Tilshunoslik


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/104
Sana13.09.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1677000
TuriУчебник
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   104
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasi

NATURALISTIK OQIM. Tilni tabiiy organizm sifatida 
qaragan XIX asrdagi tilshunoslik oqimi. Namoyandalari: 
A.Shleyxer, M.Myuler. 
NUTQNING FONETIK BO‘LINISHI. Nutqning tovush, 
bo‘g‘in, takt va fraza kabi birliklarga bo‘linishi. 
NOLISONIY OMILLAR (ekstralingvistik faktorlar). Til 
taraqqiyotiga (shu jumladan, leksik tizim rivojiga) tashqaridan 
ta’sir o‘tkazuvchi omillar: ijtimoiy-siyosiy tuzum, psixologiya, 
urf-odatlar, ilmiy-texnikaviy taraqqiyot, adabiyot-san’at va 
boshqalar. 
NOMEMA. Leksemaning tovush tomoni, nomi. 
NOMINATIV BIRLIK. Nomlash xususiyatiga ega birlik. 
NOMINATSIYA (lot. nominatio - atash, nom qo‘yish). 
Tilda nomlash vazifasini bajaruvchi birliklari (so‘z, so‘z 
birikmasi kabilarni) hosil qilish. 
NORMA (Me’yor). Adabiy tilga va adabiy nutqqa xos 
barqaror belgi-xususiyatlar. Ular ijtimoiy til amaliyotida tanlab 
olinadi va mustahkamlanadi. 
NUTQ. 
Tilning 
voqelanishi, 
so‘zlovchining 
til 
birliklaridan foydalanib fikr ifodalash jarayoni va shunday 
jarayon natijasida yuzaga keladigan hodisa. 
OKKAZIONAL MA’NO. Leksemaning tildagi ma’nosiga 
xos bo‘lmagan, ayrim shaxsning leksik qo‘llashi natijasida 
yuzaga keltirilgan sun’iy ma’nosi. 
OKKAZIONALIZM 
(lot. 
occasionalis–tasodifiy)
Umumiste’molga muvofiq, to‘g‘ri kelmaydigan, individual 
tarzdagi ma’noga ega bo‘lgan til birligi. 
OPPOZITSIYA. Ikki yoki undan ortiq bir turdagi til 
hodisalarini qarama-qarshi qo‘yish, qarama-qarshilik holati.
ORFOGRAMMA. So‘zning yoki so‘z formasining imlo 
qoidasiga mos ravishda yozilgan shakli. 


235 
ORFOGRAFIK BELGI. To‘g‘ri yozish me’yorlarini 
ta’minlashda qo‘llanadigan maxsus noharfiy belgilar (mas., 
defis). 
ORFOGRAFIYA. Muayyan til yozuv sistemasining 
to‘g‘ri yozish me’yorlarini belgilaydigan imlo qoidalari. 
Tilshunoslikning imlo qoidalari xususida bahs yurituvchi 
bo‘limi ham orfografiya deyiladi. 

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling