Tilshunoslik
Download 1.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Tilshunoslik nazariyasi
istiora, mantiq, falsafa, savod, ma’no, mazmun singari, rus
tilidan mashina, stol, stul, ruchka, samovar kabi anchagina so‘zlar o‘zlashgan. Lekin bunday so‘zlar o‘zbek tilining arab tili yoki rus tili bilan qardosh til ekanligiga asos bo‘lolmaydi, chunki birinchidan, bunday tillarning qardosh ekanligini isbot qilish uchun faqat so‘zning o‘zi asos bo‘la olmaydi. Ikkinchidan, har bir tilning so‘z boyligida boshqa tildan kirgan so‘zlar ozchilikni tashkil etadi va ularning grammatik xususiyatlari butunlay boshqacha bo‘ladi. Uchinchidan, tarixiy taraqqiyot jarayonida turli munosabatlar tufayli boshqa tillardan kirib qolgan so‘zlar tillarning tarixini solishtirib, taqqoslab o‘rganilgan etnogenez jihatdan ham qardosh bo‘lib chiqmaydi, chunki til materialining kelib chiqishi jihatidan bir- biriga to‘g‘ri kelmaydi, qardosh emasligi ma’lum bo‘ladi. 148 Rus, bulg‘or, chex, polyak tillari ham bir oiladagi qardosh tillarga qarashli bo‘lganligi uchun bu tillar leksikasidagi so‘z boyligi ma’nolari, so‘larning fonetik va grammatik tuzilishlari jihatidan ham birmuncha o‘xshashlik, yaqinligi aniq sezilib turadi. Jumladan, Yevropa tillari va boshqa tillarda ham bunday xususiyatlarni qiyoslab o‘rganishda qardoshlik aloqalari aniqlandi. Bu fikrlar shuni ko‘rsatadiki, qardosh tillarda so‘z negizlari, grammatik vositalar jihatidan farq qilsa ham, ularning manbai bir bo‘lib, ular bir o‘zak tildan kelib chiqqan hisoblanadi. Ulardagi biror so‘z yoki grammatik vositalardagi noo‘xshashlik ma’lum bir fonetik qonuniyat asosida yuz bergan. Masalan, o‘zbek tilidagi g‘ tovushiga qozoq tilidagi u (w) tovushi muvofiq keladi: bog‘-bau (baw), tog‘-tau (taw); o‘zbek tilidagi t tovushiga ozarbayjon tilidagi d tovushi muvofiq keladi: temir-demir, til-dil; o‘zbek tilidagi y tovushiga qardosh tillardagi tovushlarning bir-biriga muvofiq kelishi fonetik qonunga asoslangan hamda qardosh tillardagi so‘zlarning leksik ma’nolari va grammatik qurilishlaridagi ba’zi bir farqlar ular tilining o‘ziga xos xususiyatlariga bog‘liq. Demak, qardosh tillar oilasiga kiradigan tillarda ba’zi tovushlar bir-biridan ozmi-ko‘pmi farq qilsa ham, grammatik vositalar, so‘zlarning ma’nolari asosan o‘zaro juda yaqin bo‘ladi. Shu kabi har bir tilning boyligi inson irqining oq yoki sariq ekanligiga bog‘liq bo‘lmaydi. Shu asosda, geneologik tasnif qardosh tillarning tarixiy taraqqiyoti jarayonida bir o‘zak tildan tarqalganligini va ularning o‘zaro munosabatini, so‘z ma’nolari va grammatik shakllarini, nutq tovushlarining bir- biriga yaqinligini, o‘xshashligini nazarda tutib, tillarni guruhlarga ajratadi. Professor N.Uluqov tillarning geniologik tasnifiy birliklari deb quyidagilarni ko‘rsatadi [N.Uluqov, 2016: 44]: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling