Tilshunoslik
Download 1.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Tilshunoslik nazariyasi
Tilning lug‘at tarkibi. Tillarning lug‘at boyligi so‘zlar va
iboralardan iborat bo‘ladi. Uning bu boyligi hamma uchun umumiy bo‘lib, hamma tomonidan birday qo‘llanilishi mumkin. Bu boylik tilning tarixiy taraqqiyoti davomida to‘plangan. Bu esa o‘z navbatida, tilning tarixiy taraqqiyoti hisobiga ham, shu bilan birga boshqa turli xalqlar bilan ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy aloqalari davrida o‘zlashtirgan leksik birliklari hisobiga ham amalga oshgan. Ana shu tarixiy jarayonlar nuqtai nazaridan qaralganda, tillarning lug‘at boyligida ikkita yirik qatlam – o‘z va o‘zlashgan qatlam borligi ma’lum bo‘ladi. So‘zlarning ma’lum bir maqsad asosida to‘plangan va tartibga solingan hamda alfavit tartibida joylashtirilgan yig‘indisi lug‘at deyiladi. Lug‘atlar kitob shaklida yoki boshqa shaklda (chunonchi, qo‘lyozma shaklida) bo‘lishi mumkin. Lug‘atlar ma’lum bir tilning so‘z boyligini aniqlashda, ularning ma’nolari va yozilishlarini ko‘rsatib berishda, nutq madaniyatini ko‘tarishda, umuman kishilarning madaniy hayotida katta ahamiyat kasb etadi. Har bir tilning o‘ziga xos xususiyatlari undagi muhim qatlam hisoblangan lug‘aviy birliklar – lug‘atlarda namoyon bo‘ladi. Zero, lug‘aviy birliklar insonlar orasida yuzaga keladigan turli munosabatlarni qisqa, lo‘nda va ta’sirchan qilib ifodalaydi. Tilning lug‘at tarkibida frazeologizmlarning 106 qanchalik ko‘p bo‘lishi, o‘sha tilning imkoniyatlari shunchalik kengligidan dalolatdir. Bir xalqning tilida asrlar davomida yuzaga kelgan minglarcha iboralar avloddan-avlodga o‘tib kelaveradi. Lug‘atshunoslik tilshunoslikning lug‘at tuzish ishi bilan shug‘ullanadigan maxsus bir sohasidir. Lug‘atchilikning nazariy va amaliy tomonlari bor. Lug‘at tuzishning ilmiy asoslari va tamoyillarini ishlab chiqish, lug‘at tiplarini belgilash, uni yaratish usullarini asoslab berish bu sohaning nazariy masalalari bo‘lib hisoblanadi. Tilning so‘z boyligini to‘plash, lug‘at tuzish uchun kartotekalar tuzish va ularni tartibga solish kabilar lug‘atshunoslikning amaliy tomonidir. Avvalambor lug‘atlarni ikki turga bo‘lamiz: Qomusiy lug‘atlar 2. Lingvistik lug‘atlar. 1.Qomusiy (ensiklopedik) lug‘atlarda ilmiy, siyosiy, adabiy hamda ishlab chiqarishga xos tushunchalar, mashhur kishilar haqida batafsil ma’lumot beriladi. “O‘zbek milliy ensiklopediyasi”, “U kim, bu nima”, “Salomatlik” kabi lug‘atlar qomusiy lug‘atlarga misol bo‘la oladi. 2.Lingvistik lug‘atlar bir tilli va ko‘p tilli bo‘lishi mumkin. Bir tilli lingvistik lug‘atlarga: Izohli lug‘at – tilda mavjud bo‘lgan so‘zlar ma’nolariga izoh beriladi. Imlo lug‘ati – orfografik lug‘at ham deyiladi. Bunday lug‘atlar so‘zlarning to‘g‘ri yozilishi hisobga olinib tuziladi. Orfoepik lug‘ati – so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilishga yordam beradi. Sinonimlar lug‘ati – sinonim so‘zlarni topishga yordam beradi. Omonimlar lug‘ati – omonim so‘zlarni topishga yordam beradi. Antonimlar lug‘ati – antonim so‘zlarni topishga yordam beradi. 107 Paronimlar lug‘ati – paronim so‘zlarni topishga yordam beradi. Frazeologik lug‘at – iboralarni o‘rganishga yordam beradi. Morfem lug‘at – so‘zlarni tarkibiy qismlarga ajratishga yordam beradi. Terminologik lug‘at – ma’lum fan sohasi bo‘yicha atamalarga izoh beriladi. Terminologik lug‘atning vazifalari (xususan, ko‘p tilli) lug‘at lug‘atini tashkil etuvchi so‘zlar va iboralarning grammatik, uslubiy yoki boshqa lingvistik xususiyatlarini o‘z ichiga olmaydi. Terminologik lug‘atning lug‘ati (o‘ziga xos ensiklopedik lug‘at sifatida) lingvistik lug‘at lug‘atidan tubdan farq qiladi: unga, qoida tariqasida, faqat ismlar yoki ismli so‘z birikmalari kiradi. Chappa (ters) lug‘at – bu lug‘atda so‘zlar oxirgi harfi bo‘yicha joylashtiriladi. O‘zlashma so‘zlar lug‘ati – boshqa tillardan olingan so‘zlar keltiriladi. Chastotali lug‘at – ma’lum bir asarda qaysi so‘z necha marta ishlatilgani haqida statistik ma’lumot beradi. Elektron lug‘at – bu kompyuterdagi yoki boshqa elektron qurilmadagi lug‘at. So‘nggi o‘n yillikda butun dunyo bo‘ylab kompyuter tilshunosligi faol rivojlanmoqda. Bu internetning tobora kuchayib borishi va tabiiy til interfeysiga ega bo‘lgan ko‘plab yangi texnik qurilmalarning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Korpus lingvistikasini yaratish bugungi leksikograflarimiz oldidagi dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Ko‘p tilli lingvistik lug‘atlarga tarjima lug‘atlari kiradi. Masalan: O‘zbekcha – inglizcha so‘zlar lug‘ati, nemischa – ruscha so‘zlar lug‘ati kabi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling