Tilshunoslik


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/104
Sana13.09.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1677000
TuriУчебник
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   104
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasi

GRAMMATIKALASHISH. So‘zning mustaqil lug‘aviy 
ma’nosini yo‘qotib, yordamchi vazifada qo‘llanishga o‘tishi, 
yordamchi so‘zga aylanishi. 
GRAMMATIK KATEGORIYA. Asosida yotuvchi 
umumiy ma’nosiga ko‘ra birlashuvchi grammatik shakllar 
tizimi. Grammatik kategoriyaning odatda ikki turi farqlanadi: 
1) morfologik kategoriya 2) sintaktik kategoriya.


220 
GRAFEMA. Grafik tizimning eng asosiy birligi, 
ifodalovchi va ifodalanuvchi tomonlari bor bo‘lgan semiotik 
belgi. 
GRAFIK 
ASIMMETRIYA 
(fonetik-grafik 
asimmetriya). 
So‘z 
tarkibida 
o‘zaro 
munosabatga 
kirishayotgan harf va tovushlar 
o‘rtasidagi miqdoriy 
tenglikning buzilishi. 
GRAFIK SIMMETRIYA (fonetik-grafik simmetriya). 
So‘z tarkibidagi tovush va harflarning miqdoran teng bo‘lishi 
(«bir tovushga bir harf» munosabatining ta’minlanishi). 
GRAFIK SINONIMIYA. Shakli har xil bo‘lgan ikki 
grafemaning ma’lum fonetik-grafik pozitsiyalarda bitta 
fonemani ifodalashi. 
GRAFIKA. 
Yozuv 
tizimining 
birinchi 
(yetakchi) 
komponenti. U harfiy va noharfiy belgilar vositasida 
yozuvning tovush tili bilan aloqasini ta’minlaydi. 
DEGEMINATSIYA. So‘z tarkibidagi geminatsiyaning 
yo‘qolishi.
DENOTAT. Leksema orqali nomlanuvchi (ataluvchi) 
voqelik, narsa-buyum. 
DENOTATATIV MA’NO. Denotat bilan bevosita 
bog‘liq, uni bevosita bildiruvchi ma’no. Leksemadan 
anglashiladigan voqelik, narsa-buyum va boshqalar haqidagi 
tushuncha. 
DERIVATLAR. Hosilalar. 
DERIVATSIYA (lot. derivatio – yasalish). Til birliklari 
(so‘z, so‘z birikmalari va boshqa)ning yasalishi, hosil bo‘lishi. 

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling