Tilshunoslik


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/104
Sana13.09.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1677000
TuriУчебник
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   104
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasi

 
 


157 
35-§.Turkiy tillar oilasi 
Turkiy tillar oilasi o‘ttizga yaqin tilni o‘z ichiga oluvchi 
katta oilalardan biri hisoblanadi. Turkiy tillar oilasiga quyidagi 
tillar kiradi. 
a) ozarbayjon tili. Bu tilda so‘zlashuvchilar Eronda, 
Ozarboyjonda yashaydi. Bugungi kunda bu til Ozarboyjonning 
davlat tilidir; b) turk (usmonli turk) tili. Bu til Turkiyaning 
davlat tilidir; v) turkman tili. Bu til Turkmanistonning davlat 
tilidir; g) o‘zbek tili. Bu til O‘zbekiston Respublikasining 
davlat 
tilidir; 
d) 
qozoq 
tili. 
Bu 
til 
Qozog‘iston 
Respublikasining davlat tilidir; e) qirg‘iz tili. Bu til 
Qirg‘iziston Respublikasining davlat tilidir; j) tatar (Qozon 
tatarlari) tili. Bu til Tataristonning asosiy xalqi tilidir; z) uyg‘ur 
tili. Bu tilda so‘zlashuvchilar Xitoy Xalq Respublikasining 
Sinszyan-uyg‘ur avtonom rayonida yashaydi i) chuvash tili. Bu 
til Chuvash Respublikasida yashovchi xalqning tilidir; k) 
boshqird tili. Bu til Boshqirdiston Respublikasi yashovchi 
xalqning tilidir; l) yoqut tili. Bu til Yakutiyada yashovchi 
xalqning tilidir; m) qoraqalpoq tili. Bu til Qoraqalpoq 
Respublikasida yashovchi xalqning tilidir; n) tuva tili. Tuvada 
yashovchi asosiy xalqning tili; Bundan tashqari, qumiq, 
qorachay, balqar, no‘g‘oy, oltoy, xakas, shor kamasin, qrim-
tatar, gagauz, qaraim, tofalar, barabin, cho‘lim-tatar, bolqon 
turklari tillari shuningdek, o‘rxun, pecheneg, qipchoq, qadimgi 
uyg‘ur, bulg‘or va hazar kabi o‘lik tillar ham turkiy tillar 
oilasiga kiradi. 
36-§. Qo‘shimchali va qo‘shimchasiz tillar. Qo‘shimcha 
turlari 
Qo‘shimchali tillarga o‘zakka qo‘shimchalar erkin holatda 
qo‘shila oladigan tillar kiradi. Bunday tillarni agglyutinativ 
tillar ham deb ham nomlaymiz. Agglyutinativ tillar (lot. 


158 
agglutino – qoʻshilish) – soʻz oʻzagi yoki negiziga 
qoʻshimchalar qoʻshilishi (ulashi) natijasida yangi soʻzlar hosil 
boʻluvchi tillar. Agglyutinativ tillarda soʻzning oʻzak yoki 
asosini oʻzgartmagan holda qoʻshimchalar qoʻshish bilan 
maʼlum soʻz va shakl yasaladi, har bir qoʻshimcha muayyan 
maʼno va vazifa bilan qatnashadi. Masalan, temir-chi-lik-ka, 
bog‘-bon-chilik-imiz-ga. Turkiy tillar (xususan, oʻzbek tili), 
bantu, moʻgʻul, fin-ugor tillari agglyutinativ tillar hisoblanadi. 
Agglyutinativ tillarda soʻzlar oʻzak va unga birikib keladigan 
affikslardan iborat boʻladi hamda soʻzning morfologik tuzilishi 
(oʻzak va affiks) aniq ajralib turadi. Bunda har bir affiks bir 
maʼno, vazifa bilan qatnashadi. Masalan, turkiy tillarda, 
jumladan, oʻzbek tilida yasama soʻzlar va soʻz shakllari asosga 
muayyan izchillik bilan affikslar qoʻshish orqali hosil qilinadi 
va bunda affikslarning har biri oʻz maʼnosi bilan qatnashadi. 
Affiksal morfemalarning asosga qo‘shilish tartibi quyidagicha 
bo‘ladi: 
asos+so‘z 
yasovchi+lug‘aviy 
shakl 
hosil 
qiluvchi+sintaktik munosabat hosil qiluvchi: ish-chi-lar-i-miz-
ga, kitob-xon-lar-imiz-dan kabi. 
Qo‘shimchasiz tillarga o‘zakka qo‘shimchalar erkin 
holatda qo‘shila olmaydigan tillar kiradi. Bunday tillarni 
flektiv tillar ham deb nomlaymiz. Bunday tillarga hind-evropa, 
som-xom tillari oilalari kiradi. Flektiv tillar affikslarning oʻzak 
bilan birikib, unga singib ketishi bilan tavsiflanadi. Bunday 
tillarda grammatik maʼnolar fleksiya yoʻli bilan ifodalanadi: 
masalan, arab tilida kitob (birlik) – kutub (koʻplik) yoki rus 
tilida drug (birlik) – druzya (koʻplik). Flektiv tillar sintetik va 
analitik tillarga ham ajratiladi. Sintetik tillarda grammatik 
maʼnolar (gapda soʻzlarning oʻzaro munosabati) shakl 
yasovchi affikslar vositasida ifodalanadi (mas., rus, nemis 
tillari). Analitik tillarda esa grammatik maʼnolar soʻz shakllari 
(shakl yasovchi qoʻshimchalar) vositasida emas, balki 
yordamchi soʻzlar, soʻz tartibi, ohang yordamida ifodalanadi 


159 
(mas., ingliz, fransuz, ispan tillari). Ingliz, nemis, rus, va 
fransuz, arab tillarida flektiv tillarning morfologik asoslarini 
yaqqol ko‘rish mumkin: ingliz tilida find-found, foot-feet, 
nemis tilida fahren-fuhr, rus tilida viju (videt) –videsh (vidit), 
arab tilida kataba-yozdi, katib-kotib kabi. 

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling