Tilshunoslik


-§. Tildagi tarixiy-fonetik o‘zgarishlarni o‘rganuvchi


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/104
Sana13.09.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1677000
TuriУчебник
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   104
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasi

30-§. Tildagi tarixiy-fonetik o‘zgarishlarni o‘rganuvchi 
soha qiyosiy -tarixiy tilshunoslik ekanligi 
Qiyosiy-tarixiy tilshunoslik shakllangandan so‘ng tildagi 
tarixiy-fonetik o‘zgarishlar ilmiy isbotini topdi. Til taraqqiyoti 
derivatsion qonuniyatlar asosida amalga oshadi. Til juda 
murakkab ijtimoiy hodisa bo‘lib, undagi birliklar bir-biri bilan 
uzviy bog‘langan. Har bir til birligi o‘zidan katta birlik ichida 
faoliyat ko‘rsatadi. Fonema, morfema sathida, morfema esa 


140 
leksema sathida va hakozo. Shunday ekan o‘z navbatida, ushbu 
birliklarga aloqador qonuniyatlar ham o‘zaro bog‘liq bo‘ladi. 
Fonetik–fonologik o‘zgarishlar tilning ichki qonuniyatlari 
bilan bog‘liq hodisadir. Tildagi tarixiy-fonetik o‘zgarishlarni 
o‘rganuvchi qiyosiy-tarixiy tilshunoslik sohasi qiyosiy-tarixiy 
fonetika hamdir. Qardosh tillardagi (hind-yevropa tillari, turkiy 
tillar) tarixiy fonetik o‘zgarishlar natijasida so‘zlardagi 
etimologik va geneologik o‘xshashlik va farqli tomonlarini 
qiyosiy –fonetika o‘rganadi. Masalan: net, nes, ne, nou so‘zlari 
yoki mama, modar, maze bir til oilasiga kiruvchi rus, tojik, 
ingliz, nemis va boshqa tillarda bir-biriga juda yaqin talaffuz 
qilinadi. Qardosh va qardosh bo‘lmagan tillardagi tarixiy-
fonetik o‘zgarishlarni o‘rganish orqali tipologik, qiyosiy-
tipologik fonetika, fonologiya sohalari paydo bo‘ldi. 
Mahmud Koshg‘ariy turkiyshunoslikda ilk bor imlo 
talaffuzdagi tovushlarni ifodalashdan ojiz ekanini ochib berdi. 
Uning o‘zi birinchi bo‘lib yozuvdagi kamchilikni to‘ldirish 
maqsadida ayrim harflarni belgiladi. Mahmud Koshg‘ariy 
turkiyshunoslikda ilk bor tovushlarni maxsus kuzatdi, ularni 
ilmiy jihatdan o‘rgandi. Birinchilardan bo‘lib, qiyosiy–
tipologik fonetika va qiyosiy-tarixiy tilshunoslikka xissa 
qo‘shdi. Tovushlarning kombinatsiya natijasidagi mavqelarini-
akustik va fiziologik holatlarini belgiladi. Olim fonetikaga doir 
juda ko‘p yangiliklarni ochdi, bu sohani yangi-yangi qoidalar 
bilan boyitdi. Olim ularning undosh tovushlardan farqini 
ajratar ekan, ulardagi kenglik va torlik, cho‘ziqlik va qisqalik 
holatlaridagi 
qoniniyatlarni 
ko‘rsatib 
bergan. 
Unli 
tovushlardagi ana shu xususiyatlarni asos qilib muallif turkiy 
tillardagi umumiylik va ular orasidagi xususiylikni belgilaydi. 
Tilda fonema eng kichik birlik bo‘lishiga qaramay, eng katta 
vazifani bajaradi. Mahmud Koshg‘ariy e’tiroficha, fonetik 
jarayon g‘oyat ko‘p holatlar bilan bog‘liq. Shuning uchun uni 
izchil va to‘g‘ri talqin qilish ham unga katta imkoniyat 


141 
yaratadi. 
Olim 
undan 
shu 
maqsadlarda 
foydalangan. 
Chunonchi, u fonetik jarayonlarning ko‘p holatda so‘zlar 
etimologiyasini aniqlashga yordam berishini qayd etadi. 
“Devonu lug‘otit turk”da Mahmud Koshg‘ariy shu usul orqali 
juda ko‘p so‘zlarning etimologiyasini belgilaydi. Bu albatta, 
hozirgi umumturkologiya va o‘zbek tilshunosligi uchun so‘zlar 
etimologiyasini aniqlash, xususan, etimologik lug‘atlar tuzish 
yo‘lida g‘oyat ahamiyatlidir. Darhaqiqat, turkiy tillarda 
ko‘pgina so‘zlar bir bo‘g‘inli bo‘lgan. Turkiy tillarda 
undoshlar juftligi, undosh tovushlarning juft holda qator kelishi 
yoki kelmasligi haqida turkologiya va o‘zbek tilshunosligida 
xilma-xil fikrlar mavjud. Ayrim olimlar undosh tovushlarning 
takrorlanib kelganligini tan olmasalar, ayrimlar uni cho‘ziq 
undoshlar deb ataganlar. Ba’zilar uni boshqa tillarning ta’siri 
sifatida ko‘rsatgan. Mahmud Koshg‘ariyning ushbu fonetik 
jarayon yuzasidan tahlili bu boradagi qarashlarga ham oydinlik 
kiritishi mumkin. Olimning qayd etishicha, tovushlardagi 
ikkilik turli maqsadda yuzaga keladi. Chunonchi, mubolag‘a, 
ta’kid, kuchaytiruv maqsadlari sabab bo‘lishi mumkin. Ba’zan 
bir tovushning ikkinchi tovushga singishi ham ushbu fonetik 
jarayonni yuzaga keltiradi. Tadqiqotchi undoshlardagi juftlik 
tilda keyin yuzaga kelgan fonetik jarayon ekanligi haqidagi 
g‘oyasini olg‘a surar ekan, ularning so‘z turkumlari bo‘yicha 
ham turlicha ekanligini qayd etadi. Mahmud Koshg‘ariy bu 
jarayonni qoidalashtirib, aslida bir harf ikki qayta takrorlangan 
so‘z turkiy tillarda sira yo‘qdir. U faqat oxirgi harfi “t” bo‘lgan 
fe’llardagina paydo bo‘ladi. Ismlarda esa bu holat juda ozdir, 
deydi. Xullas, Mahmud Koshg‘arining nafaqat o‘zbek 
tilshunosligida, balki umumturkologiya fonetikasiga doir 
nazariy fikrlari haligacha mukammal o‘rganilgan emas. 
Til taraqqiyotidagi fonetik o‘zgarishlarni tahlil etuvchi 
fonetik-fonologik qonuniyatlar quyidagilar: 


142 
1. Barcha tillarga tegishli tartib va qoidalarni tilning 
boshqa qonuniyatlari bilan bog‘liqlikda aks ettirish umumiy 
fonetik qonuniyatdir. Masalan, singarmonizm (tovushlarning 
uyg‘unlashuvi) 
turkiy 
tillarga 
xos 
umumiy 
fonetik 
qonuniyatdir. Chunki singormanizmda tovushlar moslashadi. 
Shu sabab ham fonetik hodisa sanaladi. Bu hodisa boshqa til 
oilalarida uchramaydi.
2. Xususiy fonetik qonuniyatlar muayyan til uchun xos 
bo‘lgan qonuniyatlarni ifodalaydi. Masalan, turkiy tillarga 
mansub o‘zbek tilining keyingi taraqqiyotidagi ichki 
o‘zgarishlar hamda yondosh tillar ta’sirida yuzaga kelgan 
hodisalar shu tilning o‘ziga xos rivojlanish omillari bilan 
bog‘liqdir. 
Fonetik qonuniyatlar davr nuqtayi nazaridan ikkiga 
bo‘linadi. 
1. Til tarixining tarixiy tovush o‘zgarishlarini o‘rganuvchi 
bo‘limi tarixiy fonetika va fonologiya deb yuritiladi. 
2. Zamonaviy tilshunoslik ma’lum bir til doirasida hozirgi 
paytda sodir bo‘layotgan fonetik o‘zgarishlarni o‘rganadi. 
Tarixiy-fonetik va fonologik o‘zgarishlar turli murakkab 
jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Fonetik va fonologik o‘zgarishlar 
natijasida tildagi fonemalar soni kamayishi yoki ko‘payishi 
mumkin, bunda ikki hodisa ro‘y beradi. 
1.Ikki fonemaning yaxlit bir fonema sifatida birlashishi 
konvergensiya deyiladi. O‘zbek tili tarixida ma’lum bo‘lgan til 
oldi va til orqa, qisqa va cho‘ziq fonemalar keyinchalik 
birlashib, o‘rta cho‘ziqlikka ega bo‘lgan 6 ta unli fonemani 
hosil qilgan. 
2. Bir fonemaning ikki mustaqil fonemaga ajralishi 
divergensiya deyiladi. Masalan, qadimgi turkiy tilda bitta a 
fonemasi keyinchalik ikki fonemaga ajralgan: a va o.
Fonetik qonuniyatlarga tovushlarning kombinator va 
pozitsion o‘zgarishlari ham kiradi. 


143 
Umuman, fonetik qonuniyatlarni boshqa yondosh hodisalar 
ta’sirida o‘rganish tilshunoslik fani uchun ilmiy qiymatga ega. 

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling