Tilshunoslik


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/104
Sana13.09.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1677000
TuriУчебник
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   104
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasi

ORFOGRAFIYA PRINSIPLARI. Imlo qoidalarining 
tuzilishiga asos bo‘lgan tamoyillar: fonetik prinsip, fonematik 
prinsip, morfologik yoki fonematik-morfologik prinsip, grafik 
prinsip, tarixiy-an’anaviy prinsip, shakliy-an’anaviy yozuv 
prinsipi, semantik-uslubiy prinsip kabi. 
ORFOEPIYA. To‘g‘ri (adabiy) talaffuz me’yorlari tizimi. 
PARADIGMA (yun. paradigma – misol, namuna). Til 
birliklari, grammatik shakllarning umumiy ma’nosiga ko‘ra 
birlashuvchi, xususiy ma’nosiga ko‘ra farqlanuvchi tizimi. 
PARALINGVISTIKA. Tilshunoslikning o‘zaro aloqa-
aralashuvda imo-ishora, mimika, nutq vaziyati kabi omillarni 
o‘rganuvchi sohasi. 
PARAFRAZEMALAR. Paronimik munosabatda bo‘lgan 
frazemalar. 
PARONIMIYA. Ikki yoki undan ortiq leksemaning 
talaffuzda o‘zaro o‘xshash, ohangdosh bo‘lishi. 
PARONOMAZIYA. Jonli so‘zlashuvda paronim so‘zlarni 
qorishtirish hodisasidan badiiy nutqda uslubiy maqsadlarda 
foydalanish. 
PARTONIMIYA. Leksemalarning ma’no guruhlarida 
butun-bo‘lak munosabatlarining ifodalanishi. 
PERSEPTIV ASPEKT. Fonetikaning eshitish va his etish 
bilan bog‘liq jarayonlarni o‘rganuvchi aspekti. 
PIKTOGRAFIK YOZUV. Nutq mazmuni rasm, shartli 
tasvir tarzidagi grafik shakllar asosida ifodalanadigan yozuv. 


236 
PIKTOGRAFIYA (lot. pictus – bo‘yoqda chizilgan
tasvirlangan + yun. grapho – yozaman). Narsa-buyum, voqea-
hodisa, ish-harakatlarni shartli belgi-rasmlarda aks ettirishdan 
iborat ibtidoiy yozuv turi (bunday yozuv hozirgi kunda yo‘l 
harakatini tartibga soluvchi belgilarda, turli ko‘rsatkich va 
peshlavhalarda qo‘llanmoqda). 
PLEONAZM (yun. pleonasmos – ortiqchalik)Bir xil yoki 
sinonimik til birliklarining semantik jihatdan takror holda 
qo‘llanishi (mas, bosh-oyoq sarpo birikmasidagi forscha sarpo 
so‘zi ham «bosh-oyoq» ma’nosini ifodalaydi). 

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling