Tilshunoslik


TILLARNING SHAKLLANISHI VA TARAQQIY


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/104
Sana13.09.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1677000
TuriУчебник
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   104
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasi

TILLARNING SHAKLLANISHI VA TARAQQIY 
QILISHI 
27-§. Tilning paydo bo‘lishi haqidagi farazlar 
Tilning paydo bo‘lishi va shakllanishi juda ko‘plab ijtimoiy 
faktorlarga asoslanib, uzoq yillardan buyon ko‘plab kishilarni 
qiziqtirib kelgan. Shu sabab ham til ilmi bilan shug‘ullanuvchi 
olimlar bir xil fikrda emas. Til ko‘plab ijtimoiy faktorlarga 
asoslanib paydo bo‘lganligi sababli ham bir-birini rad qiluvchi, 
qarama-qarshi har xil farzlar paydo bo‘lgan. Albatta, tilning 
paydo bo‘lishi uzoq davrni taqozo qiladi. 
Qadimgi davrlarda ibtidoiy kishilar yig‘indisi sotsial-
biologik hodisa sanalgan. Tilning paydo bo‘lishida jamiyatning 
paydo bo‘lishi birinchi omillardan biri hisoblanadi. Ya’ni 
biologik omillar tilning paydo bo‘lishi uchun yetarli emas edi. 
Qolaversa, odamzot paydo bo‘lgandan buyon til mavjud, shu 
sabab ham tilning paydo bo‘lishi odamning paydo bo‘lishi 
bilan bog‘liq. So‘zlashish imkoniyati faqat insonlargagina 
ta’lluqlidir. Yevropa olimlari tomonidan tarqatilgan odam 
maymundan paydo bo‘lgan, degan safsata ancha vaqt hukm 
surdi. Aynan, F.Engelsning “Maymunning odamga aylanish 
jarayonida mehnatning roli” asari shunday g‘oyani olg‘a surdi. 
Odamning bugungi kundagidek holatga yetib kelishida 
mehnatning roli cheksiz katta ahamiyatga ega. Ammo, 
maymunning odamga aylanishi masalasini ilmiy asoslangan 
emas. 
Aksincha, 
Amerika 
sotsiolingvistlari 
maxsus 
laboratoriyada maymunning odamga eng yaqin turini topib, 
ularga mingdan ortiq so‘zlarni o‘rgatishga musharraf bo‘lishdi. 
Ya’ni, maymunning miyasining og‘irligini tarozida tortib eng 
yengili aqlli bo‘lishini hisobga oldi. Maymunlarning birinchi 
qilgan xatosi o‘rgangan birorta so‘zini, ikkinchi so‘zga qo‘shib 
kombinatsiya qilolmadi. Xolbuki, mingta so‘z yordamida 
cheksiz kombinatsiyalar qilish mumkin edi. Ikkinchi qilgan 


123 
xatosi esa o‘rgangan mingta so‘zining birortasini ham ikkinchi 
maymunga o‘rgata olmadi. Insonlar esa o‘rgangan bilim va 
tajribalarini, xotira bazasi leksik boyligidagi so‘zlarni tinimsiz 
bir-biriga o‘rgatadi. Shu tajribaning o‘ziyoq, odamning 
maymundan paydo bo‘lgan degan safsataning puch ekanligini 
ilmiy asosladi. Odamsimon maymunlar bo‘lmagan, ammo 
ibtidoiy odamlar ayrim jihatlari bilan maymunga o‘xshaganligi 
uchun bunday g‘oyalar ilgari surilgan edi. So‘zsiz, million 
yillar ilgari yashagan odamlarning ov qilish, ovqatlanish kabi 
yashashi maymunlarga bir oz o‘xshagan bo‘lishi mumkin. 
Lekin insonlarga berilgan nutq a’zolari faqat uning o‘zigagina 
tegishlidir. Dastlab bu a’zolar rivojlanmagan bo‘lishi 
shubhasizdir, chunki odamning tabiatga, jamiyatga munosabati 
uzoq yillar davomida uning nutq a’zolarining asta-sekin 
takomillashuviga sabab bo‘lgan. Bunda mehnat va u orqali 
paydo bo‘lgan jamiyatning o‘rni kattadir. Shu sababdan ham
tilning paydo bo‘lishi muammosini ikki omil bilan – biologik 
va ijtimoiy omillar bilan bog‘lash o‘rganish maqsadga 
muvofiqdir. Biologik omillar inson miyasining, tafakkurining
va ular bilan chambarchas aloqada bo‘lgan nutq a’zolarining 
uzoq yillar maboynida o‘sishini talab etsa, ijtimoiy omillar 
insonning taraqqiy qilish jarayonini va jamiyat salmog‘ining 
o‘rnini belgilaydi. 
Tilning paydo bo‘lishidagi biologik omillarga tovushga 
taqlid hamda undov haqidagi omillar kiradi. Bugungi kungacha 
tilning paydo bo‘lishi haqida turli xil nazariyalar mavjud. Har 
bir nazariya boshqa-boshqa bo‘lgani bilan bir-birini to‘ldiradi, 
shuningdek bir nuqtada kesishuvchi tomonlari ham uchraydi. 
Quyida tilning paydo bo‘lishi haqidagi nazariyalarning 
asosiylari haqida ma’lumot beramiz. 

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling