Tilshunoslik


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/104
Sana13.09.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1677000
TuriУчебник
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   104
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasi

Undovlar nazariyasi. Bu nazariya tarafdorlari, tildagi 
barcha so‘zlar insonlarning ichki tuyg‘ulari, qahr-g‘azablari, 
his-hayajonlari, beixtiyor chiqargan tovushlari asosida paydo 
bo‘ladi degan fikrni himoya qiladilar. Barcha tillarda so‘zlar 


125 
tarkibining ma’lum bir qismi, undov so‘zlar ham bo‘lib, ular 
asosida so‘zlar hosil bo‘ladi. Masalan: dod-dodlamoq, oh-
ohlamoq, voy-voylamoq, uf-uflamoq, tuf-tuflamoq kabi. XVIII 
asrda yashagan fransuz olimi Jan Jak Russo ham shu nazariya 
tarafdorlaridan biri bo‘lgan. Undov asosida paydo bo‘lgan 
so‘zlar juda ozchillikni tashkil qiladi. Ular hatto taqlid 
so‘zlardan ham oz hisoblanadi. Bunday so‘zlar tillardagi leksik 
qatlamning bir foizini ham tashkil qilmaydi. Undov nazariyasi 
tarafdorlari aytganidek, tildagi barcha so‘zlar undovlar asosida 
paydo bo‘lgan bo‘lsa, his-hayajonni bildirmaydigan juda 
ko‘plab so‘zlar qay tarzda paydo bo‘ldi degan haqli savol 
tug‘ilishi, tabiiy. Shunday ekan, bu nazariya ham tilning paydo 
bo‘lishi uchun asos bo‘la olmaydi.
Mehnat 
chaqiriqlari 
nazariyasi. 
Bu 
nazariya 
tarafdorlarining fikricha, tildagi barcha so‘zlar ibtidoiy jamoa 
davridagi kishilarning birlashib mehnat qilishlari natijasida 
paydo bo‘lganligini da’vo qilishadilar. Mehnat qilishdagi 
qiyqiriqlar, chaqiriqlar mehnat jarayonidagi harakatni bir ritm, 
bir qolipga solishga vosita vazifasini o‘tagan. Mehnat 
jarayonidagi odamlar tomonidan hosil qilingan qiyqiriqlar, 
chaqiriqlar hech qachon kishilarning aloqa vositasi bo‘lgani 
emas. Shunday chaqiriqlar asosida hosil bo‘lgan so‘zlar hozirgi 
zamondagi tillarda uchramaydi. Negaki bunday hayqiriqlar, 
chaqiriqlar lug‘aviy manoga ega emas.
Imo-ishora nazariyasi. Bu nazariyani yaratgan kishilar 
tovush tili paydo bo‘lguncha insonlar imo-ishora orqali bir-
birlari bilan aloqa qilgan deb hisoblaydilar. Nemis olimi Vundt 
birinchilardan bo‘lib bu nazariyani asoslashga uringan bo‘lsa, 
keyinchalik N.Y.Marr uni yanada takomillashtirgan. Inson 
mehnat qurollarini yaratgunga qadar kishilarda tovush tili 
bo‘lmasdan imo-ishora tili bo‘lgan. Bir yarim million yil 
davomida imo-ishora tili orqali aloqa qilganlar, deb isbotlashga 
uringanlar. 


126 
Xolbuki, odamsimon maymunlar mehnat qilishni bilmagan 
davrlarida ularning oldingi ikki oyog‘i qo‘l vazifasini emas 
balki oyoq vazifasini bajargan, zotan shunday ekan o‘sha 
davrlarda odamsimon maymunlar qaysi a’zosi bilan imo-ishora 
qilib bir-biri bilan aloqa qila olgan. N.Y.Marning da’vo 
qilishicha, odamlar yarim million yil davomida “imo-ishora 
tili” orqali aloqa qilganlar va keyinchalik bu tovush tiliga 
aylangan. Bu xato fikr edi. N.Y.Marr ham o‘z davrida odam 
maymundan paydo bo‘lganligiga ishonishgan. Shu sabab ham 
shunday yanglish fikrlarni aytgan edi. Xulosa qilib 
aytganimizda, inson nutqining taraqqiyotida imo-ishora tili 
kishilarning aloqa vositasi bo‘lgan degan fikr ilmiy jihatdan 
o‘z isbotini topmadi. 

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling