Tilshunoslik


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/104
Sana13.09.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1677000
TuriУчебник
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   104
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasi

Leksema. Leksema til birligi. Uning nutqdagi birligi 
so‘zdir. Leksema fonemalarning qo‘shilishidan iborat bo‘ladi. 
Chap tomondan fonema bilan, o‘ng tomondan so‘z bilan 
qo‘shiladi. Har bir leksema ma’lum bir ma’no ifodalaydi. 


78 
Til birligi bo‘lgan leksemaning tashqi – ifoda tomoniga 
uning shakli, tovush jihati – nomema kirsa, leksemaning 
semema, ma’no-mazmun tomoniga denotatlar – narsa, hodisa, 
harakat, holat, belgi – keng ma’nodagi muayyan predmetlarni 
nomlaydi [R.Rasulov, 2017: 199]. Masalan: qalam leksemasi 
anglatgan ma’no denotat tafakkurimizda o‘quv quroli degan 
ma’noni paydo qiladi. Qalam so‘zi qalam tushunchasini 
beruvchi leksemaning ma’nosini shakllantiruvchi q+a+l+a+m
fonemalarining sistem bog‘lanishi asosida hosil qilingan. Har 
bir leksema shu kabi denotativ va semantik ma’no ifodasiga 
ega bo‘ladi. Leksema tayyor holda til birligi sifatida nutqqa 
ko‘chiriladi. U hammaga tushunarli bo‘lgan so‘z tarzida 
nutqda voqelanadi. Leksema til sistemasining leksik birligidir 
yoki boshqacha qilib aytsak, lug‘at boyligidir. 
Model. Tilimizda so‘z birikmalari va gaplar tayyor holda 
uchramaydi. Ularning qolipi yoki andozasi bo‘ladi, xolos. Shu 
qoliplar asosida istalgancha gaplar tuzamiz. Gap tarkibidagi 
leksemalar, morfemalar ma’lum model qonuniyatlari asosida 
birikib keladi. Har qanday bir leksema ikkinchi leksema bilan 
birika olmaydi. Shuningdek, qoliplar ham turlicha bo‘ladi. 
Masalan: 
ega+kesim 
gap 
modeli, 
Akmal 
keldi
aniqlovchi+kesim gap modeli katta ko‘cha kabi. Turkiy tillarda 
gap qolipi bo‘yicha avval ega keyin kesim kelsa, Hind – 
Yevropa tillari qolipi bo‘yicha asosan avval kesim keyin ega 
joylashadi. Til sistemasining ishlashi uchun muhim bo‘lgan 
qolip, tafakkurimizda tayyor turganligi nutqiy faoliyat orqali 
turli jumlalarni to‘g‘ri tuzishimizda muhim vazifani bajaradi. 

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling