Tilshunoslik


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/104
Sana13.09.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1677000
TuriУчебник
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   104
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasi

REDUPLIKATSIYA (lot. reduplicatio – ikkilanish)
So‘zdagi dastlabki bo‘g‘inni yoki o‘zaki, butun so‘zni takror 
qo‘llash bilan takroriy so‘z, grammatik shakl hosil qilish usuli. 
REKURSIYA. Artikulyatsiyaning uchinchi bosqichi 
(talaffuzning qaytishi). 
REPREZENTATSIYA 
(fran. 
gerresentation–tiklash). 
1.Til faktlarini eng ishonarli shart-sharoitlarda namoyish qilish.
2.Nutqda 
tushirib 
qoldirilgan 
so‘zga 
xos 
semantik
komponentning saqlanib qolgan so‘zga yuklatilishi. Mas., 
Bizning yorni ko‘rgan (odam) bormi? 
SEMANTIK 
MAYDON. 
Ma’lum 
sema 
asosida 
birlashuvchi so‘z va iboralar majmui. Masalan, oziq-ovqat 
nomlari: palov, lag‘mon, sho‘rva, mastava, qotirma, manti 
kabi. 
SANDXI. So‘zning analitik shakllarida birinchi so‘z 
oxiridagi tovush bilan ikkinchi so‘z boshidagi tovush 
o‘rtasidagi singishuv natijasida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar. 
SEGMENT (lot. segment – bo‘lak). Nutqning fonetik 
jihatdan bo‘laklarga bo‘linishi (segmentlash) natijasida hosil 
bo‘lgan bo‘lak. Talaffuzdagi nutq bo‘lagi. Katta nutq bo‘lagi – 
fraza makrosegment, kichik nutq bo‘laklari: takt, bo‘g‘in, 
tovush mikrosegment birliklardir. 
SEGMENT BIRLIKLAR. So‘z yoki morfema tarkibida 
(yoki nutq oqimida) gorizontal chiziq bo‘ylab birin-ketin 


238 
keladigan birliklar: nutq tovushi, bo‘g‘in, fonetik so‘z, takt, 
fraza. 
SEMA. Leksik ma’no (semema)ni tashkil toptiruvchi 
komponent va ma’no qirralari. 
SEMANTIK. Semantikaga, ma’noga oid. So‘zning 
semantik tizimi. Semantik tahlil. 
SEMANTIKA (fran. semantique < yun. semantikos – 
ifodalovchi). Til birliklarining mazmun-ma’no tomoni va ular 
bilan bog‘liq masalalarni o‘rganuvchi tilshunoslik sohasi. 

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling