Tilshunoslik


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/104
Sana13.09.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1677000
TuriУчебник
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   104
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasi

MODALLIK KATEGORIYASI. Borliqqa so‘zlovchi 
tomonidan belgilanadigan harakat munosabatini ifodalaydigan 
leksik-grammatik kategoriya. 


233 
MODEL. Biron til hodisasi (nutq birligi) tarkibiy 
qismlarining joylashish holatini ko‘rsatuvchi sxema yoki 
namuna: So‘z yasalish modeli: yasalish asoc + yasovchi. 
MONOSEMIYA. Bir ma’nolilik; so‘zning bir ma’noga 
ega bo‘lishi (Asosan terminlar shunday xususiyatga ega 
bo‘ladi. Mac, leksema, fonema so‘zlari). 
MONOSILLABIZM (mono.. + yun. syllabe – bo‘g‘in)
Ba’zi tillarda so‘z (leksema)larning bir bo‘g‘indan iborat 
bo‘lishi (bu xususiyat xitoy-tibet tillari uchun xos). 
MONOFONEMALI GRAFEMA. Mazmun planida faqat 
bitta fonema kodlashtirilgan fonografema. 
MORFA (gr. Morphe – shakl). Morfemaning so‘zshakl 
tarkibida qatnashayotgan ko‘rinishi. Turli so‘zshakllarda 
ishtirok etuvchi bunday morfemalar majmui morfemani tashkil 
etadi. Masalan, ko‘rgali, olgani so‘zshakllaridagi -gali, -gani 
qo‘shimchalari bir morfema, ya’ni ravishdosh qo‘shimchalari 
hisoblanadi. 
MORFEM TAHLIL. U yoki bu tilning morfemalar 
inventlarini aniqlashdan iborat operatsiya.
MORFEMA. Morfema nutqiy zanjirning eng kichik 
bo‘lagi bo‘lib, u bo‘lakka qandaydir o‘ziga xos ma’no bilan 
bog‘langan va boshqa morfemalar bilan mustahkam aloqalarda 
bo‘ladi. 
MORFEMIKA. Tilning eng kichik ma’noli birliklari – 
nomlanishining tuzilishi, turlari va vazifalarini o‘rganuvchi 
tilshunoslik bo‘limi. 
MORFOGRAFEMALAR. 
Morfemalarni 
ifodalovchi 
belgilar. 
MORFOLOGIK. Morfologiyaga oid. Morfologik tahlil. 
So‘zning morfologik tarkibi. 
MORFONOLOGIYA. Fonologiya va morfonologiya 
o‘rtasidagi oraliq fan bo‘lib, u fonologiyaning birliklari va 
morfologiyaning kategoriyalari bilan ish ko‘radi hamda 


234 
ularning funksional aloqasini, ya’ni fonologik vositalarning 
morfologik qo‘llanishini aniqlaydi. 

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling