219
GRADUONIMIYA. Leksemalarning ma’no guruhlari
a’zolarida u yoki bu belgining darajalanishi.
GRAMMATIK DIALEKTIZMLAR. Biror shevaning
o‘zigagina xos (adabiy tildagidan o‘zgacha)
grammatik
shakllari.
GRAMMATIK KATEGORIYA. Ma’lum grammatik
tushunchani ifodalaydigan shakllarning umumlashgan sinfi.
GRAMMATIK MA’NO. Muayyan
grammatik shakl
ma’nosi.
GRAMMATIK SATH. Til ierarxiyasining morfologik va
sintaktik birliklardan iborat eng yuqori pog‘onasi: so‘z
turkumlari, grammatik ma’no va grammatik shakllar, so‘z
birikmalari va gap, ularning turlari va konstruksiya modellari.
GRAMMATIK TUSHUNCHA. Bu
lisoniy bilishda aks
etgan va grammatikaning predmeti belgilagan mantiqiy-
falsafiy kategoriya.
GRAMMATIK SHAKL. Grammatik ma’noni
ifodalash
uchun xizmat qiladigan til vositalari. Masalan,
bolalarga oti
tarkibida ko‘plik, jo‘nalish kelishigi ma’nolarini ifodalovchi
shakllar mavjud.
GRAMMATIKA (yun. grammatike – harf o‘qish va
yozish san’ati < gramma – yozuv, harf, chiziq).
Tilshunoslikning so‘z
shakllari, so‘z birikmalarining turlari,
rang turlari haqidagi bo‘limi.
Qiyosiy grammatika. Tarixiy
grammatika.
Do'stlaringiz bilan baham: