Tilshunoslik


Nutq tovushlarining o‘zgarishi


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/104
Sana13.09.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1677000
TuriУчебник
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   104
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasi

Nutq tovushlarining o‘zgarishi. Nutq tovushlarini 
talaffuz qilganimizda turli xil o‘zgarishlarga uchraydi. Ba’zan 
tovush almashishi, ba’zan tovush tushishi hodisasi ro‘y berishi 
mumkin. Bulardan tashqari tovush o‘zgarish hodisalarining 
quyidagi turlari mavjud. Singormanizm, assimilyasiya
dissimilyasiya, metateza, tovush orttirilishi, tovush moslashuvi 
va boshqa hodisalar.
Singormanizm 
hodisasi. 
Singormanizm 
unli 
tovushlarning moslashuvi, ohangdorligi, uyg‘unligini qamrab 
oladi. Singormanizm hodisasi faqat turkiy tillarga xos. Eski 
o‘zbek tilida bu hodisaga amal qilingan. Hozirgi kunga kelib, 
sekin-sekin bu hodisa unitilib ketayapdi. Bu hodisaga binoan 
so‘zlarning birinchi bo‘g‘inida qanday unli kelsa, keyingi 
bo‘g‘inda ham shu unli kelishi lozim. Masalan: uzum, quruq, 
burun kabi.
Dissimilyasiya hodisasi. Dissimilyasiya ikkita o‘xshash 
tovushning noo‘xshash tovushga aylanib ketish hodisasidir. 
Dissimilyasiya hodisasi ham ikki xil bo‘ladi: a) progressiv 
dissimilyasiya: zarur – zaril, birorta – bironta; b) regressiv 
dissimilyasiya: koridor – kolidor, ittifoq – intifoq kabi.  
Assimilyasiya hodisasi. Assimilyasiya qator kelgan 
tovushlar bir-biriga ta’sir qilib o‘xshash tovushga aylanib 
ketishidir. Bu hodisa ikki xil bo‘ladi. a) oldingi tovushning 
keyingi tovushni o‘ziga moslashtirishi progressiv assimilyasiya 
deyiladi: aytdi – aytti, yurakga – yurakka; b) keyingi 
tovushning oldingi tovushni o‘ziga o‘xshatib olishi regressiv 
assimilyasiya deyiladi: tuz+siz – tussiz, bir+ta – bitta kabi. 
Metateza hodisasi. Metateza undosh tovushlarning 
talaffuzga qulay bo‘lishi uchun o‘rin almashinishidir: yog‘mir 
– yomg‘ir, tuproq – turpoq, aylanmoq – aynalmoq kabi.
Tovush orttirilishi hodisasi. Tovush orttirilishi hodisasi 
so‘zning barcha o‘rinlarida, ya’ni boshida, o‘rtasida, oxirida 


100 
kuzatiladi: stadion – istadion, spravka – ispravka, fikr – fikir, 
tank – tanka kabi.

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling