Tilshunoslik
TILLARNING SHAKLLANISHI VA TARAQQIY
Download 1.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Tilshunoslik nazariyasi
TILLARNING SHAKLLANISHI VA TARAQQIY
QILISHI 27-§. Tilning paydo bo‘lishi haqidagi farazlar Tilning paydo bo‘lishi va shakllanishi juda ko‘plab ijtimoiy faktorlarga asoslanib, uzoq yillardan buyon ko‘plab kishilarni qiziqtirib kelgan. Shu sabab ham til ilmi bilan shug‘ullanuvchi olimlar bir xil fikrda emas. Til ko‘plab ijtimoiy faktorlarga asoslanib paydo bo‘lganligi sababli ham bir-birini rad qiluvchi, qarama-qarshi har xil farzlar paydo bo‘lgan. Albatta, tilning paydo bo‘lishi uzoq davrni taqozo qiladi. Qadimgi davrlarda ibtidoiy kishilar yig‘indisi sotsial- biologik hodisa sanalgan. Tilning paydo bo‘lishida jamiyatning paydo bo‘lishi birinchi omillardan biri hisoblanadi. Ya’ni biologik omillar tilning paydo bo‘lishi uchun yetarli emas edi. Qolaversa, odamzot paydo bo‘lgandan buyon til mavjud, shu sabab ham tilning paydo bo‘lishi odamning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. So‘zlashish imkoniyati faqat insonlargagina ta’lluqlidir. Yevropa olimlari tomonidan tarqatilgan odam maymundan paydo bo‘lgan, degan safsata ancha vaqt hukm surdi. Aynan, F.Engelsning “Maymunning odamga aylanish jarayonida mehnatning roli” asari shunday g‘oyani olg‘a surdi. Odamning bugungi kundagidek holatga yetib kelishida mehnatning roli cheksiz katta ahamiyatga ega. Ammo, maymunning odamga aylanishi masalasini ilmiy asoslangan emas. Aksincha, Amerika sotsiolingvistlari maxsus laboratoriyada maymunning odamga eng yaqin turini topib, ularga mingdan ortiq so‘zlarni o‘rgatishga musharraf bo‘lishdi. Ya’ni, maymunning miyasining og‘irligini tarozida tortib eng yengili aqlli bo‘lishini hisobga oldi. Maymunlarning birinchi qilgan xatosi o‘rgangan birorta so‘zini, ikkinchi so‘zga qo‘shib kombinatsiya qilolmadi. Xolbuki, mingta so‘z yordamida cheksiz kombinatsiyalar qilish mumkin edi. Ikkinchi qilgan 123 xatosi esa o‘rgangan mingta so‘zining birortasini ham ikkinchi maymunga o‘rgata olmadi. Insonlar esa o‘rgangan bilim va tajribalarini, xotira bazasi leksik boyligidagi so‘zlarni tinimsiz bir-biriga o‘rgatadi. Shu tajribaning o‘ziyoq, odamning maymundan paydo bo‘lgan degan safsataning puch ekanligini ilmiy asosladi. Odamsimon maymunlar bo‘lmagan, ammo ibtidoiy odamlar ayrim jihatlari bilan maymunga o‘xshaganligi uchun bunday g‘oyalar ilgari surilgan edi. So‘zsiz, million yillar ilgari yashagan odamlarning ov qilish, ovqatlanish kabi yashashi maymunlarga bir oz o‘xshagan bo‘lishi mumkin. Lekin insonlarga berilgan nutq a’zolari faqat uning o‘zigagina tegishlidir. Dastlab bu a’zolar rivojlanmagan bo‘lishi shubhasizdir, chunki odamning tabiatga, jamiyatga munosabati uzoq yillar davomida uning nutq a’zolarining asta-sekin takomillashuviga sabab bo‘lgan. Bunda mehnat va u orqali paydo bo‘lgan jamiyatning o‘rni kattadir. Shu sababdan ham, tilning paydo bo‘lishi muammosini ikki omil bilan – biologik va ijtimoiy omillar bilan bog‘lash o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Biologik omillar inson miyasining, tafakkurining va ular bilan chambarchas aloqada bo‘lgan nutq a’zolarining uzoq yillar maboynida o‘sishini talab etsa, ijtimoiy omillar insonning taraqqiy qilish jarayonini va jamiyat salmog‘ining o‘rnini belgilaydi. Tilning paydo bo‘lishidagi biologik omillarga tovushga taqlid hamda undov haqidagi omillar kiradi. Bugungi kungacha tilning paydo bo‘lishi haqida turli xil nazariyalar mavjud. Har bir nazariya boshqa-boshqa bo‘lgani bilan bir-birini to‘ldiradi, shuningdek bir nuqtada kesishuvchi tomonlari ham uchraydi. Quyida tilning paydo bo‘lishi haqidagi nazariyalarning asosiylari haqida ma’lumot beramiz. Download 1.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling