Tilshunoslik
Download 1.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Tilshunoslik nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mehnat chaqiriqlari nazariyasi.
- Imo-ishora nazariyasi.
Undovlar nazariyasi. Bu nazariya tarafdorlari, tildagi
barcha so‘zlar insonlarning ichki tuyg‘ulari, qahr-g‘azablari, his-hayajonlari, beixtiyor chiqargan tovushlari asosida paydo bo‘ladi degan fikrni himoya qiladilar. Barcha tillarda so‘zlar 125 tarkibining ma’lum bir qismi, undov so‘zlar ham bo‘lib, ular asosida so‘zlar hosil bo‘ladi. Masalan: dod-dodlamoq, oh- ohlamoq, voy-voylamoq, uf-uflamoq, tuf-tuflamoq kabi. XVIII asrda yashagan fransuz olimi Jan Jak Russo ham shu nazariya tarafdorlaridan biri bo‘lgan. Undov asosida paydo bo‘lgan so‘zlar juda ozchillikni tashkil qiladi. Ular hatto taqlid so‘zlardan ham oz hisoblanadi. Bunday so‘zlar tillardagi leksik qatlamning bir foizini ham tashkil qilmaydi. Undov nazariyasi tarafdorlari aytganidek, tildagi barcha so‘zlar undovlar asosida paydo bo‘lgan bo‘lsa, his-hayajonni bildirmaydigan juda ko‘plab so‘zlar qay tarzda paydo bo‘ldi degan haqli savol tug‘ilishi, tabiiy. Shunday ekan, bu nazariya ham tilning paydo bo‘lishi uchun asos bo‘la olmaydi. Mehnat chaqiriqlari nazariyasi. Bu nazariya tarafdorlarining fikricha, tildagi barcha so‘zlar ibtidoiy jamoa davridagi kishilarning birlashib mehnat qilishlari natijasida paydo bo‘lganligini da’vo qilishadilar. Mehnat qilishdagi qiyqiriqlar, chaqiriqlar mehnat jarayonidagi harakatni bir ritm, bir qolipga solishga vosita vazifasini o‘tagan. Mehnat jarayonidagi odamlar tomonidan hosil qilingan qiyqiriqlar, chaqiriqlar hech qachon kishilarning aloqa vositasi bo‘lgani emas. Shunday chaqiriqlar asosida hosil bo‘lgan so‘zlar hozirgi zamondagi tillarda uchramaydi. Negaki bunday hayqiriqlar, chaqiriqlar lug‘aviy manoga ega emas. Imo-ishora nazariyasi. Bu nazariyani yaratgan kishilar tovush tili paydo bo‘lguncha insonlar imo-ishora orqali bir- birlari bilan aloqa qilgan deb hisoblaydilar. Nemis olimi Vundt birinchilardan bo‘lib bu nazariyani asoslashga uringan bo‘lsa, keyinchalik N.Y.Marr uni yanada takomillashtirgan. Inson mehnat qurollarini yaratgunga qadar kishilarda tovush tili bo‘lmasdan imo-ishora tili bo‘lgan. Bir yarim million yil davomida imo-ishora tili orqali aloqa qilganlar, deb isbotlashga uringanlar. 126 Xolbuki, odamsimon maymunlar mehnat qilishni bilmagan davrlarida ularning oldingi ikki oyog‘i qo‘l vazifasini emas balki oyoq vazifasini bajargan, zotan shunday ekan o‘sha davrlarda odamsimon maymunlar qaysi a’zosi bilan imo-ishora qilib bir-biri bilan aloqa qila olgan. N.Y.Marning da’vo qilishicha, odamlar yarim million yil davomida “imo-ishora tili” orqali aloqa qilganlar va keyinchalik bu tovush tiliga aylangan. Bu xato fikr edi. N.Y.Marr ham o‘z davrida odam maymundan paydo bo‘lganligiga ishonishgan. Shu sabab ham shunday yanglish fikrlarni aytgan edi. Xulosa qilib aytganimizda, inson nutqining taraqqiyotida imo-ishora tili kishilarning aloqa vositasi bo‘lgan degan fikr ilmiy jihatdan o‘z isbotini topmadi. Download 1.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling