Tilshunoslik


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/104
Sana13.09.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1677000
TuriУчебник
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   104
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasi

So‘z birikmasi. So‘z birikmasini o‘rganishda asosan rus 
tilshunosligida ham, uning ta’sirida o‘zbek tilshunosligida ham 
V.V.Vinogradovning ta’rifiga asoslanilib kelindi. Mana o‘sha 
mashhur ta’rif: So‘z birikmasi predmet, harakat birligi va 
hakozalarni ifodalash qobiliyatiga ega bo‘lgan, yagona murak-


81 
kab ma’nolarni ifodalaydigan, sintaktik jihatdan tashkil topgan 
va semantik tomondan bir butun hisoblangan ikki mustaqil 
so‘zning birikuvidir [V.V.Vinogradov, 1954: 10]. Boshqa 
olimlarning ta’rifiga nisbatan bu ta’rif ancha mukammal va 
so‘z birikmasining tabiatini keng va atroflicha qamrab olgan-
ligi bilan ham ajralib turadi. Bu ta’rifda sintaktik va semantik 
jihatlari ham chetda qolmagan. Yagona murakkab ma’nolarni 
ifodalaydigan barqarorlik ham nazardan soqit qilinmagan.
So‘z birikmalari ikki xil bo‘ladi: erkin bog‘lanishli so‘z 
birikmalari, turg‘un bog‘lanishli so‘z birikmalari.
Erkin so‘z birikmalari til birligi emas. Shu sabab ham, 
tilimizda mavjud emas. Tilimizda tayyor holda uchramaydi. 
Nutq jarayonida o‘zimiz shakllantiramiz. So‘z birikmasi so‘z 
va gap o‘rtasidagi kamida ikkita so‘zdan tuzilgan nutq 
birligidir. So‘zlardan so‘z birikmalarini, so‘z birikmalari va 
so‘zlardan gaplarni hosil qilamiz. So‘z birikmasi ham 
nominativ vazifani bajarib, atash ma’nosiga ega bo‘ladi. So‘z 
birikmalarida qatnashgan so‘zlarning biri hokim so‘z bo‘lsa, 
ikkinchisi shu so‘zga tobe so‘z bo‘lib keladi. Shu sabab ham 
tobe  hokim munosabati asosiga qurilgan bo‘ladi. Hokim so‘z 
qaysi so‘z turkumi asosida yaratilgan bo‘lsa, shu so‘z 
birikmasi ham shunday nom bilan ataladi.
Turg‘un so‘z birikmalari matn segmentlari tarzida 
butunligicha olinadi. Ular sintaktik tahlil qilish jarayonida 
bo‘laklarga bo‘linmaydi. Yaxlitligicha bir gap bo‘lagi 
vazifasida keladi. Lekin, ularni frazeologik birliklar bilan 
chalkashtirmasligimiz lozim bo‘ladi. Oliy Majlis, kelajagi 
buyuk, Buyuk Navoiy kabi. Bu kabi turg‘un so‘z birikmalari 
yaxlitligicha (aniqlovchi va to‘ldiruvchi) bitta bo‘lak 
vazifasida 
kelmoqda. 
Turg‘un 
holatdagi 
komponentlar 
munosabatiga asoslangan so‘z birikmalari hududi ancha keng 
bo‘lib, ular jumlasiga sof turg‘un birikmalardan tashqari, 
qo‘shma atamalar, turg‘un nomlar, parafrazalar, tarkibli 


82 
atamalar, so‘z birikmasi qolipidagi turg‘unlik belgisiga ega 
frazeologik iboralar, murakkab terminlar va ularning idiomatik 
ma’noli turlari, frazemalar, metaforik xususiyatga ega bo‘lgan 
birliklar ham kiradi. Bular kichik sintaksisda o‘rganiladi. 
Shuningdek, bir nechta so‘zlardan tuzilgan so‘z 
birikmalariga murakkab so‘z birikmalari deyiladi. Masalan: 
Obod qishloq dasturi asosida, yoshlar ittifoqi yig‘ilishi, 
Vatanimiz hududi sarhadlari kabi. Mana bu so‘z birikmalari 
tarkibida 3 ta 4 ta so‘zlar ishtirok etgan. Shu sabab ham 
murakkab so‘z birikmalarini tashkil qilgan.
So‘z birikmalaridagi hokim so‘zning ma’nosini izohlash va 
to‘liqroq ifodalash uchun tobe so‘z talab etiladi. Tobe so‘z 
hokim so‘zning ma’nosini ochishga xizmat qiladi. Masalan: 
katta ko‘cha, yorug‘ xona, baland bino kabi. 
So‘z birikmalarida hokim va tobe so‘zning joylashish 
tartibi teskari munosabat asosiga quriladi. Boshqacha qilib 
aytsak, birinchi kelgan so‘z tobe so‘z keyin kelgan so‘z esa 
hokim so‘z bo‘ladi. So‘roqni har doim hokim so‘zga beramiz. 
So‘z birikmalarida so‘zlar grammatik, semantik va sintaktik 
munosabat asosida birikadi. So‘z birikmalaridan qo‘shma 
so‘zlar kelib chiqadi. 
Gap. Gap fikr ifodasini beruvchi komminikativ birlikdir. 
Jahon tilshunosligida gapga xilma-xil ta’riflar berilgan. Gap 
nisbiy tugallangan, tugallangan ohang bilan aytiluvchi fikr 
ifodasini beruvchi nutq birligidir. Gaplarni to‘liq tugallangan 
fikr ifodasini beruvchi deya olmasligimizga sabab, matn 
tarkibidagi har qanday gap ham alohida nisbiy tugallangan 
bo‘ladi, sababi keyingi gap bilan ham semantik jihatdan 
bog‘langan bo‘ladi. Matn tarkibidagi barcha gaplarning 
o‘rtasida semantik bog‘liqlik seziladi. Ya’ni biri bog‘dan, 
ikkinchisi tog‘dan bo‘lmaydi. 
Biz gap orqali bir-birimiz bilan aloqaga kirishamiz, 
muloqat qilamiz. Muloqatning eng kichik birligi ham gap 


83 
hisoblanadi. Gaplar so‘z va so‘z birikmalaridan tuziladi. 
Birgina so‘z va so‘z birikmalari orqali komminikativ vazifa 
bajaruvchi gapning aloqa munosabatini bera olmaymiz. Gapda 
intonatsiya ham muhim rol o‘ynaydi. Shakllangan va 
tugallangan intonatsiya gapning shakllanishiga xizmat qiladi. 
Predikativlik ham gapning muhim belgilaridan biridir. 
Gaplarni tuzilishiga ko‘ra: sodda gap, qo‘shma gap kabi 
turlarga bo‘lib o‘rganamiz. Gap shakllanishi uchun sub’ekt 
(ega), predikat (kesim) bo‘lishi birlamchi vosita sanaladi. 
Tilshunoslikning galdagi vazifasi, jonli nutqda jumlalar qanday 
bo‘lsa, shundayligicha o‘rganishdir. Tilni oldindan yasab 
olingan qoliplarga solib o‘rganishdan qochishimiz, nutq 
lingvistikasining bosh talablaridan biridir. 

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling