Tilshunoslik


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/104
Sana13.09.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1677000
TuriУчебник
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   104
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasi

GAP REFERENTLIGI. Lingvistikada yaxlit bir gapga 
nisbatan, shuningdek, alohida olingan bir so‘zga nisbatan ham, 
referentlik haqidagi masala, ya’ni muayyan borliq bilan o‘zaro 
munosabat haqida so‘z boradi. 
GEMINYATSIYA. So‘z tarkibida bir xil undoshlarning 
qavatlanishi. 
GERS. 
Tebranayotgan 
jismning 
(masalan, 
un 
paychalarining) tinch holatdagi nuqtadan ikki (qarama-qarshi) 
tomonga bir marta borib kelishi. Ovozning past yoki balandligi 
gerslar miqdori bilan belgilanadi. 
GIPERONIM. Jins (turkum) tushunchasini ifodalaydigan 
leksema. 
GIPONIM. Tur tushunchasini ifodalaydigan leksema. 
GIPONIMIYA. 
Lug‘at 
boyligidagi 
leksemalarning 
pog‘onali aloqasidan kelib chiqadigan ma’no munosabatlari. 
GRADUAL OPPOZITSIYA. Pog‘onali zidlanish. 


219 
GRADUONIMIYA. Leksemalarning ma’no guruhlari 
a’zolarida u yoki bu belgining darajalanishi. 
GRAMMATIK DIALEKTIZMLAR. Biror shevaning 
o‘zigagina xos (adabiy tildagidan o‘zgacha) grammatik 
shakllari. 
GRAMMATIK KATEGORIYA. Ma’lum grammatik 
tushunchani ifodalaydigan shakllarning umumlashgan sinfi. 
GRAMMATIK MA’NO. Muayyan grammatik shakl 
ma’nosi. 
GRAMMATIK SATH. Til ierarxiyasining morfologik va 
sintaktik birliklardan iborat eng yuqori pog‘onasi: so‘z 
turkumlari, grammatik ma’no va grammatik shakllar, so‘z 
birikmalari va gap, ularning turlari va konstruksiya modellari. 
GRAMMATIK TUSHUNCHA. Bu lisoniy bilishda aks 
etgan va grammatikaning predmeti belgilagan mantiqiy-
falsafiy kategoriya. 
GRAMMATIK SHAKL. Grammatik ma’noni ifodalash 
uchun xizmat qiladigan til vositalari. Masalan, bolalarga oti 
tarkibida ko‘plik, jo‘nalish kelishigi ma’nolarini ifodalovchi 
shakllar mavjud. 
GRAMMATIKA (yun. grammatike – harf o‘qish va 
yozish san’ati < gramma – yozuv, harf, chiziq). 
Tilshunoslikning so‘z shakllari, so‘z birikmalarining turlari, 
rang turlari haqidagi bo‘limi. Qiyosiy grammatika. Tarixiy 
grammatika. 

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling