Tilshunoslik


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/104
Sana13.09.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1677000
TuriУчебник
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   104
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasi

 
 


93 
24-§. Tilshunoslik fani bo‘limlari 
Boshqa fanlar kabi tilshunoslikni ham bir nechta qismlarga 
bo‘lib o‘rganamiz. Har bir bo‘limning o‘z o‘rganish sohasi, 
ob’ekti mavjud. Tilshunoslik fani quyidagi bo‘limlarga bo‘lib 
o‘rganiladi.
1.Fonetika bo‘limida nutq tovushlari, bo‘g‘in, urg‘u kabi
masalalar har taraflama o‘rganiladi. 
2.Leksikologiya tilning lug‘at boyligini o‘rganadi. Bunda
so‘zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari, ma’no 
kengayishi, torayishi, faol va nafaol so‘zlar kabi masalalar 
o‘rganiladi. 
3.Leksikografiya bo‘limida lug‘at tuzish tamoyillari va
turlari tadqiq qilinadi. 
4.Frazeologiya bo‘limida so‘zlarning ko‘chma ma’noda 
ishlatilishi, frazeologik turg‘un birikmalar va ularning turlari 
har tomonlama o‘rganiladi. 
5.So‘z yasalishi bo‘limida so‘z yasash usullari tahlil
qilinadi. 
6.Semasiologiyada til belgilarining ma’no turlari tadqiq
etiladi. Sema yunoncha so‘z bo‘lib ma’no, logiya ta’limot 
demakdir. Semasiologiyada so‘zning ma’no xususiyatlari 
o‘rganiladi. 
7.Morfemika bo‘limida so‘zning tarkibiy qismi bo‘lmish
o‘zak, negiz, qo‘shimchalar va ularning turlari tadqiq qilinadi. 
8.Grammatikada tilning grammatik qurilishi, grammatik
kategoriyalari tadqiq qilinadi. Grammatika ikki tarkibiy 
qismga ajratiladi: Morfologiyada so‘z turkumlari, sintaksisda 
esa so‘z birikmasi, gap va uning turlari o‘rganiladi. 
9.Orfografiya bo‘limida so‘zning to‘g‘ri yozilish qonun
qoidalari o‘rganiladi. Orfo lotincha so‘z bo‘lib to‘g‘ri grafiya 
yozaman demakdir. Bunda bosh harflar imlosi, bo‘g‘in 
ko‘chirilishi, so‘zlarni ajratib yozish, qo‘shib yozish, chiziqcha 
bilan yozish kabi masalalar o‘rganiladi. 


94 
10.Orfoepiya bo‘limida tovush va so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz 
qilish me’yorlari o‘rganiladi. Orfo lotincha so‘z bo‘lib to‘g‘ri 
epiya gapiraman demakdir. Bunda urg‘uni to‘g‘ri qo‘yish, 
to‘g‘ri nafas olish masalalari ham o‘rganiladi. 
11.Punktuatsiya 
bo‘limida 
mavjud 
bo‘lgan 
tinish 
belgilarini to‘g‘ri qo‘llash tamoyillari o‘rganiladi.
12.Til tarixi bo‘limida til tarixida bo‘lgan fonetik, lug‘at 
boyligi 
va 
grammatikada 
sodir 
bo‘lgan 
o‘zgarishlar 
tekshiriladi. 
13.Dialektologiya bo‘limida tildagi lahja va shevalarga oid 
so‘zlar o‘rganiladi. 
14.Uslubiyat bo‘limida nutq uslublari har tomonlama 
o‘rganiladi.
15.Etimologiya bo‘limida so‘zlarning kelib chiqishi, qaysi 
tildan o‘zlashganligi va tarixiy rivojlanish taraqqiyoti tadqiq 
qilinadi. 
16.Onomosiologiya bo‘limida narsa va predmetlarga
voqea hodisalarga nom berish jarayoni tadqiq etiladi. 
Onamastikada atoqli otlar o‘rganiladi. Atoqli otlar ham o‘z 
navbatida ikkiga bo‘linadi: antroponimika ism va familiyalarni 
o‘rgansa, toponimika joy nomlarini tadqiq qiladi. 
17.Grafika bo‘limida har bir tilning harflar tizimi 
o‘rganiladi va hakoza.
Tilning mana shu sanab o‘tilgan asosiy bo‘limlari tilning 
lug‘at boyligini tashkil etadi.

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling