Tilshunoslik


-§. Tilning fonetik tuzilishi, morfologik qurilishi, so‘z


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/104
Sana13.09.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1677000
TuriУчебник
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   104
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasi

25-§. Tilning fonetik tuzilishi, morfologik qurilishi, so‘z 
yasalishi va lug‘at tarkibi 
Til strukturasi (qurilishi)ga ko‘ra, tilshunoslik, asosan, 
fonetika-fonologiya, leksikologiya va morfologiya, sintaksis 
deb nomlanuvchi to‘rt bo‘limdan tashkil topadi. Uning ichki 
sistemasi va taraqqiyoti bilan bog‘liq barcha muammolar ana 
shular bilan uzviy tutashadi. Fonetika tilshunoslik fanining 


95 
mustaqil bo‘limlaridan biri bo‘lib, unda nutq tovushlari 
o‘rganiladi. Nutq tovushlari tilimizning xomashyosi, uning 
moddiy boyligi hisoblanadi, zotan, inson tili tovushlar orqali 
mavjuddir. Tilning barcha birliklari oddiy fonema (bir-biridan 
farqlanuvchi tovush)lardan boshlab matngacha ana shu 
tovushlar yordamida o‘z ifodasini topadi. 
Fonetikaning asosiy predmetini tovushlarning akustik va 
artikulyasion xarakteristikasi tashkil etadi. Artikulyasiya 
deganda nutq a’zolarining tovush hosil qilish vaqtidagi hara–
kati va holatini tushunamiz. Tovush hosil qilishda hamma nutq 
organlari bir xil qatnashmaydi. Ba’zi organlar faol qatnashsa, 
ba’zilari passiv ishtirok etadi. Shu sabab ham undoshlarni ikki 
xil artikulyasiya o‘rniga ko‘ra va artikulyasiya usuliga ko‘ra 
tasnif qilamiz. Hosil bo‘lish o‘rnidan havo oqimining portlab 
yoki sirg‘alib o‘tishi artikulyasiya usuli deb ataladi.
Ammo nutq tovushlari sof lingvistik jihatdan ham 
o‘rganiladi. 
Bunda 
tovushlarning 
fuksional 
jihatlari 
fonologiyaning predmetini tashkil etadi. Fonologiya - fonetik 
ma’lumotlarga asoslanuvchi va fonetikaning eng yuqori 
pog‘onasini 
tashkil 
etuvchi, 
fonemalarning 
fuksional 
qimmatini o‘rganuvchi sohadir. 
Fonema tildagi o‘zidan yuqori bo‘lgan birliklarni, ya’ni 
morfemalar, so‘z, so‘z formalarini va morfemalarni tashkil 
etuvchi va ularni farqlashga xizmat qiluvchi tilning eng kichik 
birligidir. Demak, fonetikani inson nutqining material 
tomonini, ya’ni artikulatsiyasi va akustikasi haqidagi fan deb, 
fonologiyani esa tildagi tovushlarning ma’nosini farqlashga 
xizmat qiluvchi, ularning fuksional jihatlarini o‘rganuvchi fan 
deb atash mumkin. 
Fonetika tovushlarni akustik va artikulyasion jihatdan 
o‘rganadi. Tovushlarning funksional tomonini fonologiya 
o‘rganadi. Fonema tilda eng katta vazifa bajaruvchi eng kichik 
birlikdir. Chunki fonemadan kichik birlik mavjud emas. 


96 
Boshqa birliklar kabi u mayda birliklarga bo‘linmaydi. Eng 
katta vazifa bajarishiga sabab barcha birliklar tarkibida fonema 
mavjud bo‘ladi. 
O‘pkadan kelayotgan havo oqimi turli xil to‘siqqa uchrab, 
tovush hosil qiladi va buni biz eshitamiz. Har bir tovushning 
tembri bo‘lib, akustika ana shu narsa bilan bog‘liqdir. 
Tovushni talaffuz qilganimizda tembrining balandligi, kuchi, 
qisqa yoki cho‘ziqligi bir-biridan farq qiladi. Bu narsa 
tebranishning miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Tebranish qancha 
ko‘p bo‘lsa, tovush tembri shuncha baland bo‘ladi. Tebranish 
shiddati nutq tovushining kuchiga bog‘liq bo‘ladi. Tebranish 
darajasi qanchalik katta bo‘lsa, shiddatli bo‘lsa, tovush ham 
shunchalik kuchli bo‘ladi. Tovushning kuchi havoning nutq 
a’zolarimizga qanday zarb bilan urilishiga qarab har xil 
bo‘ladi. Shu asosda undosh tovushlarni tasnif qilamiz. 
Nutq tovushlari nutq apparati ishtirokida hosil qilinadi. 
Nutq apparatiga, o‘z navbatida, quyidagilar kiradi:
a) bronxlar, traxeya, diafragma, ko‘krak qafasi organlari 
o‘pkadan kelayotgan havo oqimini bo‘g‘iz, og‘iz, burun 
bo‘shliqlariga yetkazib berish vazifasini o‘taydi;
b) bo‘g‘izdagi halqasimon, piramidasimon, qalqonsimon 
tog‘aylar va un paychalari organlari, bu apparatlar bo‘g‘iz 
bo‘shlig‘ida joylashgan. Ovoz bo‘g‘iz bo‘shlig‘ida hosil 
bo‘ladi;
v) til, kichik til, tanglay, lablar va tishlar og‘izda 
joylashgani sababli, og‘iz bo‘shlig‘i apparatlari deyiladi. 
O‘pkadan kelayotgan havo oqimi turli xil to‘siqlarga uchrashi 
natijasida portlashi yoki sirg‘alishi sodir bo‘lib portlaydi yoki 
sirg‘aladi va shovqin hosil qilinadi. Shovqin og‘iz bo‘shlig‘ida 
paydo bo‘ladi;
g) burun bo‘shlig‘i apparati m, n, ng tovushlarini hosil 
qilishda o‘pkadan kelayotgan havo oqimining ma’lum bir 


97 
qismi burun bo‘shlig‘i devorchalariga urilib, qo‘shimcha jilo, 
ton hosil qiladi.
Nutq a’zolarining tovush hosil qilishda o‘rinlari turlicha 
bo‘lib, til, kichik til, lablar, yumshoq tanglay va un paychalari 
aktiv a’zolar hisoblanadi. Tishlar, qattiq tanglay va burun 
bo‘shlig‘i passiv a’zolar sanaladi.
Undosh tovushlar tasnifi. Undosh tovushlarni uch 
tomondan tasnif qilish orqali o‘rganamiz. 1. Artikulyasiya 
(hosil bo‘lish) o‘rniga ko‘ra. 2. Artikulyasiya (hosil bo‘lish) 
usuliga ko‘ra. 3. Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra.
1. Artikulyasiya o‘rniga ko‘ra har bir tovushning qaysi
nutq organida paydo bo‘lishi o‘rganiladi. Bunda ham o‘z 
navbatida undoshlarni uch guruhga bo‘lib o‘rganamiz. a) lab 
undoshlari; b) til undoshlari; v) bo‘g‘iz undoshi.
Bevosita lablar ishtirokida hosil bo‘luvchi tovushlar lab 
undoshlaridir. Bularga: b, p, m, v, f tovushlari kiradi. Bular 
ham o‘z navbatida yana ikkiga bo‘linadi: a) b, p, m undoshlari 
lab-lab; b) v, f undoshlari pastki lab va yuqori tishlar orasida 
hosil bo‘ladi. Shu tufayli ham v, f tovushlari esa lib-tish 
undoshlari hisoblanadi.
Bevosita til ishtirokida hosil bo‘luvchi tovushlar til 
undoshlaridir. Til undoshlari ham o‘z navbatida quyidagi uch 
guruhga bo‘linadi: a) til oldi undoshlari: d, j, dj, z, y, k, l, n, ng, 
r, s, t, x, s, ch, sh, q, g‘; b) til o‘rta undoshi: y. Bu tovush 
tilning o‘rta qismida hosil bo‘luvchi birgina undoshdir; v) til 
orqa undoshlari til va tanglayning orqa qismida hosil bo‘luvchi 
undoshlardir. Ularga: k, g, ng, q, g‘, x tovushlari kiradi. Bular 
ham o‘z navbatida yana ikkiga bo‘linadi: k, g, ng sayoz til 
orqa, q, g‘, x chuqur til orqa undoshlaridir. 
Bo‘g‘izdagi un paychalari hosil qilgan oraliqdan o‘tishi 
orqali paydo bo‘luvchi birgina h undosh tovushi bo‘g‘iz 
undoshi deyiladi. 


98 
2.Artikulyasiya (hosil bo‘lish) usuliga ko‘ra tasnifda nutq 
organlari hosil qilgan to‘siqdan havo oqimining portlab yoki 
sirg‘alib o‘tishi nazarga olinadi. Bu tasnifga ko‘ra undosh 
tovushlar uch guruhga bo‘linadi: a) portlovchi undoshlar: b, g, 
d, dj, k, p, t, s, ch, q. Bu undoshlarni talaffuz qilganimizda nutq 
organlari hosil qilgan to‘siqdan chiqishda portlaydi. Shu sabab 
ham portlovchi undosh tovushlar deyiladi; b) sirg‘aluvchi 
undoshlar: v, j, z, y, s, f, x, sh, g‘, h. Bu tovushlarni talaffuz 
qilganimizda nutq organlari hosil qilgan to‘siqlardan sirg‘alib 
o‘tishi natijasida hosil bo‘ladi; v) portlovchi-sirg‘aluvchi 
undoshlar: m, n, ng, l, r. Bu tovushlarni hosil qilishda bir 
paytning o‘zida ham portlash ham sirg‘alish sodir etiladi. Shu 
sabab ham bu tovushlarni portlovchi-sirg‘aluvchi undoshlar 
deb nomlaymiz. Bulardan l undoshi tilning ikki yonida ochilib 
qolgan oraliqdan sirg‘alib o‘tganligi uchun yon tovushi ham 
deyiladi. R undoshini hosil qilishda ham portlash ham 
sirg‘alishdan tashqari til titraganligi sababli titroq undoshi ham 
deyiladi. M, n, ng undoshlari talaffuzida ham portlash, ham 
sirg‘alishdan tashqari havo oqimining bir qismi burundan 
chiqqanligi tufayli burun tovushlari deyiladi.
3.Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra undosh tovushlar 
yana ikki turga bo‘linadi: a) sonorlar: m, n, ng, l, r. Bu 
tovushlar tarkibida ovozning miqdori shovqinga nisbatan ko‘p 
bo‘ladi. Bu tovushlarni ovozdor undoshlar ham deyish 
mumkin; b) shovqinlilar: b, v, g, d, j, dj, z, y, k, p, s, t, f, x, s, 
sh, q, g‘, h. Bu tovushlar tarkibida shovqin ko‘proq bo‘ladi, 
ba’zilari tarkibida esa ovoz mutloqa qatnashmaydi. Shu sabab 
ham shovqinlilar deyiladi. Shovqinlilar ham o‘z navbatida 
yana ikkiga bo‘linadi: a) jarangli undoshlar: b, v, g, d, j, dj, z, 
y, g‘. Bu undoshlar tarkibida oz bo‘lsada ovoz qatnashadi. 
Ovoz va shovqindan hosil bo‘ladi; b) jarangsiz undoshlar: k, p, 
s, t, f, x, s, sh, q, h. Bu undoshlar tarkibida ovoz mutloqa 
qatnashmaydi. To‘liq shovqindan hosil bo‘ladi.


99 

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling