Tilshunoslik


Matn. Eng yirik nutq birligi matndir


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/104
Sana13.09.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1677000
TuriУчебник
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   104
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasi

Matn. Eng yirik nutq birligi matndir. Matnning nutq birligi 
ekanligi masalasi bevosita nutqiy faoliyat mahsuli ekanligini 
ko‘rsatadi.
Gap matnning qurilish materiali tarzida talqin etilganda 
masala mohiyatini nisbiy tushunish kerak, chunki, bu o‘rinda 
mustaqil so‘z va so‘z birikmasining matn tarzida maxsus 
qo‘llanishi e’tiborga olinmaydi. Ayni paytda bog‘lanishli nutq 
materiali nazarda tutilmoqda. 
Kommunikativ 
birlik 
deganda, 
muloqot 
birligini 
tushunamiz, muloqot esa, o‘z navbatida, nutqda shakllanadi.
Chex tilshunosi Yan Korjenskiy matn talqinini semantik va 
pragmatik komponent tushunchalari bilan bog‘lab olib boradi. 
Bunda u semantik komponent birinchi galda matn materialini 
uyushtiruvchi ma’no ba’zasi hamda uning voqelanishini 
ta’minlovchi vositalarni taqozo etishini ta’kidlaydi. Olim 
semantik komponent jumlasiga so‘zlovchini, ya’ni inson 
omilini ham kiritadi. Pragmatik komponent deganda esa, 
ma’no 
ifodasi 
sistemasida 
ahamiyat 
kasb 
etuvchi 
munosabatlarni tushunadi. Masalan, men, sen, u, biz, siz, ular 
kabi kishilik olmoshlarini pragmatik unsurlar jumlasiga kiritish 


84 
mumkin. Ko‘rsatish va so‘roq olmoshlari esa, kishilik 
olmoshlaridan farqli ravishda, semantik, yoxud matn 
komponentlari sirasiga kiradi. Chunki ular aktantlar o‘rtasidagi 
munosabatni ifodalaydi. Kishilik olmoshlari esa aktant 
vazifasida keladi.
Matn tarkibida mavjud bo‘lgan morfologik vositalarning 
ham birini matn komponenti deb, ikkinchisini semantik 
komponent deb ajratib o‘rganish uchun ham, bizningcha
ehtiyoj 
sezilmaydi. 
Zotan, 
ularning 
barchasi 
matn 
komponentlaridir. Matn komponentlarining semantik yoki 
sintaktik jihatlari haqida so‘z yuritilganda, ularning har birini 
yo semantik, yoxud sintaktik rejaga ko‘ra o‘rganish o‘z-
o‘zidan talab qilinishi shubhasizdir [N.Turniyozov, 2012: 65]. 
M.V.Lyapon ham matn lingvistikasi muammolarini 
murakkab sintaktik qurilmalar asosida talqin etadi. U matn 
tavsifi quyidagi to‘rt konsepsiyaga asoslanishi mumkinligini 
ko‘rsatadi: 
1.Matn – bu jumlalarning o‘zaro munosabatidan kelib 
chiquvchi xabardir. Matn tadqiqotchi uchun til hodisalarini 
o‘rganishda birdan-bir manbadir. 
2.Matn – bu so‘zlovchining nutqiy qobiliyatini ro‘yobga 
chiqaruvchi vositadir. Bu jarayonda matn tilning nutqda real 
qo‘llanilishini ta’minlovchi makon vazifasini ham bajaradi.
3.Matn – bu so‘zlovchining faol nutqiy faoliyati 
mahsulidir.
4.Matn – bu til sistemasining kommunikativ jarayonda 
muhim funksiya bajaruvchi eng yuqori pog‘onasidir. 

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling