Tilshunoslik


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/104
Sana13.09.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1677000
TuriУчебник
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   104
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasi

Tilning lug‘at tarkibi. Tillarning lug‘at boyligi so‘zlar va 
iboralardan iborat bo‘ladi. Uning bu boyligi hamma uchun 
umumiy bo‘lib, hamma tomonidan birday qo‘llanilishi 
mumkin. Bu boylik tilning tarixiy taraqqiyoti davomida 
to‘plangan. Bu esa o‘z navbatida, tilning tarixiy taraqqiyoti 
hisobiga ham, shu bilan birga boshqa turli xalqlar bilan 
ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy aloqalari davrida o‘zlashtirgan 
leksik birliklari hisobiga ham amalga oshgan. Ana shu tarixiy 
jarayonlar nuqtai nazaridan qaralganda, tillarning lug‘at 
boyligida ikkita yirik qatlam – o‘z va o‘zlashgan qatlam borligi 
ma’lum bo‘ladi.
So‘zlarning ma’lum bir maqsad asosida to‘plangan va 
tartibga solingan hamda alfavit tartibida joylashtirilgan 
yig‘indisi lug‘at deyiladi. Lug‘atlar kitob shaklida yoki boshqa 
shaklda (chunonchi, qo‘lyozma shaklida) bo‘lishi mumkin. 
Lug‘atlar ma’lum bir tilning so‘z boyligini aniqlashda, 
ularning ma’nolari va yozilishlarini ko‘rsatib berishda, nutq 
madaniyatini ko‘tarishda, umuman kishilarning madaniy 
hayotida katta ahamiyat kasb etadi. 
Har bir tilning o‘ziga xos xususiyatlari undagi muhim 
qatlam hisoblangan lug‘aviy birliklar – lug‘atlarda namoyon 
bo‘ladi. Zero, lug‘aviy birliklar insonlar orasida yuzaga 
keladigan turli munosabatlarni qisqa, lo‘nda va ta’sirchan qilib 
ifodalaydi. Tilning lug‘at tarkibida frazeologizmlarning 


106 
qanchalik ko‘p bo‘lishi, o‘sha tilning imkoniyatlari shunchalik 
kengligidan dalolatdir. Bir xalqning tilida asrlar davomida 
yuzaga kelgan minglarcha iboralar avloddan-avlodga o‘tib 
kelaveradi.
Lug‘atshunoslik tilshunoslikning lug‘at tuzish ishi bilan 
shug‘ullanadigan maxsus bir sohasidir. Lug‘atchilikning 
nazariy va amaliy tomonlari bor. Lug‘at tuzishning ilmiy 
asoslari va tamoyillarini ishlab chiqish, lug‘at tiplarini 
belgilash, uni yaratish usullarini asoslab berish bu sohaning 
nazariy masalalari bo‘lib hisoblanadi. Tilning so‘z boyligini 
to‘plash, lug‘at tuzish uchun kartotekalar tuzish va ularni 
tartibga solish kabilar lug‘atshunoslikning amaliy tomonidir. 
Avvalambor lug‘atlarni ikki turga bo‘lamiz: Qomusiy lug‘atlar 
2. Lingvistik lug‘atlar. 
1.Qomusiy (ensiklopedik) lug‘atlarda ilmiy, siyosiy, 
adabiy hamda ishlab chiqarishga xos tushunchalar, mashhur 
kishilar haqida batafsil ma’lumot beriladi. “O‘zbek milliy 
ensiklopediyasi”, “U kim, bu nima”, “Salomatlik” kabi 
lug‘atlar qomusiy lug‘atlarga misol bo‘la oladi. 
2.Lingvistik lug‘atlar bir tilli va ko‘p tilli bo‘lishi mumkin. 
Bir tilli lingvistik lug‘atlarga: 
Izohli lug‘at – tilda mavjud bo‘lgan so‘zlar ma’nolariga 
izoh beriladi. 
Imlo lug‘ati – orfografik lug‘at ham deyiladi. Bunday 
lug‘atlar so‘zlarning to‘g‘ri yozilishi hisobga olinib tuziladi. 
Orfoepik lug‘ati – so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilishga yordam 
beradi. 
Sinonimlar lug‘ati – sinonim so‘zlarni topishga yordam 
beradi. 
Omonimlar lug‘ati – omonim so‘zlarni topishga yordam 
beradi. 
Antonimlar lug‘ati – antonim so‘zlarni topishga yordam 
beradi. 


107 
Paronimlar lug‘ati – paronim so‘zlarni topishga yordam 
beradi. 
Frazeologik lug‘at – iboralarni o‘rganishga yordam beradi. 
Morfem lug‘at – so‘zlarni tarkibiy qismlarga ajratishga 
yordam beradi. 
Terminologik lug‘at – ma’lum fan sohasi bo‘yicha 
atamalarga izoh beriladi. Terminologik lug‘atning vazifalari 
(xususan, ko‘p tilli) lug‘at lug‘atini tashkil etuvchi so‘zlar va 
iboralarning grammatik, uslubiy yoki boshqa lingvistik 
xususiyatlarini o‘z ichiga olmaydi. Terminologik lug‘atning 
lug‘ati (o‘ziga xos ensiklopedik lug‘at sifatida) lingvistik 
lug‘at lug‘atidan tubdan farq qiladi: unga, qoida tariqasida, 
faqat ismlar yoki ismli so‘z birikmalari kiradi.
Chappa (ters) lug‘at – bu lug‘atda so‘zlar oxirgi harfi 
bo‘yicha joylashtiriladi. 
O‘zlashma so‘zlar lug‘ati – boshqa tillardan olingan so‘zlar 
keltiriladi. 
Chastotali lug‘at – ma’lum bir asarda qaysi so‘z necha 
marta ishlatilgani haqida statistik ma’lumot beradi.
Elektron lug‘at – bu kompyuterdagi yoki boshqa elektron 
qurilmadagi lug‘at. So‘nggi o‘n yillikda butun dunyo bo‘ylab 
kompyuter tilshunosligi faol rivojlanmoqda. Bu internetning 
tobora kuchayib borishi va tabiiy til interfeysiga ega bo‘lgan 
ko‘plab yangi texnik qurilmalarning paydo bo‘lishi bilan 
bog‘liq. 
Korpus 
lingvistikasini 
yaratish 
bugungi 
leksikograflarimiz 
oldidagi 
dolzarb 
masalalardan 
biri 
hisoblanadi. 
Ko‘p tilli lingvistik lug‘atlarga tarjima lug‘atlari kiradi. 
Masalan: O‘zbekcha – inglizcha so‘zlar lug‘ati, nemischa – 
ruscha so‘zlar lug‘ati kabi. 


108 

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling