Tilshunoslik


Tovushga taqlid nazariyasi


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/104
Sana13.09.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1677000
TuriУчебник
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   104
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasi

Tovushga taqlid nazariyasi. Qadimgi yunon olimlari 
tomonidan aytilgan nazariya bo‘lib, Demokrit va Platonlar 
tarafdorlari tomonidan olg‘a surildi. Tilning paydo bo‘lishida 


124 
tovushga taqlid nazariyasi bo‘yicha ibtidoiy odamlar tevarak – 
atrofdagi 
turli 
predmetlarning 
tovushlariga, 
masalan, 
suvlarning shildirab oqishi, shamolning uvullashi, qushlarning 
sayrashi, hayvonlarning bo‘kirishi, ma’rashi kabilarga taqlid 
qilish asosida nutq paydo bo‘lgan. Masalan, qarsak, qarg‘a, 
olashaqshaq, kakku, sharshara, shildiramoq, vishillamoq, 
uvullamoq, chirillamoq, g‘irillamoq, taqir-tuqur, gumbur-
gumbur, miyov kabi. Bunday nomlar barcha tillarda uchraydi. 
Tillarda uchraydigan bunday so‘zlar ko‘pchillikni tashkil 
etmasligini inobatga oladigan bo‘lsak, butun bir til mutloq 
tovushga taqlid nazariyasi asosida yaratilgan deyishimiz to‘g‘ri 
emasligi seziladi. Umuman borliqda tovush chiqaradigan 
narsalardan ko‘ra tovush chiqarmaydigan narsa va hodisalar 
ancha ko‘pligi aniq. Butun bir til tovushga taqlid asosida paydo 
bo‘ldi desak, u holda tosh, kitob, daftar, daraxt, oftob kabi 
so‘zlar qaysi tovushdan yoki qayerdan paydo bo‘ldi degan 
haqli savol tug‘iladi? Tildagi minglab jonsiz narsalar tovush 
chiqarmaydiku. Tovushga taqlid asosida nomlar qo‘yilganda 
edi, bugungi kundagi minglab tillarda nomlar bir xil bo‘lib 
qolardi. Tillar bunchalik turli-tuman bo‘lmasdi. Tillar soni 
3000 taga yetmasdi. Barcha tabiatdagi tovush chiqarayotgan 
narsalarning tovushiga taqlid qilish uchun inson tanasidagi 
nutq organlari nihoyatda rivojlangan bo‘lishi lozim. Yuqorida 
sanab o‘tilgan misollar albatta, chiqargan tovushlari asosida 
nomlanganligini hech kim inkor etmaydi. Ammo, bunday 
so‘zlar butun boshli tildagi leksik qatlamning juda kam qismini 
tashkil etadi. 
Demak, tovushga taqlid nazariyasi tilning paydo bo‘lishiga 
asos bo‘la olmaydi.

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling