Tilshunoslik


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/104
Sana13.09.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1677000
TuriУчебник
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   104
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasi

INTERVOKAL HOLAT. Undosh fonemaning ikki unli 
orasidagi holati. 
INTERLINGVA. Xalqaro yordamchi tillardan biri (1950 
yili Nyu-Yorkda Xalqaro yordamchi tillar assotsiatsiyasi 
tomonidan yaratilgan). 
INTERLINGVISTIKA
Tilshunoslikning 
xalqaro 
muomalaga mo‘ljallangan sun’iy tillar (volapyuk, esperanto va 
b.), matematik va informatsion tillar qurilishini o‘rganuvchi 
sohasi. 
INTONATSIYA. 
So‘zlovchining 
nutq 
mavzuiga 
munosabatini, his-tuyg‘usini ifodalovchi talaffuz uslubi; ton. 
INFINITIV. (lot. infinitivus – noaniq). Fe’lning noaniq 
shakli; masdar. 
INFORMATIK 
KATEGORIYASI. 
Har 
bir 
gap 
informatsiya tashiydi. Biroq yangi informatsiya, agar u o‘zidan 
oldingi predmet haqidagi bilimga suyangan holda bo‘lsagina, 
tinglovchiga tushunarli bo‘lishi mumkin. Shuning uchun 
gapning to‘liq informativ strukturasi quyidagichadir: u tema 
deb ataladigan ma’lum qismi, hamda rema deb ataladigan 
informatsiyaning yadrosini o‘z ichiga oladi. Tema va rema 
gapning kommunikativ bo‘laklari hisoblanadi. Uning aktual 
bo‘linishlarining komponentlari hisoblanadi. Fikr ma’lumdan 
noma’lumga qarab borar ekan, odatda rema temadan keyin 
keladi. Bu kommunikativ bo‘laklarning betaraf (neytral) 
tartibidir. Agar rema temadan oldin kelsa, bu holda 


227 
kommunikativ bo‘laklarning emfatik (emotiv) so‘z tartibi 
vujudga keladi. 
INFORMATSIYA. Informatsiya deganda nominativ 
xarakterdagi so‘z birikmasi sifatidagi har qanday xabar 
tushuniladi. Bu o‘zida qandaydir faktlar haqida darak 
beradigan gap, gaplar birikmasi (gapdan katta birlik va abzats), 
butun matn bo‘lishi mumkin. Bu holda informatsiya odatda 
nominatsiya, ma’no, mazmunga to‘g‘ri keladi. 

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling