Tilshunoslik


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/104
Sana13.09.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1677000
TuriУчебник
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   104
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasi

Tilning leksik tarkibi. Tilning leksik tarkibidagi barcha 
so‘zlar bir xil tarzda ishlatilavermaydi. Ba’zi so‘zlar juda ko‘p 
ishlatilsa, ba’zi so‘zlar ahyon-ahyondagina ishlatiladi. Shu 
sababdan ham so‘zlarni yana ishlatilish tarkibi jihatdan 
quyidagi turlarga bo‘lib o‘rganamiz: 
1.Umumxalq ishlatadigan so‘zlar. Bunday so‘zlarni faol 
so‘zlar ham deymiz. Kim bo‘lishidan qat’iy nazar hamma, har 
kuni ishlatadigan so‘zlar hammaga tushunarli bo‘lgan so‘zlar 


104 
umumxalq ishlatadigan so‘zlardir. Masalan: ona, ota, bir, suv, 
havo, bormoq, kelmoq kabi.
2.Shevalarga oid so‘zlar. Bunday so‘zlar ma’lum 
hududdagina 
ishlatilib, 
asosan 
shu 
yerda 
yashovchi 
kishilargagina tushunarli bo‘ladi. Masalan: adabiy tildagi 
tuxum so‘zi, shevada mayak. Adabiy tildagi sigir, Xorazmda 
inak. 
Kasb – hunarga oid so‘zlar. Bunday so‘zlar terminlar ham 
deyiladi. Sinus, minus, tenglama matematikada. Tarse, intoq, 
talmeh adabiyotshunoslikda va hakozo. Atama va terminlarni 
ayrim lug‘atlarda bir narsa deb ko‘rsatishadi. Bu noto‘g‘ri, 
atama keng manoda barcha nomlar bo‘lsa, termin esa har bir 
sohaga tegishli bo‘lgan lug‘aviy birliklardir. Terminlar xilma-
xil bo‘lib, ular mavzu jihatidan ham o‘zaro bir nechta guruhni 
tashkil qiladi: 
1. Ijtimoiy-siyosiy terminlar; 
2. Fan va texnikaga doir terminlar
3. Sanoat sohasiga oid terminlar;
4. Qishloq xo‘jaligiga doir terminlar
5. Madaniy-ma’rifiy, san’atga doir terminlar; 
6. Savdo va moliyaga doir so‘z va terminlar; 
7. Kiyim-kechakka doir terminlar; 
8. Harbiy ish, fizkultura, hamda sportga oid terminlar; 
9. Salomatlikka va dorilarga oid terminlar; 
10. Oziq-ovqatga doir terminlar va hakoza. 
1.Eskirgan so‘zlar. Bunday so‘zlar yana o‘z navbatida 
ikkiga: tarixiy va arxaizmlarga bo‘linadi. Tarixiy so‘zlarga o‘z 
nomi bilan so‘zning o‘zi ham nomi ham eskirib tarixda qolgan 
so‘zlar kiradi. Masalan: paranji, ellikboshi, kanizak va hakozo. 
Arxaizmlarda esa so‘zning o‘zi eskirgan bo‘lib, ma’nosi 
saqlangan 
bo‘ladi. 
Ya’ni, bugungi kunda sinonimi 
ishlatiladigan so‘zlardir. Masalan: yanoq, rayon, podsho va 
hakoza. 


105 
2.Neologizmlar. Tilimizda yangi paydo bo‘lgan so‘zlar. 
Til ochiq tizim bo‘lgani sababli, tinimsiz yangi so‘zlar 
o‘zlashtiriladi. Masalan: layk, (layk qilmoq), parol, login, 
onlayn, blog, post, selfi, status, mobil versiya, domen, internet-
provoyder, operator, moderator, spam, e-meyl, sayt-vebsayt, 
chat, meta va hakoza.
Bu sanab o‘tilgan shevalarga oid so‘zlar, kasb-hunarga oid 
so‘zlar, eskirgan so‘zlar, neologizmlar nofaol leksika 
qatlamiga tegishli bo‘ladi. 

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling