Tilshunoslik


Ijtimoiy kelishuv nazariyasi


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/104
Sana13.09.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1677000
TuriУчебник
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   104
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasi

Ijtimoiy kelishuv nazariyasi. Bu nazariya XIX asrning 
ikkinchi yarmida paydo bo‘lib, uning tarafdorlari har bir 
narsaga nom qo‘yayotganda odamlar o‘zaro kelishib olishgan 
degan fikrni olg‘a suradi. Bu fikrning o‘zi ham ilmiy 
asoslangan g‘oyaga ega emasligini ko‘rsatib turadi. Negaki, 
o‘zaro kelishib olish uchun ham insonlarda yuqori darajada 
rivojlangan til va tafakkur bo‘lishi taqozo etiladi. Bundan kelib 
chiqayapdiki, bu nazariya tilning paydo bo‘lishini emas, balki 
til rivojlanishining xarakterli tomonlarining bir qisminigina 
ko‘rsatib bera oladi, xolos. Boshqa nazariyalarga qaraganda bu 
nazariya haqiqatga ancha yaqinroq. Hozirgi kunda ham u yoki 
bu yangi paydo bo‘lgan narsani nomlashda o‘zaro kelishilib 
olinadi. Lekin bunday hodisalar tillarning lug‘at tarkibi boyishi 
uchun katta ahamiyatga ega. Ammo, tilning paydo bo‘lishiga 
hech qanday aloqasi yo‘q. 
Shuningdek, BMTning axborotlashtirish xalqaro akademi–
yasi akademigi Lev Melnikov va boshqa ko‘plab tilshunoslar–
ning fikricha, til olloh taolo tomonidan insonga berilgan 
ne’mat. Alloh faqat insongagina oliy fikrlash va so‘zlash 
qobilyatini ato etgan. Tilning yaratuvchisi alloh taoladir.


127 
Xulosa shuki, tilning paydo bo‘lishini yuqorida sanab 
o‘tilgan nazariyalarning birortasi ham materialistik asosda hal 
qilmasa ham, ularning ahamiyatini to‘liq inkor eta olmaymiz. 
Tilning paydo bo‘lishi nihoyatda murakkab jarayon bo‘lib 
ko‘plab omillar ishtirok etgan. Boshqacha qilib aytganimizda, 
yuqorida sanab o‘tilgan nazariyalar tilning paydo bo‘lishi va 
taraqqiy etishini tushuntirishga ma’lum darajada o‘z hissasini 
qo‘shgan. Biz yuqorida sanab o‘tgan farazlarning barchasi 
ma’lum foizlarda to‘g‘ri. Tilning paydo bo‘lishini bitta faraz 
yoki bitta nazariya bilan bog‘lab o‘rganishning o‘zi noto‘g‘ri. 
Bitta farazda jamiyatning roli hisobga olinmagan bo‘lsa, 
mehnat chaqiriqlari va ijtimoiy kelishuv farazlarida biologik 
omillar chetda qolgan. Bu sanab o‘tilgan farazlarning 
barchasida, ma’lum ma’nolarda haqiqat mavjud.

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling