Tilshunoslik


YOZUV. Fikrni ma’lum harf va tinish belgilari vositasida  qog‘ozda ifodalashga asoslangan aloqa vositasi.  EKSPERIMENTAL (INSTRUMENTAL) FONETIKA


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/104
Sana13.09.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1677000
TuriУчебник
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   104
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasi

YOZUV. Fikrni ma’lum harf va tinish belgilari vositasida 
qog‘ozda ifodalashga asoslangan aloqa vositasi. 
EKSPERIMENTAL (INSTRUMENTAL) FONETIKA. 
Nutq tovushlari, urg‘u kabi birliklarning fizik-akustik va 
artikulatsion xususiyatlarini maxsus asboblar vositasida 
o‘rganadigan fonetika. 
EKSTENSIONAL (tushuncha hajmi). Bu ko‘pgina narsa-
predmetlar bilan o‘zaro munosabatda bo‘ladigan tushuncha. 
EKSTRALINGVISTIK OMILLAR. Tildan boshqa 
sistemalarga oid faktorlar (nolisoniy omillar). Ular til 
taraqqiyotiga tashqaridan (til va jamiyat, til va ong, til va 
tafakkur munosabatlari jarayonida) ta’sir o‘tkazadi. 
EKSTRALINGVISTIKA. 
Tilshunoslikning 
etnik, 
ijtimoiy-tarixiy, geografik va boshqa omillarni tilning 
taraqqiyoti hamda vazifasi bilan bog‘liq hodisalar sifatida 
o‘rganuvchi tarmog‘i. 
ENANTIOSEMIYA. Bitta leksema ma’nosida nutqiy 
muhit taqozosi bilan zidlanishning ifodalanishi. 
ENSIKLOPEDIK LUG‘ATLAR. Tabiat va jamiyatdagi 
muhim hodisalar, tarixiy-ilmiy voqeliklar, buyuk shaxslar 
haqida ma’lumot beruvchi lug‘at tiplari. 
EPENTEZA. So‘z o‘rtasida tovush orttirilishi. 
EPITEZA. So‘z oxirida tovush orttirilishi. 
ETIMOLOGIK LEKSIK MA’NO. Leksemaning kelib 
chiqishida uning mazmun planiga asos bo‘lgan dastlabki 
ma’no. U ma’no etimoni deb ham ataladi. 
ETIMOLOGIYA. 
Tilshunoslikdagi 
so‘z 
va 
morfemalarning kelib chiqishini o‘rganuvchi bo‘limi. 
ETNOLINGVISTIKA. Makrolingvistikaning til bilan 
xalq o‘rtasidagi munosabatlari, til faoliyati va taraqqiyotida 
lingvistik hamda etnik omillarning o‘zaro ta’sirini o‘rganuvchi 
tarmog‘i. 


224 
ETNOSOTSIOLINGVISTIKA. 
Sotsiolingvistikaning 
nutqni ham lisoniy, ham etnik-etnografik xususiyatlarni 
hisobga olgan holda tadqiq etuvchi tarmog‘i. 

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling