Tilshunoslik


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/104
Sana13.09.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1677000
TuriУчебник
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   104
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasi

№ 
Tasnifiy birliklar 

Tillar makrooilasi 

Til oilasi 

Til tarmoqlari (shaxobchalari) 

Til guruhi 

Til guruhchasi 

Til 

Lahja 

Sheva 
32-§. O‘lik tillar 
Til ijtimoiy hodisa bo‘lgani uchun, jamiyat bilan birga 
yashaydi, taraqqiy qiladi, rivojlanadi, boyiydi. Jamiyat 
yo‘qolsa shu til ham yo‘q bo‘ladi. Nemis olimi Avgust 
Shleyxer “Naturalizm” oqimini yaratib tillarga ham biologik 
organizm sifatida qarash kerakligini aytib, tillar odamlar kabi 
tug‘iladi, boyiydi, qariydi, o‘ladi va nihoyat chiriydi degan edi. 
Ammo, bu fikr to‘g‘ri emas edi. Tillarning tug‘ilishi biologik 
hodisa emas, ya’ni tillar odamlar kabi tug‘ilmaydi, shevalardan 
paydo bo‘ladi. Tillarning o‘lishi ham tirik organizm o‘limiday 
bo‘lmaydi. Jamiyat yo‘qolsagina, shu jamiyat tili ham yo‘q 
bo‘lib ketadi. O‘lik til unsurlari ham, boshqa tillar tarkibida 
yashab qoladi. Demak, bugungi kunda iste’molda bo‘lgan tillar 
tirik tillar bo‘lsa, iste’moldan chiqib ketgan hech qaysi millat 
gaplashmayotgan tillar esa o‘lik tillardir. Dunyoda sof tillar 
3000 tadan ziyod, lahjalar bilan 7200 tadan ko‘proq bo‘lishiga 
qaramay, shu tillarning juda ko‘plari himoyaga muhtoj 
sanaladi. Har ikki haftada bitta til o‘lik tilga aylanishi bugungi 
kunda kuzatilayapdi. Ba’zi tillar hali yetarli darajada tadqiq 
qilinmagani uchun mustaqil tilmi yoki lahjami ekanligini aniq 
aytolmaymiz. Shu sabab ham tillar soni aniq emas. Bu tillar 
ichida bir necha yuz ming aholi gaplashadigani ham, 400-500 


150 
ta kishi gaplashadigan tillar ham mavjud. Hattoki, ba’zi 
lahjalarda bor yo‘g‘i 8-10 tagina odam gaplashadi, xolos. Shu 
sabab ham kam sonli odamlar gaplashadigan tillarning o‘lik 
tillarga aylanish havfi juda kuchlidir. O‘lik tillar qatoriga 
hindistoni tillari guruhidan sanskrit, pali, prakrit tillari, eron 
tillari guruhidan qadimgi fors, pahlavi, so‘g‘d, xorazmiy tillari, 
slavyan tillari guruhidan qadimgi slavyan, polab, pomir tillari, 
boltiq tillari guruhidan prus tili, german tillari guruhidan 
vesgot va ostgot tillari, roman tillari guruhidan lotin, osk, umbr 
tillari, kelt tillari guruhidan gal va kornuol tillari, grek tili 
guruhidan qadimgi yunon, o‘rta yunon, vizantiya tillari, arman 
tili guruhidan qadimgi arman tili, hind-evropa tillari oilasiga 
yuqorida sanalganlardan tashqari xett, toxar tillari kiradi. 
Shuningdek, som tillari guruhidan ossuriya-vavilon, xonaney, 
qadimgi yahudiy va oromey tillari, hom tillari guruhidan 
liviya, numid, qadimgi misr tillari, turkiy tillari guruhidan 
o‘rxun, pecheneg, qipchoq, qadimgi uyg‘ur, bulg‘or va hazar 
kabi tillar o‘lik tillar hisoblanadi. Bu sanab o‘tilgan tillar 
is’temoldan chiqqan bo‘lib bugungi kunda hech kim 
gaplashmaydi.

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling