Tilshunoslik


-§. Tillarning geneologik va tipologik tasnifi


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/104
Sana13.09.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1677000
TuriУчебник
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   104
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasi

33-§. Tillarning geneologik va tipologik tasnifi 
Genetik tipologiya dunyo tillarini qarindosh va qarindosh 
bo‘lmagan tillarga ajratib, bir tildan kelib chiqqan tillarni 
qarindosh tillar deb ataydi. Hozirgi paytda geneologik tasnif 
bo‘yicha tillar qiyosiy jihatdan o‘rganilib, bir-biri bilan 
qardoshligi aniqlangan tillar oilasi 20 dan ortiq bo‘lib, ularning 
asosiylari quyidagicha tasnif qilinadi:
1.Hind-yevropa tillari oilasi. 
2.Xom-som tillari oilasi.
3.Kavkaz tillari oilasi. 
4.Ugor-fin tillari oilasi.
5.Turkiy tillari oilasi. 


151 
6.Xitoy-tibet tillari oilasi.
7.Dravid tillari oilasi.
8.Malay-polineziya tillari oilasi.
9.Avstraliya tillari oilasi.
10.Papua tillari oilasi.
11.Sudan tillari oilasi.
12.Bantu tillari oilasi.
13.Paleoafrika tillari oilasi.
14.Paleoosiyo tillari oilasi.
15.Eskimos tillari oilasi.
16.Amerika hindularining tillari kabilar.
34-§. Til oilalari. Til guruhlari 
I. Hind-yevropa tillar oilasi. Dunyo tillar oilalari ichida 
eng keng tarqalgani va ko‘p o‘rganilgani hind-yevropa tillar 
oilasidir. Bu oilaga slavyan, boltiq, german, roman, hind, eron, 
kel’t, grek (yunon), alban, arman tillari kabi til guruhlari 
kiritilgan. Qayd etilgan har bir til oilalari yana o‘z navbatida 
quyidagicha tasnif etilgan: 
Hindiston tillari guruhi avval ikkiga ajratilgan: 
a)hind tili. b) urdu tili.
Bundan tashqari Hind tillari guruhiga yana quyidagi tillar 
kiritilgan:
1.Bengal tili. 2.Maratxi tili. 3.Panjob tili. 4.Rajaston tili.
5.Gujarati tili. Bu tillarda so‘zlovchilarning aksariyati
Hindistonda yashaydi. Qadimgi hind tillari guruhiga lo‘li, 
sindxi tillari, shuningdek, iste’moldan chiqib qolgan (o‘lik) 
tillardan sanskrit, pali, prokrit tillari kiritilgan. Sanskrit tili 
qadimgi hind mumtoz adabiy tili bo‘lib, bu tilda 
“Mahabxarata” (”Bxaratlarning buyuk jangi haqida doston”) 
hamda “Xito padesha” (”Yaxshi nasihat”) kabi bir qancha 
ajoyib epik asarlar yaratilgan. Miloddan avvalgi IV asrda hind 


152 
olimi Paninining mashhur “Sanskrit grammatikasi” asari 
materiali ana shu yodgorliklar tiliga mos keladi. 
Eron tillari guruhiga quyidagi tillar kiritilgan: 
a) hozirgi fors tili.
b) pushtu-dari tillari.
v) kurd tili.
g) tojik tili.
d) osetin tili.
e) baluchi tili.
Slavyan tillari guruhiga quyidagi tillar kiritilgan:
a) rus tili.
b) ukrain tili.
v) belorus tili.
g) bulg‘or tili.
d) serb-xorvat tillari.
e) chex tili.
j) slovak tili.
z) polyak tili.
Bundan tishqari, kashub, serboluj tillari, iste’moldan 
chiqqan (o‘lik) tillardan qadimgi slavyan, polab, pomor tillari 
ham slavyan tillari guruhiga kiradi.
Boltiq tillari guruhiga quyidagi tillar kiritilgan: 
a) litva tili.
b) latish tili.
Iste’moldan chiqqan (o‘lik) tillardan prus tili ham boltiq 
tillari guruhiga kiradi.
German tillari guruhiga quyidagi tillar kiritilgan: 
a) ingliz tili.
b) nemis tili.
v) daniya tili.
g) shved tili.
d) norveg tili.
e) golland tili.


153 
j) island tili.
Iste’moldan chiqqan (o‘lik) qadimgi tillardan vesgod va 
ostgot tillari ham german tillari guruhiga kiradi.
Roman tillari guruhiga quyidagi tillar kiritilgan: 
a) fransuz tili.
b) italyan tili.
v) ispan tili.
g) portugal tili.
d) rumin tili. 
e) moldava tili.
j) provansal tili.
z) sardin tili.
i) katalan tili.
k) reto-roman tili.
Iste’moldan chiqqan (o‘lik) tillardan latin, osk, umbr tillari 
ham roman tillari guruhiga kiradi.
Kelt tillari guruhiga quyidagilar kiritilgan:
a) irland tili.
b) shotland tili.
v) breton tili. 
d) uel’s (valli) tili.
Iste’moldan chiqqan (o‘lik) tillardan gal va kornoul tillari 
ham kel’t tillari guruhiga kiradi.
Grek (yunon) tili guruhiga yangi grek (yangi yunon) tili 
kiritilgan. Iste’moldan chiqqan (o‘lik) tillardan qadimgi yunon, 
o‘rta yunon yoki Vizantiya tillari ham grek tili guruhiga kiradi. 
Alban tili guruhiga alban tili kiradi. 
Arman tili guruhi.
Hind-yevropa tillari oilasiga yuqorida qayd etilganlar 
qatorida yana xett, toxar tillari singari iste’moldan chiqqan 
(o‘lik) qadimgi tillar ham kiradi.


154 

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling