Tilshunoslik


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/104
Sana13.09.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1677000
TuriУчебник
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   104
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasi

Tovush. Fonemaning nutqdagi ko‘rinishi tovushdir. 
Tovush ham fonema kabi boshqa mayda bo‘laklarga 
bo‘linmaydi. Yozuvda harf bilan ifodalanadi. Tovushlar tilning 
moddiy materiali hisoblanadi. Akustik, fiziologik, lingvistik 
belgilari mavjud bo‘ladi. Bir-biridan farqli bo‘lgani uchun 
ma’lum sanoqligina tovushlardan turli-tuman cheksiz so‘zlar 


79 
yaratiladi. Tovush nutq birligining minimal moddiy birligi 
sifatida ijtimoiy vazifa bajaradi. Tovush paydo bo‘lish 
tomonidan olib qaralganda birlamchi, fonema esa ikkilamchi. 
Bular bir – biri bilan chambarchas bog‘liq, bir – biriga o‘tib 
turadigan birliklardir. Masalan: kel – ket, ko‘z – so‘z, men – sen 
kabi. Bu misollarda tovush fonemaga fonema tovushga 
aylanganini ko‘rishimiz mumkin. Tovush nutqning moddiy 
materialidir. Akustik jihatdan u past yoki baland eshitilishi 
mumkin. Tovushni eshitamiz va tafakkurimizda uning ifoda 
belgisini 
idrok 
qilib 
ma’lum 
narsaning 
in’ikosini 
gavdalantiramiz. Uning eng muhim belgisi bir-biridan farqli 
bo‘lishi sanaladi. Yoqsa, til sistemasida tashilayotgan turfa xil 
ma’nolarni chiqarolmas edik. Tilimizda mavjud bo‘lgan 
o‘ttiztadangina ortiq tovushlar orqali 120 000 dan ortiq so‘zni 
hosil qila olmas edik. 
So‘z. Til birligi sanalgan leksemaning nutqdagi birligi 
so‘zdir. Leksemaning so‘zga aylanishi nutqiy faoliyatning roli 
bilan chambarchas bog‘lanadi. So‘z nutq jarayonida oydinla-
shadi, voqelanadi. Ya’ni so‘z, aniq moddiy qobiqqa ega bo‘la-
di. So‘zning tilimizdagi vazifasi nominativ vazifa bajarishidir. 
Ya’ni so‘z aniq tushunchani ifodalab, tafakkurimizda 
tushuncha tasavvurini hosil qiladi. So‘z fikr ifodalab kelishidan 
tashqari alohida gap ham bo‘lib kelishi mumkin. So‘z xali 
to‘liq o‘rganilmagan sath bo‘lishi bilan birga, deyarli tilning 
barcha bo‘limlarining ob’ekti hamdir. Har bir so‘z fonetik, 
grammatik va semantik jihatdan shakllangan bo‘ladi. 
Shuningdek, so‘z o‘zidan katta nutq birliklari sanaladigan: so‘z 
birikmasi, gap va matnning qurilish materialidir. 
So‘z haqida jahon tilshunosligida turfa xil nazariy 
qarashlar mavjud. Bu borada olimlar yakdil fikrda emas, 
shuningdek yagona va mukammal ta’rifi hanuzgacha 
yaratilgani yo‘q. So‘z tilning markaziy, yadroviy, birligi 
sanaladi. F.Do‘.Sossyur so‘z haqida shunday deydi: so‘zdagi 


80 
muhim narsa tovushning o‘zi emas, balki shu so‘zni qolgan 
barcha so‘zlardan farqlashga imkon beradigan tovushiy 
farqlardir, chunki aynan shular ma’no tashuvchilar hamdir 
[Sossyur, 
Ferdinand 
Do‘., 
2019: 
136]. 
Professor 
M.M.Mirtojiyev so‘z o‘z ma’nosi va o‘z shakli bilan mavjud 
ekan, u o‘zi ifoda etgan ob’ekti bilan mantiqan umumiylikka 
ega bo‘lishi turgan gap. Bu umumiylik o‘sha so‘z leksik 
ma’nosi orqali ifoda topgan tushuncha vositasida namoyon 
bo‘ladi [M.M.Mirtojiyev, 2017: 90], – desa, Professor 
M.N.Peterson umuman so‘zning qoniqarli ta’rifi yo‘q, bunday 
ta’rifni berish ham qiyin; so‘z – shunday sodda tushunchaki, 
unga biror mantiqiy ta’rif berish ham mumkin emas, – deydi 
[M.N.Peterson, 1929: 27]. Professor T.Bushuy so‘z ko‘p 
o‘lchovli til birligi bo‘lib, uning ta’rifini berish uchun turli 
xususiyatlarini hisobga olishi kerak deb hisoblaydi [T.Bushuy, 
2011: 28]. E.Sepir esa, so‘zni vazifaviy birlik emas, shakliy 
birlik deb qaraydi [E.Sepir, 1934: 221]. Sh.Balli, so‘z tushun-
chasini tilshunoslikdagi eng noaniq tushuncha, deb ataydi 
[Sh.Balli, 1935: 315-317]. F.M.Peshkovskiyning so‘z haqidagi 
quyidagicha fikrini keltirish maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz: 
”So‘z tilshunoslik fanining o‘ta murakkab tushunchalaridan 
birini taqozo etadi. Insonning tili so‘z orqali mavjudligiga, 
tilshunoslikning barcha masalalari so‘z orqali o‘z ifodasini 
topishiga qaramay, so‘z tushunchasi tilshunoslar uchun 
jumboq bo‘lib qolmoqda” [A.M.Peshkovskiy, 1925: 122]. 
Hozirgi tilshunoslikda so‘z va u orqali berilgan tushuncha 
masalasi har qancha dolzarb bo‘lsa ham, bu sohada hali 
aniqroq to‘xtamga kelinganini qayd eta olmaymiz. 

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling