Tilshunoslik


-§. Lisoniy paradigma va munosabatlarning asosiy


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/104
Sana13.09.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1677000
TuriУчебник
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   104
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasi

20-§. Lisoniy paradigma va munosabatlarning asosiy 
turlari 
Til sistemasi birliklari biri boshqasi bilan bog‘liq tarzda 
yashar ekan, bunda ularning birinchi navbatda paradigmatik va 
sintagmatik 
munosabatlari 
namoyon 
bo‘ladi. 
Lisoniy 


85 
paradigma til birliklarining paradigmatik munosabatda aloqaga 
kirishuvidir. Tilshunoslikda paradigma termini ikki xil 
ma’noni anglatadi. 1.Tilning sistemasi va strukturasi 
qoidalariga mos holda muayyan invariant doirasida mavjud 
bo‘lgan variantlar. Bu variantlardan biri kommunikativ 
jarayonda har so‘zlovchi tomonidan tanlanadi. 2.Nutq zanjirida 
til sistemasi unsurlarining tasniflanishi [R.Kobrin, 1987: 31]. 
Lisoniy paradigmada til birliklari bo‘lgan fonema, morfema, 
so‘z va gapning aloqaga kirishuvi orqali sintagmatik qatorda 
nutqiy faoliyatni shakllantirishini tushinamiz. Albatta, har 
qanday kichik birlik o‘zidan katta birlik ichida faollashadi. 
Masalan, fonemalar morfemada, morfemalar so‘zda, so‘zlar 
gapning ichida ham paradigmatik ham sintagmatik zanjirni 
hosil qiladi. Paradigmatik munosabatda kelgan til birliklari 
vertikal 
xarakterli 
bo‘ladi. 
Ba’zi olimlar paradigma 
tushunchasini tilga, sintagma tushunchasini esa faqat nutqqa 
tegishli deydi. Fonemalar vertikal holatda bog‘lanib sistema 
ichida makroparadigma holida shakllanadi. Ular amalda 
qo‘llanilganda sintagmatik munosabatni taqoza etadi.
Nazorat uchun savollar: 
1.Til va nutqiy faoliyat tushunchalari o‘zaro qanday 
munosabatda? 
2.Nutq faoliyatning og‘zaki va yozma nutqqa ta’siri? 
3.Til tafakkurning paydo bo‘lishi, ularning rivojlanishi
haqida qanday fikrdasiz? 
3.Lisoniy paradigma va munosabatlarning asosiy turlari 
deganda nimalarni tushunasiz? 
4.Nima uchun til moddiy – akustik, tafakkur esa ma’naviy
– g‘oyaviy xususiyatiga ega?
5.Nima uchun til milliy, tafakkur esa umuminsoniy
xususiyatga ega? 
6.Til va tafakkur birliklarining o‘ziga xos xususiyatlarini
nimalardan iborat? 


86 
7.Lisoniy tasnif asoslari. Til ham, nutq ham aloqa vositasi. 
Farqlari nima? 

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling