nomini 
bilmaymiz. 
Aytaylik, 
Hindistonda 
o‘sadigan 
mevani 
umrimizda ko‘rmagan, emagan u haqda eshitmagan bo‘lsak. 
Uning nomini eshitganda dastlab hech qanday tushunchaga ega 
bo‘lmaymiz. Ko‘z oldimizga hech narsani keltira olmaymiz, 
natijada tasavvurimizda in’ikosini hosil qila olmaymiz. Shu 
sabab ham aniq bir tasavvur hosil qilishimiz uchun yetarli 
ko‘nikma, bilim va tajriba talab qilinadi. So‘z tushunchaning 
tildagi atalish nomi hisoblanadi. Masalan, ma’naviyat o‘chog‘i, 
o‘quv predmeti bo‘lgan narsa va u haqdagi tushuncha o‘zbek 
tilida kitob, rus tilida kniga, ingliz tilida book. Bitta narsani har 
xil tilda har xil nomlaganimiz bilan o‘sha bitta narsani 
tushunamiz. Shu sabab ham tilda shakl o‘zgaruvchan, mohiyat 
o‘zgarmasdir. Mana shu bir narsaning turli xil tilda turlicha 
nomlanishi so‘zdir. So‘z narsa va tushuncha bir-biri bilan 
uzviy bog‘liqdir. Ular doim birga yashaydi, tushunchasiz so‘z, 


61 
so‘zsiz tushuncha bo‘lishi mumkin emas. So‘z tilshunoslikning 
deyarli barcha sathlari ob’ekti. Tushuncha esa mantiq fanida 
o‘rganiladi. So‘z, narsa va tushuncha orasida shunday 
bog‘liklik borki, ularni bir - birisiz tasavvur etish ham qiyin. 
Ya’ni bir - biri bilan uzviy bog‘langan hodisalardir. Buni 
quyidagi rasm orqali ifodalasak bo‘ladi. 
So‘z 
Narsa 
Tushuncha 
Mana rasmda ko‘rib turganingizdek, bular bir-biri bilan 
uzviy bog‘liq hodisalardir. Narsaning biror tildagi nomi so‘z, 
narsani denotat, tushunchani signifikat deb ham nomlaymiz. 
Bizning tafakkurimizda tashqi moddiy olamning aks etishi 
uchun ma’lum narsalar talab qilinadi. Bular til bilish, ya’ni 
so‘z nomini bilish, so‘z orqali ifodalanayotgan shu narsa 
haqida bilimga ega bo‘lish. Buning uchun shu narsaga avval 
duch kelgan, ko‘rgan bo‘lishimiz lozim. Shundan so‘nggina 
shu so‘z va narsa haqida tushunchaga ega bo‘lamiz. Bu fikrlar 
asosan, so‘zning atash ma’nosiga tegishlidir. Ko‘chma 
ma’nolarda bir so‘zni har millat, har kim har xil tushunishi 
mumkin. 

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling