Nutq tovushlarining o‘zgarishi. Nutq tovushlarini
talaffuz qilganimizda turli xil o‘zgarishlarga uchraydi. Ba’zan
tovush almashishi, ba’zan tovush tushishi hodisasi ro‘y berishi
mumkin. Bulardan tashqari tovush o‘zgarish hodisalarining
quyidagi turlari mavjud. Singormanizm, assimilyasiya,
dissimilyasiya, metateza, tovush orttirilishi, tovush moslashuvi
va boshqa hodisalar.
Singormanizm
hodisasi.
Singormanizm
unli
tovushlarning moslashuvi, ohangdorligi, uyg‘unligini qamrab
oladi. Singormanizm hodisasi faqat turkiy tillarga xos. Eski
o‘zbek tilida bu hodisaga amal qilingan. Hozirgi kunga kelib,
sekin-sekin bu hodisa unitilib ketayapdi. Bu hodisaga binoan
so‘zlarning birinchi bo‘g‘inida qanday unli kelsa, keyingi
bo‘g‘inda ham shu unli kelishi lozim. Masalan: uzum, quruq,
burun kabi.
Dissimilyasiya hodisasi. Dissimilyasiya ikkita o‘xshash
tovushning noo‘xshash tovushga aylanib ketish hodisasidir.
Dissimilyasiya hodisasi ham ikki xil bo‘ladi: a) progressiv
dissimilyasiya: zarur – zaril, birorta – bironta; b) regressiv
dissimilyasiya: koridor – kolidor, ittifoq – intifoq kabi.
Assimilyasiya hodisasi. Assimilyasiya qator kelgan
tovushlar bir-biriga ta’sir qilib o‘xshash tovushga aylanib
ketishidir. Bu hodisa ikki xil bo‘ladi. a) oldingi tovushning
keyingi tovushni o‘ziga moslashtirishi progressiv assimilyasiya
deyiladi: aytdi – aytti, yurakga – yurakka; b) keyingi
tovushning oldingi tovushni o‘ziga o‘xshatib olishi regressiv
assimilyasiya deyiladi: tuz+siz – tussiz, bir+ta – bitta kabi.
Metateza hodisasi. Metateza undosh tovushlarning
talaffuzga qulay bo‘lishi uchun o‘rin almashinishidir: yog‘mir
– yomg‘ir, tuproq – turpoq, aylanmoq – aynalmoq kabi.
Tovush orttirilishi hodisasi. Tovush orttirilishi hodisasi
so‘zning barcha o‘rinlarida, ya’ni boshida, o‘rtasida, oxirida
100
kuzatiladi: stadion – istadion, spravka – ispravka, fikr – fikir,
tank – tanka kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |