Tilshunoslik


Tayanch so‘z va birikmalar


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/104
Sana13.09.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1677000
TuriУчебник
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   104
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasi

Tayanch so‘z va birikmalar: 
Nutqiy faoliyat, sintagmatik, tafakkur, individual hodisa, 
ijtimoiy hodisa, til va nutq, bilish jarayoni, aqliy bilish, ongli 
bilish, nutq munosabati, sezgi, idrok va tasavvur, tushuncha
fikr, hukm, xulosa, dialektik munosabat, sistema, til kodlari, 
ob’ektiv voqelanish, ruhiy mexanizm, ideal sistema, nutqning 
mantiqiyligi, nutqning tozaligi, lisoniy me’yor. 
Adabiyotlar: 
1.Turniyozov N.Tilshunoslikka kirish., –Samarqand: 2002. 
–76 b. 
2.Nurmonov A. Struktur tilshunoslik: ildizlari va 
yo‘nalishlari. –Toshkent: “Ta’lim”, 2009. –160 b. 
3.Rasulov R. Umumiy tilshunoslik. –Toshkent: Fan va 
texnologiya, 2017. –312 b. 
4.Дў Соссюр, Фердинанд Умумий тилшунослик курси. 
Француз тилидан Ибодулла Мирзаев таржимаси. –
Тошкент, 2019. –308 б. 
5.Rahimov A. Umumiy tilshunoslik kursi. –Samarqand, 
2015. –123 b. 
6. Irisqulov M.T. Tilshunoslikka kirish. –Toshkent: 
“O‘qituvchi”, 1992. –256 b. 
7.Кобрин Р. Языковые отнашения и базовые единицы 
языка // Вопросы языкознания, 1987, № 5. –С.31. 
 
 


87 
TIL – RAMZLAR TIZIMI 
21-§. Tilning semiotik tabiati 
Semiotika boshqa fanlar qatori lingvistikaga tegishli bo‘lib, 
aloqa vositasi bo‘lgan inson tilini o‘rganadi. Semiotika 
lingvistikadan materiallar yig‘adi, shuningdek, kibernetikadan, 
biologiyadan, psixologiyadan, jamiyatshunoslikdan, madaniyat 
tarixidan, adabiyotshunoslikdan foydalanadi. Shunga qaramay, 
o‘z navbatida, u ham ushbu fanlarga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi, 
ya’ni u fanlarning birlashishidan rivojlanadi. 
Semiotik 
fikrlar 
belgilarning 
tushunchalar 
bilan 
bog‘lanishida, belgining muammosi bilan Arastu va B.Brextlar 
shug‘ullanganlar. Shuni aytish kerakki, belgilar muammo-
sining tarixini Yevropaliklar doimo o‘rganib kelishgan. 
Qadimgi Rim antik davrida ham semiotika o‘rganilgan. XVI-
XVII asrlarda belgilar muammolari bilan Lokk, Gassendi, 
Kondilyaklar shug‘ullanishgan. Tilshunos olim Ferdinand do‘ 
Sossyur umumiy ko‘rinishdagi til birliklarini o‘rganib chiqadi. 
Til 
belgisining 
sxemasini 
yaratadi. 
Sossyur 
belgilar 
nazariyasida ifodalovchi va ifodalanuvchi tomonlar borligini 
aytadi. Masalan, kitob so‘zining ifodalovchi tomoni ikkita unli 
va uchta undosh, jami beshta k, i, t, o, b harflaridan iboratdir. 
Ifodalanuvchi tomoni esa uning leksik ma’nosi sanaladi. 
Ifodalovchi va ifodalanuvchi tomonlar mavjudligi barcha 
mustaqil so‘zlarga xosdir. 
Ferdinand do‘ Sossyur lisoniy belgining tabiati haqida 
alohida fikr yuritgan. Belgilarni ikki tamoyilga asoslanib 
o‘rganish kerakligini ta’kidlaydi. Birinchi tamoyil belgining 
ixtiyoriyligi, ikkinchi tamoyil esa ifodalovchining chiziqli 
xarakteri, 
shuningdek 
belgining 
o‘zgarmasligi 
va 
o‘zgaruvchanligi haqida to‘xtalgan.
Tilning ijtimoiy hodisa ekanligi izoh talab qilmaydi, 
albatta. Shuningdek, tilning kishilar o‘rtasidagi eng muhim 


88 
aloqa vositasi sifatida ta’riflanganiligi ham ma’lum. Lekin bu 
ta’rif tilning vazifasiga ko‘ra mohiyatini belgilab beradi. Til-
ning material nuqtai nazaridan nimani taqozo etishining bunga 
aloqasi yo‘q. Bu jihatdan til o‘ziga xos murakkab sistemani 
tashkil etadi. Shuning uchun Ferdinand do‘ Sossyur: “Til 
tafakkurni ifoda qiluvchi belgilar yig‘indisidan iboratdir”, – 
deb javob beradi. Shuning uchun Sossyur lingvistik ta’limotida 
lingvistik belgi masalasi markaziy o‘rinni egallaydi [A.Nur-
monov, 2009: 35]. Lisoniy belgi narsa bilan uning nomini 
emas, balki tushuncha va akustik obrazni bog‘laydi. Akustik 
obraz esa moddiy sado ham, sof fizik narsa ham emas. Undagi 
sadoning psixik alomatidan his etish organlarimiz vositasida 
oladiganimiz – tasavvurdir [F. do‘. Sossyur, 2019: 77]. 
Xulosa qilib aytganimizda, biz bir so‘zni eshitganimizda 
avvolo u haqda o‘ylaymiz, fikrlaymiz keyin ongimizda in’ikosi 
gavdalanadi. Idrok etayotganimizda eshitilgan so‘zning muhim 
belgisi o‘sha narsani to‘liq tasavvur qilishimiz uchun birinchi 
omil bo‘lib xizmat qiladi. 

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling