Tilshunoslik


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/104
Sana13.09.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1677000
TuriУчебник
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   104
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasi

KONSONANTIZM. Undosh fonemalar tizimi. 
KONTEKSTUAL ANTONIMIYA. Tilda antonimik 
munosabatda 
bo‘lmagan 
so‘zlarning 
ma’lum kontekst 
doirasida antonimik munosabatga kiritilishi. 
KONTENSIONAL. Bu muayyan tushuncha (ma’no, 
nom)da aks etgan belgilar yig‘indisi, aniqrog‘i strukturasi. 
KONTINUUM KATEGORIYASI. Bevosita zamon va 
makon tushunchalari bilan bog‘langan. “Kontinuum” termini 
nimadir uzluksiz hosil bo‘lishini anglatadi, ya’ni harakatning 
zamon va makonda bo‘linmas oqimi. Biroq uni to‘xtatib, 
birgalikda harakat haqidagi tasavvurni hosil qiladigan diskret 
xarakteristikalarni tuzib qo‘yilgan qismlarda ko‘rgan holdagina 
harakatni tahlil qilish mumkin. Shunday qilib, kontinuumni 
matn kategoriyasi sifatida umumiy tarzda zamon va makonda 
sodir bo‘ladigan fakt va voealarning muayyan ketma-ketligi 
tarzida tasavvur qilish mumkin. Bunda voqea-hodisalarning 
kechishi turlicha matnlarda bir xil bo‘lmaydi. Badiiy matnning 


229 
zamon va makon parametrlari boshqa turdagi matnlarnikidan 
tubdan farq qiladi. 
KONTRASTIV. 
Tillarni 
o‘rganishning 
qiyosiy 
solishtirma metodi. 
KORRELYATSIYA. Bir farqlanish belgisi asosida tarkib 
topgan ikki va undan ortiq oppozitsiyalar qatori. 
QIYOSIY-TARIXIY 
METOD. 
Nisbatan 
keyingi 
vaqtlardagi yozma manbalar va jonli tilni qiyoslab o‘rganish 
asosida jonli til hamda yozma manbalarda qayd etilmagan 
qadimgi til faktlarini tiklashdan iborat lingvistik metod.
QIYOSIY-TARIXIY 
TILSHUNOSLIK
Tilshunoslikning qarindosh tillarni qiyosiy-tarixiy metod 
asosida o‘rganuvchi tarmog‘i. 
QIYOSIY-TIPOLOGIK 
METOD
Tillarning 
qarindoshligidan qat’i nazar, ulardagi o‘xshash va farqli 
alomatlarni aniqlash metodi. 

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling