Tilshunoslik


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/104
Sana13.09.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1677000
TuriУчебник
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   104
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasi

 
 
 


71 
TIL – TAFAKKUR – NUTQ MUNOSABATI 
17-§. Til va nutqiy faoliyat 
Til sintagmatik qatorga o‘tish orqali nutqiy faoliyatda 
tafakkur munosabatini namoyon qiladi. Nutqiy faoliyat bir 
qarashda individual hodisadek tuyulgani bilan ma’lum jihatlari 
bilan ijtimoiy hodisa hamdir. Umuman til va nutq ham 
ijtimoiy, ham individual hodisalardir. Bular bir - biri bilan 
bog‘liq bo‘lgan faoliyat turlari sanaladi. O‘z navbatida til va 
tafakkur ham o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan birini 
ikkinchisisiz 
tasavvur 
etish 
qiyin 
bo‘lgan 
hodisalar 
hisoblanadi. Til ijtimoiy hodisa sifatida tafakkurning harakatga 
kelishi ya’ni nutq orqali voqealanishidir. Tafakkur bilish 
jarayoni bilan bevosita bog‘lanadi. Tafakkur aqliy bilishning 
hosilasi sifatida izohlanishi lozim. Ongli bilishning eng yuqori 
bosqichi bo‘lgan tafakkur yuritish faqat insonga berilganligi 
bilan ajralib turadi. Tafakkur til bilan birga paydo bo‘lgan va 
birga rivojlanadi. Til va tafakkur orasida gap borganda, nutq 
munosabati ham tushuniladi. Chunki til nutq orqali 
oydinlashadi. Bu uch hodisa ham o‘z-o‘zidan ijtimoiy 
hodisalar sanaladi. Biz o‘rganilayotgan narsa hodisa va 
voqealar haqida fikr yuritishimiz jarayonida til – tafakkur va 
nutqiy faoliyat baravar ishtirok etadi. Bu ijtimoiy hodisalar bir-
biri bilan shunchalik bog‘liqqi go‘yoki bir hodisadek 
tushiniladi. Tafakkur erishgan yutuqlar tilda aks etib nutqiy 
faoliyatda yuzaga chiqadi. Til sistemasining ishlash jarayonida 
qatnashadi. Bilish hissiy va ongli bilishga bo‘linadi.
Shu bilan birgalikda hissiy bilishning insonlarga ham 
xosligini va farqini nazardan soqit qilmasligimiz kerak. 
Professor N.Turniyozov ta’kidlaganidek, bu ikki hodisa 
umumiy jarayonning ikki bosqichini taqozo etadi. Aqliy bilish 
sezgilarimizdan, hissiy bilishdan oziqlanadi.


72 
Lekin, shunday bo‘lsa-da, tafakkur sezgidan, idrok va 
tasavvurdan quyidagi jihatlariga ko‘ra farqlanadi: 
a) tafakkur sezgi organlariga nisbatan narsa va hodisalar 
mohiyatini chuqurroq ochib beradi; 
b) tafakkur sezgimizga nisbatan voqelikni umumiyroq aks 
ettirib, narsa va hodisalar o‘rtasidagi doimiy munosabat, 
aloqalarni ham aniqlaydi; 
v) biz sezgilarimiz orqali narsa-hodisalar orasidagi oddiy 
munosabatlarni bilamiz [N.Turniyozov, 2002: 71]. 
Tafakkur qilganimiz uchun ham til har doim taraqqiyotda 
va rivojlanishda, agar tafakkur bo‘lmaganida edi til qotib 
qolardi, ya’ni rivojlanishdan to‘xtardi. 
Til bilan tafakkurning o‘zaro munosabati tilshunoslikda 
ham, falsafada ham eng muhim murakkab muammolardan 
biridir. Shu bois mazkur mavzuni o‘rganishga qaratilgan 
mashg‘ulotlarda talabalar bu muammolarning fanda anchagina 
o‘rganilganligini, ular o‘zaro dialektik bog‘liq bo‘lgani holda, 
har biri faqat o‘zigagina xos bo‘lgan xususiyatlariga ko‘ra 
farqlanishini ham e’tibor markazida tutmog‘i muhim. 
Psixologik nuqtai nazardan tafakkurimiz ifodalovchisidan 
ajratib olinganda, bo‘laklarga bo‘linmaydigan amorf massadan 
iborat. Faylasuflar va lingvistlar e’tirof etadilarki, belgilar yor-
damisiz bir tushunchani ikkinchi tushunchadan aniq farqlash 
mumkin emas. O‘z holicha olingan tafakkur go‘yo tumanlikka 
o‘xshaydi [A.Nurmonov, 2009: 44]. Tildagi tushunchalar 
tovushlar orqali ifodalanadi. Bir tovush ikkinchi bir tovushdan 
ma’no jihatdan farq qilgani uchun, tafakkurimizdagi farqli 
tushunchalarni ham tovushlar orqali ajratamiz. 
Tafakkur insonning bilish jarayoni bilan bevosita bog‘liq 
bo‘lib, sezgilar orqali bilishdan farqlidir. Tafakkurning muhim 
xususiyati sifatida uning til bilan bog‘langanligini aytish 
mumkin. Chunki tilni tafakkursiz yoki, aksincha, tafakkurni 
tilsiz tasavvur etish qiyin. Biroq shunday bo‘lsa-da, til va 


73 
tafakurning har biri o‘z ichki tuzilishiga va birliklariga ega. 
Masalan, fonema, morfema, leksema, so‘z-shakl, so‘z 
birikmasi va gap singarilar qoliplari bevosita tilga tegishli 
birliklar hisoblansa, tushuncha, fikr, hukm va xulosa singarilar 
tafakkur bilan uzviy bog‘liq birliklar hisoblanadi. Aytish 
joizki, 
til 
birliklari 
ifodalovchi, 
tafakkur 
birliklari 
ifodalanuvchi xususiyatlarga egadir. Til milliy xususiyatga 
ega, tafakkur esa umuminsoniy xususiyati bilan undan 
farqlanadi. Tafakkur shakllari va qonun-qoidalari barcha 
millatlarda bir xildir.
Yuqoridagilardan tashqari shuni ham aytish lozimki, til 
birliklari bilan tafakkur birliklarini tenglashtirib bo‘lmasligiga 
alohida e’tibor qaratishni tavsiya etamiz. Chunki, mazkur 
masala doirasida aniq tasavvur hosil etish uchun so‘z bilan 
tushuncha aynan bir-biriga mos kelavermasligi haqida bilish 
muhimdir. Mustaqil so‘zlarni taqozo etuvchi so‘zlar tushuncha 
ifodalay olsa-da, biroq yordamchi so‘zlarni taqozo etuvchi til 
birliklari so‘z hisoblansa ham, tushuncha ifodalay olmaydi. 
Gapni muhokama, xulosa singari tafakkur birliklari bilan 
tenglashtirib bo‘lmasligini talaba chuqur o‘zlashtirish uchun 
gapning 
barcha 
turlarini 
voqea-hodisaning 
mavjudligi, 
yo‘qligi, rostligi, yolg‘onligi kabi jihatlaridan tashqari, so‘roq, 
buyruq mazmunidagi gaplarning borligiga ham e’tibor qaratish 
zarur. Zero, mantiq qonuniyatlari bunday xususiyatlarga 
tayanmasligi ma’lum.

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling