Tilshunoslik


-§. Tillarning o‘zaro ta’siri va rivojlanishi


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/104
Sana13.09.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1677000
TuriУчебник
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   104
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasi

29-§. Tillarning o‘zaro ta’siri va rivojlanishi 
Til doimiy harakatda, o‘zgaruvchan, boyib boruvchi va 
dinamik xarakterli rivojlanishdagi ijtimoiy hodisadir. Til 
turg‘un 
dogmatizmdan 
iborat 
hodisa 
emas. 
Jamiyat 
rivojlanishdan to‘xtasa til ham rivojlanishdan to‘xtaydi. O‘sha 
til o‘lik tilga aylanadi. Har qanday tilning rivojlanishida ichki 
va tashqi omillar sabab bo‘ladi. Til rivojlanishining ichki 
omillariga til tizimidagi birliklarning o‘ziga xos tarzda boyib 
taraqqiy qilib borishi kirsa, tashqi omil esa tillarning ochiq 
tizim ekanligida namoyon bo‘ladi. Bunga birinchi navbatda 
jamiyat, tillararo munosabat va o‘zaro ta’sir jarayoni kiradi. 
Boshqacha 
qilib 
aytganimizda 
ekstralingvistik 
jarayon 
tillarning tashqi omil asosida rivojlanishining asosiy 
faktorlaridan biri sanaladi. Shu sabab ham tilshunoslik 
intralingvistika va ekstralingvistika kabi ikki turga bo‘linadi. 
Intralingvistikani (in) ichki lingvistika (tilshunoslik) deb 
ham tushunsak bo‘ladi. Intralingvistika til tizimining sistem 
aloqasini, munosabatini tashqi lingvistikaga bog‘liq bo‘lmagan 
holda o‘rganadi. Tillarning umumiy va xususiy qonuniyatlar 
asosida taraqqiy qilishini ichki va tashqi tilshunoslikka bo‘lib 
o‘rganganimizda ko‘ramiz. Ichki qonuniyatlar til sathlari 
o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar bilan cheklanadi. Tashqi 


135 
qonuniyatlar umumiy qonuniyatlar ham deb nomlanib barcha 
tillarga xos bo‘lgan lisoniy jarayon va hodisalarni o‘rganadi. 
Til sathlari tinimsiz taraqqiyotda rivojlanib boradi, ayniqsa 
leksik sathda kuchli seziladi. Ichki lingvistikaning o‘rganish 
ob’ekti fonologiya, leksikologiya va grammatika sanaladi. 
Tovushlar birikib sistem aloqa hosil qilish jarayoni tadqiq 
qilinadi. Har qanday tovush to‘g‘ri kelgan ikiknchi tovush 
bilan birika olmaydi. Bu yerda ham ma’lum qonuniyatlar 
mavjud bo‘lib, bu qonuniyatlar ichki lingvistikada o‘rganiladi. 
Ekstralingvistikani tashqi lingvistika deb ham ataymiz. 
Tashqi lingvistika tilning taraqqiyoti va vazifasini ijtimoiy-
siyosiy, ijtimoiy-tarixiy, etnik, jo‘g‘rofiy kabi faktorlar bilan 
bog‘liq tarzda o‘rganadi. Shunga ko‘ra, ushbu lingvistika tilni 
ijtimoiy hodisa sifatida o‘rganadi. Til juda murakkab ijtimoiy 
hodisa bo‘lib, bugungi taraqqiyot bosqichiga kelguncha 
ko‘plab faktorlar ta’sirida bo‘ldi. Ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-
tarixiy, etnik, jo‘g‘rofiy kabi faktorlar tilning rivojlanishi 
uchun muhim vazifani bajaradi. 
Lingvistik taraqqiyot hodisasi asosan uch aspektda 
kuzatiladi: fonetik, leksik, grammatik.
Til taraqqiyotining ichki qonuniyatlari fonetikada sezilarli 
darajada o‘z ifodasini topgan. Nutq tovushlari orasida o‘zaro 
siljish, almashinish, orttirilish, tushib qolish kabi fonetik 
hodisalar ham ma’lum ichki qonuniyatlar asosida amalga 
oshadi. 
Biz 
bu 
haqda 
assimilyasiya, 
dissimilyasiya, 
singarmonizm, 
metateza, 
tovush 
orttirilishi, 
tovush 
moslashuvi, gaplologiya, diareza, epenteza hodisasi haqida 
yuqorida to‘xtalgan edik. 
Fonetik qonuniyatlarning xarakterli jihatlari sifatida 
qadimdan tilimizda bo‘lgan fonetik o‘zgarishlar misolida 
ko‘rishimiz mumkin. Masalan: adog‘ – ayoq. Ado bo‘lmoq 
tugamoq, ekin maydonining pastki qismi adog‘i, inson 
tanasining pasti qismi oyoq. Ya’ni vaqt o‘tishi bilan –d tovushi 


136 
–yo tovushiga siljigan. Jonli so‘zlashuv tilimizda unlilar 15 
tagacha uchraydi, ammo alifbomizda 6 ta harf bilan 
ifodalanadi. Tilimiz tarixidan ma’lumki o‘zbek tilida 
singormanizm unli tovushlar moslashuvi milliy hodisasi 
mavjud bo‘lgan. Singormanizm hodisasi bo‘yicha birinchi 
bo‘g‘inda kelgan unli shu so‘zning keyingi bo‘g‘inlarida ham 
takrorlanib kelishi lozim. Masalan: kulgu, suzuk, uzuk, unum, 

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling