Tilshunoslik
Download 1.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Tilshunoslik nazariyasi
Qo‘shimcha turlari. Mustaqil holda leksik ma’no
anglatmay, o‘zak va negizga qo‘shilib turli xil ma’no jilolarini qo‘shadigan morfologik birliklar qo‘shimchadir. Qo‘shimcha morfemalar uchga bo‘linadi: a) so‘z yasovchi b) shakl yasovchi v) so‘z o‘zgartiruvchi. Bu haqda yuqorida to‘xtalgan edik. Professor Azim Hojiyev “O‘zbek tili so‘z yasalishi tizimi” kitobida so‘z yasalishini morfologiyaning tarkibiy qismi sifatida emas, tilshunoslikning alohida bo‘limi sifatida o‘rganish kerakligini ta’kidlab quyidagicha yozadi: „So‘z yasalishi”, tilshunoslikning alohida sohasi (bo‘limi) sifatida, so‘z yasash va u bilan bog‘liq birliklar, hodisalar haqidagi, umuman aytganda, so‘z yasalishi tizimi haqidagi ta’limotdir [A.Hojiyev, 2007: 6]. Qo‘shimchalar o‘zakka joylashishiga qarab oltiga bo‘linadi: prefiksal, postfiksal, infiksal, interfiksal, suffiksal, transfiksal. 1.Prefiks – prefiksal morfemalar ko‘proq fors – tojik tillaridan kirib kelgan so‘zning olidga qo‘shiladigan ba-, ser-, no-, be- kabilardir. 2.Postfiks – postfiksal morfemalar so‘z o‘zagidan so‘ng qo‘shiladi: bog‘bon, oshpaz, gulchi kabi. 3.Infiks – infiksal morfemalar so‘z o‘zagining ichiga joylashadi: kitob-kutub kabi. 4.Interfiks – ikkita so‘zni yoki so‘z va qo‘shimchani bog‘lash uchun ishlatiladigan so‘zning bir qismi. So‘z o‘rtasiga qo‘shiladigan qo‘shimcha. Masalan: Oynai jahon, tasviriy oina kabi. 160 Kompozitsion usulda yasalgan ikkita o‘zakni bog‘laydigan vosita. Bu odatda birlashtiruvchi unlilar yoki undoshlardan iborat bo‘lishi mumkin: vod o voz (ruscha), Übung s - platz (nemischa: o‘quv sayti). So‘zlarni yoki so‘zning tarkibiy qismlarini bog‘laydigan qo‘shimcha: masalan, ruscha e, o qo‘shma so‘zlarda paroxod kabi. 5.Suffiks – suffiks (lotincha “biriktirilgan” so‘zidan) qo‘shimchaning bir turi. So‘zning odatda o‘zakdan keyin joylashgan qismi. Aslida, postfiksning bir turi. Rus tilida so‘zning bir qismidan ikkinchisiga o‘zgarishi bilan so‘z yasalishi, qoida tariqasida, qo‘shimchaning yordamida amalga oshiriladi. 6.Transfiks – undoshlardan tashkil topgan so‘zning o‘zagiga unli tovushlarni qo‘shish orqali hosil qilinadigan affiksning bir turi. Infiksdan farqli o‘laroq, transfiks uchta to‘rtta qator kelgan undosh fonemalardan iborat o‘zak fonemalari orasiga unlining qo‘shilishidir. Ketma-ket transfiksatsiya semit tillarining morfologik xususiyatidir. Bunday tillarda so‘zning ildizi ko‘pincha uchta undoshning mavhum ketma-ketligi hisoblanadi, garchi bitta, ikki yoki to‘rtta undoshlardan tarkib topgan so‘zlarga transfiks vositasi sifatida unli qo‘shiladi. Bu holat turkiy tillar so‘z tuzilishiga xos emas, chunki turkiy tillarda bitta unli, bitta undosh, bitta undosh, bitta unli keladi. Hech qachon ikkita, uchta yoki to‘rtta undosh so‘zning bir joyida ketma-ket kelmaydi. Download 1.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling