Tilshunoslik


-§. Lisoniy va nutqiy birliklar


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/104
Sana13.09.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1677000
TuriУчебник
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   104
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasi

19-§. Lisoniy va nutqiy birliklar 
Til va nutq alohida hodisalar ekan ularning birliklari ham 
alohida bo‘lishi shubhasiz. Til va nutq bir-biri bilan 
chambarchas bog‘langan. Tilshunoslikda til va nutq birliklarini 
belgilashda yakdil fikr mavjud emas. Turli xil olimlar turli xil 
qarashga ega. Aytilayotgan shu fikrlarning o‘zi ham til va nutq 
birliklarini belgilashda ishlatilgan mezonlar ham nisbiy 
ekanligidan dalolatdir. Ko‘pchilik tomonidan til birliklariga: 
fonema, morfema, leksema va modellar kiritilgan bo‘lsa, nutq 
birliklariga esa: tovush, harf, so‘z, so‘z birikmasi, gap va matn-
lar kiritilgan. Til birliklari vertikal qatorda bizning ongimizda 


77 
joylashgan bo‘lsa, nutq birliklari esa til birliklarining 
gorizontal qatorga ko‘chishidir. Bunda nutqiy faoliyat muhim 
rol o‘ynaydi. Til birliklaridan nutq birliklari hosil qilinadi. Til 
va nutq birliklari quyidagi qismlardan tashkil topgan. 
Fonema. Tilning eng kichik birligi fonemadir. Fonema 
boshqa mayda qismlarga ajratilmaydi. Fonema tilda eng kichik 
birlik bo‘lgani bilan, eng katta vazifani bajaradi. Barcha 
birliklar tarkibida fonemalar mavjud bo‘ladi. Fonemaning 
nutqdagi birligi tovush va harfdir. Fonema tovushning ma’no 
farqlashga xizmat qiladigan turidir. Yoki boshqacha qilib 
aytsak, fonema so‘zlarni tovush jihatdan farqlaydi. Masalan: 
bolg‘a – bolta, ko‘z – so‘z, men – sen kabi. Bolg‘a so‘zidagi g‘ 
o‘rniga t (tovush) harfini qo‘ydik va yangi so‘z yasaldi. Bu 
so‘zdagi faqat t harfi (tovushi) gina fonema hisoblanadi. 
Morfema. Tovushlar qo‘shilib ma’no ifodalaydi. So‘zning 
eng kichik ma’no ifodalovchi qismi morfemadir. So‘zning har 
qanday qismi ham ma’no ifodalavermaydi. Masalan, kitob 
so‘zining birinchi bo‘g‘ini ki- hech qanday ma’noga ega 
bo‘lmagani uchun morfema ham bo‘la olmaydi. Fonema 
ma’no farqlashga xizmat qiluvchi eng kichik birlik bo‘lsa, 
morfema ma’no ifodalashga xizmat qiluvchi eng kichik 
birlikdir. Shu sabab ham morfemalar boshqa ma’noli qismlarga 
bo‘linmaydi. Masalan: o‘qi+t+uvchi+lik, ish+chi+lar+ga, 
tadbir+kor+lik kabi so‘zlaridagi -t,-uvchi,-lik, -chi, -lar, -ga, -
kor, -lik kabilar. Morfema so‘z va so‘zning tarkibiy qismidan 
iborat bo‘ladi. Shu jihatdan morfemalarni ikkiga: o‘zak 
morfema va affiks morfemalarga bo‘lamiz. Morfema har doim 
bo‘g‘inga teng kelavermaydi: ki-tob, qa-lam, daf-tar. Ba’zan 
bo‘g‘inga teng keladi: sen-ga, gul-ning, men-da. 

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling